A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

shaharsozlik 
ham yuksak 
darajada taraqqiy etganligini ko'rish mumkin. Jumladan, Kobul 
shahri qadimgi va o'rta asrlarda Sharqning nufuzli markazlaridan 
biri bo‘lib, savdo sotiq, ilm-fan va madaniyat gullab-yashnagan.
Arxeologik tadqiqotlar hozirgi Kobul vodiysida qadimiy 
sivilizatsiya mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Jumladan 
Chaman 
Xuzuri 
nomli 
manzilgoh 
qadim 
sivilizatsiyaning qoldiqlaridan biri bo ‘lib undagi qadimiy tangalar 
Kobulning yirik savdo markazi va “Buyuk Ipak yo‘li”dagi eng 
muhim shaharlardan biri bo ‘lganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, Ko­
bul vodiysini tadqiq qilish natijasida o ‘rganilgan Minori Chokar, 
Yaxdardagi arxitektura va diniy kompleks (mil.avv. Ill asr), Guldor, 
Tepayi Maranjon, Tepai Balx, Xazona tepa, Kutali Xazonxona hamda 
boshqa o ‘nlab qadimiy yodgorliklar bizga Kushon va buddaviylik 
davridagi yuqori madaniyat darajasidan darak berish bilan birga Ko­
bul sivilizatsiyasi haqidagi fikrlarimizga asos bo‘ladi. Sherdarvoza 
va Asmay tog‘laridagi shu kabi mudofaa inshootlari Kobuldagi


buddaviylik davriga oiddir, Bolo Hisordagi yirik harbiy qal’a esa 
qadimiy A fg‘onistonning madaniy ulug‘vorligiga yana bir isbotdir.
Kobul muhim geografik joy da joylashgan, bu haqda hattoki 
uni “Kaspotirius” (“chorraha”) deb nomlagan antik mualliflar ham 
xabar beradi. Antik mualliflar xabarlariga ko‘ra Kobul karvon 
yo‘llari, xususan, “Ipak yo‘li”da chorraha vazifasida ham moddiy, 
ham m a’naviy merosni saqlovchi va yetkazib beruvchi vazifasini 
o‘tagan. Zamonaviy istiloh bilan aytganda Kobul madaniyatlar 
qorishuvi sodir bo ‘luvchi maskan, shuningdek, tranzit shahar bo‘lib 
kelgan. Kushonlar davrida bu mintaqada xristianlik, zardushtiylik, 
buddaviylik, braxmanizm dinlarining keng tarqalishi va ulaming 
o‘zaro aralashuvi kuzatilgan.
Arxeologik qazishmalar vaqtida ko‘plab manzilgohlar aniq- 
langan, bular qatoriga Kutali Xazana, Teppa-yi Zumrad, Tepa-yi 
Salom, Bolo Hisor, Panja-yi Shox, Kuhi Baranta, Kulli Chamani 
Huzuri (Tepa-yi Maranjon) tog‘ yonbag‘irlaridagi va boshqa 
qadimiy yodgorliklar kiradi. Ammo bu qazishmalar oxirigacha 
yetkazilmagan.
Qadimgi yunon mualliflari asarlarida ham Kobul haqida 
ko‘plab maTumotlar keltirilgan. Yunon mualliflari orasida Gerodot 
(mil.avv. 484—420) birinchilardan bo‘lib Kobul haqida yozadi. Kobur 
(Kobul)ning tub aholisi va unga tutash tumanlari haqida m a’lumot 
berar ekan, Gerodot Paktiyo va Kobul aholisi “dadiklar” (tojiklar) 
deb atalishini yozadi. Kobulni esa u “Kaspotirius” deb nomlaydi.
Gerodotning ishiga tayanib, tarixchilaming keyingi avlodi Sharq 
tarixi va geografiyasi, shu qatorda Eron bilan ham shug‘ullanadi 
va bu mavzuda juda ko‘p ilmiy ishlar qilingan, hatto bu ishlaming 
bibliografiyasida Afg‘oniston tarixi bo ‘yicha qilingan umumiy 
ishlar ham berib o ‘tiladi.
Eng qadimgi davrdan hozirgi kungacha tadqiqotchilar foydalanib 
kelayotgan eng muhim tarixiy manbalardan biri, shubhasiz, Ptolo- 
mey (mil.avv. 322-273)ning “Geograflya” asaridir.
Ptolomey 
“Geografiya”sidan 
tarjimalar 
va 
dalillami 
Muhammad Xorazmiyning “Surat ul-arz” asarida topish mumkin.


Ptolomey “Geografiya”sidan shu tariqa zamonaviy tadqiqotchilar 
shaharlaming tarixiy geografiyasi, butun mamlakat va mintaqa 
geografiyasini o‘rganishda foydalanganlar. Jumladan, bu asarda 
Afg‘oniston tarixiy geografiyasi bo‘yicha ham m a’lumotlar mavjud.
Ptolomey Kobulni “Kapur” deb nomlaydi va u haqida 
quyidagilami yozadi “Hindukushdan janubda (Kobuliston) yashov- 
chi qabilalar “bulutlar” deb ataladi”. Tarixchilar “bulutlar” so‘zini 
“Kobul aholisi” deb izohlaydilar. Agar “bulutlar” yashaydigan joylar 
Ptolomey m a’lumotiga ko‘ra kobulliklar vatani deb hisoblansa, 
unda Kobuliston hududi Hindikush (Paropamis)dan janubdagi 
barcha yerlar: Paktiyo, Lugar, Vardak, Xadda va ulaming atroflarini 
o‘zidabirlashtiradi. Ptolomeyning “Geografiya” asarida “Artospan” 
(“yuqori shahar” yoki “yuqori joy”) so‘zi Kobul shahri m a’nosida 
kelgani eslatib o‘tiladi.
Eratosfen Ptolomeyning izdoshlaridan biri hisoblanib u 
Afg‘oniston tarixini, shu jumladan, Kobul va Kobulistonni tasvirlash 
vaqtida Ptolomeyning asariga tayanib, “Kobur”, “Korur” va 
“Artospan” nomlaridan foydalanadi. Bu nomlanishdan keyinchalik 
Strabon ham foydalangan.
Afg‘onistonning qadimgi tarixi va tarixiy geografiyasiga 
oid m a’lumotlar yana bir qancha qadimgi g ‘arb tarixchilari va 
sayohatchilaming asarlaridan joy olgan, masalan, Arrian, Kvint 
Kursiy R uf (mil. I asr), Artemitlik Apollodor, Yustin va boshqalar 
shular jumlasidandir.

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish