2
UDC 811.512.133'373.421(038)
КБК 81.2-4(5Ўзб)
M 58
Gulandom Mirxanova
O`zbek tilining sinonim so`zlar
o`quv lug`ati
Mazkur lug`at, avvalo, umumiy o`rta ta’lim
maktablari tayanch sinf
o`quvchilarining foydalanishlari uchun mo`ljallangan. U, shuningdek,
filolog
talabalar, ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari va qolaversa, o`zbek
tili bilan
qiziquvchi keng o`quvchilar ommasi uchun ham foydali manbadir.
Mas`ul muharrir
B.R.Mengliyev
filologiya fanlari doktori, professor
Taqrizchilar:
Dilorom Yo`ldosheva
BuxDU professori, pedagogika fanlari nomzodi
Dildora Axmedova
BuxDU katta o`qituvchisi, f.f.f.d.(PhD)
ISBN 978-9943-7230-5-4
©
“Durdona”
nashriyoti, Buxoro 2021
3
SO`ZBOSHI
Ma’lumki, XX asr boshlarida umumiy leksikografiyadan o`quv lug`atchiligi
ajralib chiqdi va o`quv lug`atlarining zamonaviy avlodlarini yaratishga alohida
e’tibor qaratdi. Tilshunoslik va pedagogika fanlari oralig`idagi
lingvodidaktik
o`nalish – o`quv lug`atchiligi tarmog`ining maxsus soha sifatida rivojlanayotganligi
muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda o`quv lug`atlari milliy qadriyatlarga sodiq,
dunyoqarashi keng, ongi yetuk,
mustaqil fikrli, og`zaki va yozma nutqi ravon
avlodni tarbiyalashda muhim ijtimoy-siyosiy va madaniy
vazifani bajaradigan
maktab darsliklariga yordamchi vosita sifatida ta’lim tizimida o`ziga xos o`rin
egalladi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin turli sohalarda bo`lgani kabi
o`zbek tilshunosligi fani va uni o`qitish bilan shug`ullanadigan maktab ona tili
ta’limi sohasida ham tub o`zgarishlar yuz berdi. Tilshunoslik oldiga tilning lingvistik
xususiyatlarini o`rganish bilan birga til va uning egasi o`rtasidagi munosabatlarning
tilga
aks etishi, maktab ona tili ta’limi oldiga o`quvchilarni mustaqil va ijodiy
fikrlashga yo`naltirish, ularga milliy o`zlagini tanitish, muloqot va munosabatning
barcha turlarida o`zbek tilining cheksiz imkoniyatlaridan samarali va to`g`ri
foydalana olish, nutq odobi sirlarini egallash bilan bog`liq zaruriy ko`nikmalarni
shakllantirish vazifasi qo`yildi. Bunday vazifalarni
amalga oshirishda uzluksiz
ta’limning turli bo`g`inlarida tahsil oluvchilar uchun mo`ljallangan o`quv
lug`atlarining roli muhim. Fikrni to`liq va ta’sirchan ifodalashda hamda nutq
madaniyatini shakllantirishda esa sinonim so`zlarni qo`llashning ahamiyati katta.
Uzluksiz ta’limning maktabgacha ta’limdan oliy filologik ta’lim tizimigacha
bo`lgan tahsil oluvchilar uchun mo`ljallangan va murakkablashib boradigan sinonim
so`zlar o`quv lug`atlarini tuzish ishlarini rivojlantish
maqsadida tayanch sinflar
uchun mo`ljallangan sinonimlar o`quv lug`ati tuzildi. Bunda asosiy manba sifatida
professor Azim Hojiyev tomonidan 1974-yilda tuzilgan va hozirgacha o`zbek
adabiy tili uchun xarakterli bo`lgan “O`zbek tili sinonimlarining izohli lug`ati”dan
foydalanildi. Bundan tashqari, 2007-yilda Qarshi davlat
universiteti professor-
o`qituvchilari tomonidan tuzilgan o`quv lug`atlaridan foydalanildi. O`tgan davr
mobaynida tilimizda paydo bo`lgan va yangi qo`shilgan so`zlarning sinonimik qatori
berildi. Masalan: