Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/116
Sana18.04.2022
Hajmi2,82 Mb.
#561492
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   116
Bog'liq
fayl 2067 20211105

Akvarium 
Akvarium— ta’lim oluvchilarga muammoni “jamoa oldida” muhokama 
etish taklif etiladigan dialog shakli. Guruh muammo bo‘yicha u yoki bu dialogni 
olib borishda ishongan ishtirokchini tanlaydi. Ba’zida bu bir nechta xohlovchilar 
bo‘lishi mumkin. Qolganlari tomoshabin rolida qatnashadilar. Akvarium deb 
nomlanishi ham shundan kelib chiqqan. Bu usul o‘z tengdoshlarini chetdan 
ko‘rish, ular qanday muomalada bo‘lishlarini ko‘rish, o‘zgalar fikriga qanday 
munosabat bildirayotganliklari: yuzaga kelayotgan kelishmovchiliklarni bartaraf 
eta olayotganliklari; o‘z fikrlarini qanday tushuntirayotganliklari va hokazolarga 
imkon beradi. 
Ish quyidagi ketma-ketlikda olib boriladi: ta’lim oluvchilar guruhi ikkita 
aylana hosil qilib joylashadilar: ichki va tashqi. Ichki aylananing bir ishtirokchisi 
o‘tilgan biror aniq o‘quv masalasi bo‘yicha yetakchi rolida chiqadi. 
Tashqi aylana ishtirokchilari ichki aylananing yetakchisi va guruhining 
harakatini diqqat bilan kuzatadilar va ijobiy holatlar, muvaffaqiyatlar hamda 
kamchiliklar to‘g‘risidagi o‘z taassurotlarini yozib boradilar. So‘ngra 
ishtirokchilar o‘z ham-kasblarining harakatlarini muhokama qiladilar, undan 
so‘ng o‘z-o‘zini baholash uchun ichki aylananing yetakchisi va a’zolariga so‘z 
navbati beriladi. Muhokama yakunlariga ko‘ra xulosalar chiqariladi. 
O‘quv turniri 
O‘quv turniri— yangi material o‘rganilgandan so‘ng, turnirli bellashuvda, 
bir xil darajadagi o‘quv yutuqlarga ega bo‘lgan ta’lim oluvchilar uchrashadilar. 
Qoidaga binoan, bunday turnirlar, yirik o‘quv mavzusi o‘rganilgandan so‘ng bir 
haftadan keyin o‘tkaziladi. Turnirni o‘tkazish tartibi quyidagicha.
 
Ta’lim oluvchilar, o‘quv yutuqlari darajasiga qarab guruhlarga bo‘linadilar. 
Har bir kichik guruh, 30 tagacha raqam bilan belgilangan, savollar yozilgan 
kartochkalar oladilar. Guruhning har bir a’zosi, ixtiyoriy ravishda, stolni ustida 
teskari qo‘yilgan kartochkalarning bittasini oladi va undagi savolga javob beradi. 
Javob og‘zaki yoki yozma bo‘lishi mumkin. Guruhning boshqa a’zolari javobni 
baholashadi. Buni, masalan, alternativ shkala bo‘yicha qilish mumkin: to‘g‘ri 
bo‘lsa - 1 ball, noto‘g‘ri bo‘lsa - 0 ball. 
Har biriga 3 tadan kartochka to‘g‘ri keladi. Shuning uchun, ta’lim beruvchi 


170 
ushbu turnirga, to‘rtta darajali murakkablikka ega savollar yozilgan 90 ta 
kartochka tayyorlab qo‘yishi zarur. Turnir tugagandan so‘ng, ular o‘zlarining 
miniguruhlarida yig‘ilgan ballarini umumlashtiradilar. Eng ko‘p ball yiqqan 
guruh-g‘alaba qozongan hisoblanadi. 
Keys
Keys — ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan, aniq muammoli vaziyatning 
tafsilotidir. Keys usuli ishlab chiqarish masalalarini mashg‘ulotlarda tahlil qilish 
va hal qilish usuli hisoblanadi. Unda ishtirokchilarga haqiqiy hayotiy vaziyat 
bo‘yicha fikr yuritish taklif qilinadi, bu vaziyat bayonida faqat amaliy masala 
ifodalanib qolmasdan, undagi muammoni yechish jarayonida o‘zlashtirilishi 
zarur bo‘lgan o‘quv materiali ham ifodalanadi. 
Keys usulini qo‘llash jarayonida ta’lim oluvchilarni vaziyatni tahlil qilishga 
o‘rgatish maqsadida, vaziyatni quyidagi tartibda bayon qilish mumkin: 

muammoli (qo‘yilgan muammo bo‘yicha muammoli vaziyatlar 
majmuasini ajratish talab qilinib, ularning turlari, yechilish usullariga muvofiq 
holda tanlanadi); 

tizimli (vaziyatlar tarkibining tavsiflari va vazifalarini aniqlash); 

sabab-oqibatli (vaziyatni keltirib chiqargan sabablarni aniqlash); 

tavsiyali (vaziyatni keltirib chiqargan sabablarni aniqlash); 

dasturiy-maqsadli (joriy vaziyatlar uchun tadbirlar dasturini ishlab 
chiqish); 

tashxisli (vaziyatdagi faoliyat mazmunini tashhislash, uni modellash). 
O‘quv mashg‘ulotlarida keyslarni hal qilish algoritmi quyidagicha: 
1.
Topshiriqni berish, (topshiriqni bajarish muddatini belgilash, keysning 
yechimini baholash tizimi bilan tanishtirish, darsning texnologik modelini 
aniqlash). 
2.
Ta’lim beruvchining kirish so‘zi. Asosiy savollarning qo‘yilishi. 
3.
Ta’lim oluvchilarni 4-6 kishidan iborat mikroguruhlarga ajratish. 
4.
Ularning mikroguruhlardagi faoliyatini tashkil qilish (mikro-guruhlarni 
nomlash, yetakchilarni va ekspert guruhini aniqlash). 
5.
Mikroguruhlardagi javoblar bilan tanishishini tashkil qilish. 
6. Mikroguruhlararo munozarani tashkil qilish. 
7. Ta’lim beruvchining umumlashtiruvchi so‘zi, uning vaziyat yechimi 
to‘g‘risidagi fikri. 
8. Ta’lim oluvchilarni ekspertlar tomonidan baholanishi. 
9. Ularning mashg‘ulot haqidagi fikrlari. 
10. Ta’lim beruvchining yakunlovchi so‘zi. Mashg‘ulot bo‘yicha xulosalar 
chiqarish. 
Keyslarni hal qilishda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni yo‘naltirib turishi 
va ulardagi faollikni qo‘llashi, hal qilinayotgan muammoga nisbatan qiziqish 


171 
uyg‘otib turishi darkor. 
Keyslar o‘z mazmuniga qarab - mikrokeys, minikeys va umumiy keyslarga, 
maqsadi bo‘yicha taktik, stragetik keyslar kabi turlarga bo‘linadi. 
Keyslardan ta’lim jarayonida foydalanish ta’lim oluvchilar shaxsida 
quyidagi kasbiy-pedagogik zaruriy sifatlarni shakllantiradi: 
-
mustaqil, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi; 
-
haqqoniy bo‘lishiga o‘rgatadi; 
-
nazariya va amaliyot o‘rtasida uzviy bog‘liqlikni shakllantiradi; 
-
muammoli vaziyatni yangicha shakllantirishga yordam beradi; 
-
vaziyatlarni hal etishda, unga ta’sir etuvchi omillarning mavjudligi va 
ularning ta’sirini e’tiborga olishga imkon beradi; 
-
boshqalar fikrini ham qabul qila olish malakasini shakllantiradi; 
-
savol berish madaniyatini o‘stiradi; 
-
qabul qilingan qaror uchun mas’ullik hissini tarbiyalaydi. 
Keyslardan yakka tartibda, mikroguruhlarda va so‘ngra umumiy guruhda 
muhokama, rolli o‘yinlar va h.k.da foydalanish mumkin. 
Jahon pedagogikasida keng miqyosda samarali qo‘llanayotgan keyslardan 
foydalanish - birinchidan, ta’lim oluvchilarning fikrlash qobiliyatini 
rivojlantiradi, ikkinchidan esa, o‘quv jarayonini bevosita ishlab chiqarish bilan 
bog‘laydi, Gerbart Spenser ta’kidlaganidek: “Ta’limning buyuk maqsadi bilim 
berish emas, balki xatti-harakatlarga o‘rgatishdir” Yohud, mavjud ta’lim 
tizimimizda aksariyat hollarda o‘qitishdan maqsad, bilim berish yakuniy natija 
sifatida qaralsa, jahon miqyosida esa, o‘zlashtirilgan bilimlarni amalda qo‘llash 
ta’limning yakuniy natijasi deb qaralishini e’tirof etish lozim. Garvard (AQSh) 
universiteti moliyaviy menejment mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan 
magistrantlar o‘qish davrida, banklarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan 2,5 
mingta keysga javob topgandan so‘ngina, diplom olish huquqiga ega bo‘lishi 
fikrimizning dalilidir. 
Keyslarni hal qilishda quyidagilarga e’tibor berish zarur: asosiy muammoni 
va unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, asosiy va ikkinchi darajali omillarni 
ajratish, muammoni hal qilishning muqobil yechimini ham ko‘rib chiqish, eng 
maqbul qaror qabul qilish. Keyslarni hal qilishda yozma usulda tahlil qilish, unda 
bayon etilgan muammoni yanada chuqurroq anglashga yordam beradi. 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish