Сборник научных трудов Международной научно- практической конференции«цифровизация в обучении гуманитарных дисциплин в медицинском высшем образовании»тгси, 5 марта 2022 года



Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/240
Sana19.04.2022
Hajmi3,83 Mb.
#562946
TuriСборник
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   240
Bog'liq
27.марта ТГСИ .Цифровизация

Kambag'al bo'lib yashagandan kambag'al bo'lib o’lgan 
afzal. 
O’zbekcha varianti: Otliqning qamchisi ham, yayovning kaltagi ham, 
kambag'alning boshiga tegadi.
Ko’rib turganingizdek ushbu inglizcha maqolning o’zbekcha tarjimasida 
kambag’al bo’lib yashash qoralanyapti. Ya’ni kambag’al bechora bo’lib yashash inson 
uchun uyatli hol ekanligi aytilyapti. Biroq o’zbekcha variantida ma’no xuddi inglizcha 
variantidagidek deyolmaymiz. Bu yerda kambag’al, bechora har doim xo’rlanishi 
haqida aytilyapti. Maqolning o’zbekcha variantidagi umumiy ma’nosida kambag’allik 
uyat yoki gunoh darajasida qoralanmagan. Demak, o’ta darajada g’ururga berilish va 
hurmattalablik xislatlari o’zbek xalqiga nisbatan ingliz xalqida ko’proq ekanligi 
maqollarda ifodalangan. Bu holatni esa o’zbek xalq maqollarida biroz boshqacharoq 
holda ko’rishimiz mumkin. Ya’ni o’zbek xalqi o’zgalarga hurmat ko’rsatish oliyjanob 
fazilat ekanligini o’z maqollarida ifodalaydi. • Kattaga hurmatda bo’l, kichikka izzatda. 
• Hurmat qilsang, hurmat ko’rasan. Shuningdek, inglizlarga xos yana bir jihat Ŕ bu 
ularning bolalarga nisbatan uy hayvonlariga bo’lgan mehri ustunroq turishini 
maqollarda “bola” obrazidan ko’ra “it”, ayniqsa, “mushuk” obrazlari ko’proq 
qo’llanilishida kuzatamiz.
Masalan:
• Dog does not eat dog. - Qarg’a qarg’aning ko’zini cho’qimaydi.
• Barking dogs seldom bite. - Ko’p vovullagan it tishlamaydi. 


343 
• When the cat is away, the mice will play.- Mushuk yo’q bo’lsa sichqon bayram 
qiladi. 
• A cat in gloves catches no mice. - Qo’lqopli mushuk sichqon tuta olmaydi.
Ammo ayrim o’zbek maqollarida “it” va “mushuk” obrazlari ko’proq salbiy 
ma’noda, salbiy obrazda ishlatiladi. Masalan:
• It hurar karvon o’tar. - The dogs bark, but caravan goes on.
• Itlar bilan yotgan, bit bilan turar. - Down with dogs must rise up with fleas, he 
that lies.
• Itni suyak bilan ursangiz, qopmas. - A dog will not howl if you beat him with a 
bone.
• Itdan suyak ortmas, mushukdan bez. - Two dogs over one bone seldom agree. 
• Tanlay, tanlay toziga yo’liqdim, boshi piyoz kalga yo’liqdim. Scornful dogs 
will eat dirty puddings.
Ushbu maqollarda “it” obrazi ko’proq jahldor, yomon, iflos, poraxo’r, ochko’z, 
dimog’dor odamlarga qaratilgan holda gavdalanadi. Biroq yana ba’zi bir maqollar 
borki, bunda it obrazi vafodorlik, yaxshilik, donolik, sofdillik obrazlarida gavdalanadi.
• Yaxshi itga- yaxshi suyak. - A good dog deserves a good bone.
• O’lik arslondan tirik it afzal. - A living dog is better than a dead lion.
• Qari it ko’p yo’l bilar. - An old dog barks not in vain.
Biroq farzandlar, bolalar haqidagi maqollar o’zbek xalqining eng sevimli 
mavzularidan biridir. Chunki o’zbeklar bolajon xalq bo’lib, ona va bolaga bo’lgan 
e’tibor ahamiyatga molik:
• Ona bilan bola gul bilan lola.
• Bolali uy bozor, bolasiz uy mozor. 
• Bolamning bolasi qandin o’rik donasi.
Ona va bola haqidagi maqollardan nafaqat kundalik turmushda, balki 
yozuvchilarning asarlarida ham keltirishimiz mumkin. Misol sifatida mashhur o’zbek 
yozuvchisi Tog’ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asaridagi ona va bola 
mavzusiga oid maqolning asarda ishlatilish o’rnini ko’rib chiqamiz: 
“-Qarg’ish urgan odamni peshonasi ana shunday bo’ladi. -Enani qarg’ishi bolaga 
urmaydi. Ena, enani qarg’ishi bolaga urmaydi. Og’zingizni to’ldirib qarg’ay bering- 
baribir qarg’ishingiz menga o’tmaydi! Onamiz tovuqlar ko’z ko’rinib donlasin uchun 
so’ri girdilatib don sochdi. -Seni men emas-seni Xudo qarg’agan. -Xudo qarg’agan? 
Eb-e, men xudoga nima yomonlik qildim-e? Xudo nima deb qarg’agan-e? -Xudo, 
iloyim, shu o’zbak degichni topgani aziz mehmoniga buyursin,deb qarg’agan.” 
Parchada keltirilgan maqol “Enani qarg’ishi bolaga urmaydi” shuni anglatadiki, 
farzand ona uchun qancha azob uqubat keltirsa ham, ona hech qachon farzandini 
qarg’amaydi, qarg’asa ham u chin ko’ngildan bo’lmaydi. Bundan tashqari o’zbek 
xalqini qay daraja mehmondo’st ekani, u tabiatan shunday yaralgani parcha oh iridagi 


344 
jumlada keltirilgan. Shuning uchun ham o’zbek xalq maqollaridagi mentalitet 
tushunchasiga to’xtaladigan bo’lsak, xalqimiz qonidagi mehmondo’stlik to’g’risida 
eslamay ilojimiz yo’q. Maqollarimizda mehmonga bo’lgan hurmat, bag’rikenglik 
yaqqol ko’rinib turadi. Misol uchun:
• Mehmon atoyi xudo.
• Mehmon kelsa eshikdan, rizqi kelar teshikdan. Yana shuni ham e’tirof etish 
kerakki, “qaynona” va “kelin” obrazlari faqatgina o’zbek maqollariga xosdir. Ya’ni, 
ingliz xalq maqollariga nisbatan aynan o’zbek maqollarida bu mavzu ko’proq 
yoritiladi. Buning sababi o’zbek xalqi bu munosabatlarga ancha jiddiyroq 
yondashganidadir. 
Masalan:
• Kelin bo'ldim — qaynonamga yoqmadim, qaynona bo'ldim — kelinimga 
yoqmadim.
• Qaynonaga tosh otsang tosh olasan, qaynonaga osh bersang osh olasan. Uyat, 
andisha, hayo kabi mavzular ham faqat o’zbek maqollarida ko’proq uchraydi desak 
yanglishmaymiz. Chunki asrlar davomida ota bobolarimizdan kelayotgan bu kabi 
fazilatlar o’zbek xalqining qon-qoniga singib ketgan. Isbot uchun quyidagi maqollarni 
keltiramiz:
• Andishaning oti qo’rqoq.
• Sharmsizlik sharmandalik nishoni. O’zbek xalqi nonni juda e’zozlaydi va ingliz 
xalqiga nisbatan ko’proq iste’mol qiladi. O’zbek xalqining ayollari xamir qorib, tandir-
tandir non yopadi. Kundalik turmushda bu holatning necha ming yillardan beri 
takrorlanib keladi. Buning ishtiroki o’zbek xalq maqollarida ko’p kuzatiladi.
• Non mo'lligi — el to'qligi.
• Nonga hurmat elga hurmat. Maqollardagi milliy koloritni ta’minlaydigan yana 
bir obraz bu o’sha xalq taomlaridir. Isbot uchun: Ingliz tilida:
• Every cook praises his own broth - Har bir oshpaz o’z sho’rvasini maqtaydi.
• Too many cooks spoil the broth - Oshpaz ko’p bo’lsa, sho’rva buziladi. 
O’zbek tilida: • Har kuni yema palovni, har kuni yoqqil olovni. • Kuningdan bir 
kuning qolsa ham osh ye, Pulingdan bir puling qolsa ham osh ye. Ko’rib 
turganingizdek o’zbek xalqining eng sevimli milliy taomlaridan biri bo’lmish “palov” 
maqollarda o’z ishtirokini topa olgan. Sababi bu taom o’zbek xalqi tomonidan eng 
sevib iste’mol qilinadigan tomlar sirasiga kirishidadir. Ingliz xalq maqollarida “soup” 
ya’ni “sho’rva” ko’proq ishlatiladi. Bu taom ingliz xalqining sevimli oshi 
demoqchimasmiz, faqat kundalik hayotda ko’proq iste’mol qilinishi sababli maqollar 
tarkibida uchraydi.
Maqollar bu xalqning madaniy merosidir. Ularda o’sha xalqning barcha o’y 
fikrlari, dunyoqarashi, turmush tarzi, fe’l atvori va e’tiqodi aks etadi. Har bir millat 
o’ziga xos tavsiflarga ega ekan, bu ularning maqollariga ham ta’sir etmay qolmaydi. 


345 
Hatto maqollardagi mavzular o’xshash bo’lsada, ulardagi obrazlar takrorlanmasligi 
bilan ajralib turadi. Aynan ana shu tasvirlar maqollardagi milliy bo’yoqdorlikni 
ta’minlaydi.
Yer yuzidagi har bir millat faqat uning o’ziga xos bo’lgan an’ana va qadriyatlari 
bilan alohida ajralib turadi, tabiiyki, har qaysi xalqning bebaho boyligi bo’lgan bunday 
qadriyat va an’analar bir-ikki kunda paydo bo’lib qolmagan. Insoniyatning necha ming 
yillik tarixiy tajribasi shuni ko’rsatadiki, biror-bir narsaning an’anaga, ayniqsa, 
qadriyatga aylanishi uzoq davrni talab qiladi. Yillar, asrlar davomida muayyan qarash, 
odat, tushuncha, tajribalar zamonlar, avlodlar sinovidan o’tadi, sayqal topib boradi. 
Agar ular keyingi avlodlar tomonidan ham qabul qilinsa, davom ettirilib, urf-odatga 
aylansa, demakki, endi ularni milliy an’ana va qadriyat deb atash mumkin bo’ladi. 
Xalqimizning dunyoqarashi, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-estetik va falsafiy qarashlarini 
o‘ziga xos tarzda badiiy talqin qiluvchi xalq og‘zaki ijodi folklorshunoslikning nodir 
manbalaridan hisoblanadi. Folklor asarlari ona diyorimizda yuksak madaniyatni 
bunyod etgan ulug‘ ajdodlarimizning turmush tarzi, orzu-intilishlari, urf-odat va 
marosimlari, an’analari-yu o‘zbekona samimiyatini mukammal aks ettirganligi uchun 
ham qadrlidir. 
Jahon madaniyatida o’ziga xos o’rin tutgan xalq udumlari, urf-odatlarini aks 
ettiruvchi etnografizmlar “O’zbek tilining izohli lug’ati” da o’z aksini topgan. Lug’atda 
o’z aksini topgan urflar, udumlar, rasm-rusumlar, odatlar, o’yinlarda etnografiya, tarix, 
geografiya, til, adabiyot, musiqa, din singari inson ruhiyati manzaralariga tegishli 
qirralar bir-birini to’ldirib, qovushib ketgan. Ularning barchasi yaxlit holda xalq 
madaniyatining bo’y-bastini ko’rsatadi. 

Download 3,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish