158
Birinchi holatda ohak – kremnezemli bog‘lovchi oldindan so‘ndirilgan
ohakda tayyorlanadi, ikkinchida — so‘ndirilmagan ohakning gidratsion qotish
effektidan foydalaniladi, bunda yangi qoliplangan mahsulot mustahkamligi va
qotishdagi keyingi jarayonlar uchun qulay sharoit yaratilishi ta'minlanadi.
Qaynama sxemasining kamchiliklari: bog‘lovchining
suvga talabining
yuqoriligi, uzoq muddatga saqlash va transportga ortib bo‘lmasligi, sanitar-
gigienik sharoitlarining yomonlashishi, shuningdek o‘ta kuygan ohakni kechikib
so‘nganligi sababli beton strukturasini qaytarilmas buzilish imkoniyati. Gidrat
sxemasi o‘ta kuyish havfini bartaraf qiladi. Gidrat
sxemasi bilan olingan ohak-
kremnezemli bog‘lovchi, uzoq muddat saqlanishi va katta masofaga transportda
jo‘natilishi mumkin, bunda aktivligi yo‘qolmaydi. Gidrat sxemasining
kamchiliklari: ohakni oldindan gidratatsiyalash va qumni quritish, ohakni
so‘ndirishda va mahsulotning avtoklavda qizdirishda yuqori darajadagi miqdorda
bug‘ning talab qilinishi.
Silikat beton tayyorlashda ohak – kremnizemlidan tashqari klinkersiz
bog‘lovchilar ishlatiladi:
ohak-shlakli; ohak putssolanli va ohak-kulli sementlar.
Ko‘pchilik korhonalarda ohakni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z joyida tayyorlanadi.
Bo‘lakli ohak maxsus ohak tayyorlaydigan zavodlardan temir yo‘l vagonlarida
keltiriladi. Ohakni lentali konveyer va elevator yordamida silosli omborga
tushuriladi. Bo‘lakli ohaklarni saqlash uchun temir-betondan 100 t sig‘imli
siloslar tayyorlanadi. Ularni konus asosli tarnovli ta'minlovchilar bilan tushirib
olinadi va lentali konveyer sistemasi yordamida maydalashga jo‘natiladi, u
yerda
avval mayda bo‘laklarga bo‘linadi, keyin bolg‘ali maydalagich va trubali
tegirmonda yanchiladi.
Kvars qumi silikat beton ishlab chiqarishda zarur bo‘lib, avval omborga
tushiriladi, u yerdan qabul bunkerlariga ortiladi va quritiladi. Ombor bunkerlari
perimetri bo‘yicha bug‘ registrlari bilan jihozlangan bo‘lib, qumni yoz faslida
quritish, qishda esa bo‘laklarning yaxini eritiladi. Ishlab chiqarishga qumni
berishdan avval katta toshli va mayda fraksiyalardan tozalanadi.
159
Ohak-kremnezemli bog‘lovchi olishda qum va ohak sinchkovlik bilan
miqdorlanadi, uzluksiz harakatdagi qoruvchida aralashtirilib, lentali konveyer
sistemasi bilan tegirmon
ustidagi bunkerga uzatiladi, u yerdan trubali tegirmonga
yanchish uchun ta'minlovchilar yordamida yetkaziladi. Shuningdek, ikki
bosqichni o‘z ichiga olgan ikki pog‘onali usul qo‘llaniladi. Birinchi bosqichda
qumni alohida maydalash ma'lum dispersli (mayda zarralarga bo‘lib) darajasiga
yetguncha olib boriladi. Bunda ohakni yanchish jarayonidagi amortizatsiyalovchi
ta'siriga yo‘l qo‘yilmaydi. Ikkinchi bosqichda bir turdagi qorishma olinguncha
birga aralashtiriladi (3.34-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: