Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/116
Sana18.04.2022
Hajmi2,82 Mb.
#561492
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   116
Bog'liq
fayl 2067 20211105

 
 


164 
ILOVA 
AYRIM INTERFAOL USULLARDAN NAMUNALAR 
 
Uch bosqichli intervyu 
Uch bosqichli intervyu—bu barcha ta’lim oluvchilarni o‘quv faoliyatida 
ishtirok etishga undovchi, jamoaviy o‘qitish usuli. Ta’lim oluvchilarni to‘rt-olti 
kishilik "boshlang‘ich" guruhlarga taqsimlanadi. Ular mavzu bilan tanishib va 
ularninng oldiga qanday savol qo‘yilganini aniqlab, mavjud fikrlarni aniqlash 
uchun juftliklarga bo‘linadilar hamda bir-birlaridan intervyu oladilar. So‘ngra 
har biri "boshlang‘ich" guruhdagi sherigining fikrlari bilan tanishadi. Guruh 
barcha fikrlarni bir umumiy fikrga kelingunga qadar muhokama qiladi. 
FSMU
FSMU 
texnologiyasi—munozarali 
masalalarni 
hal 
etishda,bahs-
munozaralar o‘tkazishda yoki o‘quv seminari yakunida (tinglovchilarning 
o‘quv-seminari haqidagi fikrlarini bilish maqsadida), yokio‘quv rejasi asosida 
biror-bir bo‘lim o‘rganilgandan so‘ng qo‘llanilishi mumkin, chunki bu 
texnologiya tinglovchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z 
fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda 
ta’lim oluvchilarni o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay 
darajada egallaganliklarini baholashga ham tinglovchilarni bahslashish 
madaniyatiga o‘rgatadi.
 
F - 
Fikringizni 
bayon eting, S - Fikringiz bayoniga biror-bir 
sabab 
ko‘rsating, M - Ko‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) 
misol 
keltiring, 
U - Fikringizni 
umumlashtiring.
Skarabey 
Skarabey—ta’lim oluvchilarda fikriy bog‘liqlik, mantiq, xotirannng 
rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o‘z fikrini 
ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya mustaqil 
ravishda bilimning sifati va saviyasini xolisona baholash, o‘rganilayotgan 
mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni, turli g‘oyalarni ifodalash hamda 
ular orasidagi bog‘liqliklarni aniqlash imkonini beradi. "Skarabey" 
texnologiyasi har tomonlama bo‘lib, undan o‘quv materialining turli 
bosqichlarini o‘rganishda foydalaniladi: 
-
boshida - o‘quv faoliyatini rag‘batlantirish sifatida ("Aqliy hujum");
-
mavzuni o‘rganish jarayonida - uning mohiyati, tuzilishi va 
mazmunini belgilash; ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar 
xususiyatini aniqlash; mavzuni yanada chuqurroq o‘rganish, yangi jihatlarini 
ko‘rsatish; 
- oxirida - olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida. 
"Skarabey" texnologiyasi ta’lim oluvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, 


165 
chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab 
chiqilgan. U ta’lim oluvchilar tajribasidan foydalanishni ko‘zda tutadi, reflektiv 
kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlanish va fikriy tajriba o‘tkazish 
imkoniyatlariga ega. 
Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni 
yengillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni ko‘rsatish mumkin. 
"Skarabey" alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda o‘quv jamoalarida 
qo‘llanishi mumkin. Mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni 
amalga oshirish imkonini beradi: o‘zgalar fikriga hurmat; jamoa bilan ishlash 
mahorati; 
faollik; xushmuomalalik; ishga ijodiy yondashish; imkoniyatlarini 
ko‘rsatish ehtiyoji; o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi; 
o‘zini namoyon etishiga imkon beradi; o‘z faoliyati natijalariga mas’ullik va 
qiziqish uyg‘otadi. 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish