Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/116
Sana18.04.2022
Hajmi2,82 Mb.
#561492
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   116
Bog'liq
fayl 2067 20211105

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1.
 
O‘qitishning yordamchi vositalari nimalarni o‘z ichiga oladi? 
2.
 
Xitoy tili darslarida videotasmalar qo‘llash afzalliklari haqida gapiring. 
3.
 
Muallim va o‘quvchi uchun alohida mo‘ljallangan o‘qitish vositalarini 
sanab bering. 
4.
 
Xitoy tili darslari uchun mo‘ljallangan elektron dasturlar yoki elerktron 
darsliklardan qandaylarini bilasiz? 
4.3-§. Zamonaviy xitoy tilidan darslik va o‘quv qo‘llanmalari 
 
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: 
Hozirda dunyo bo‘yicha qo‘llanib 
kelinayotgan zamonaviy xitoy tilidan darslik va o‘quv qo‘llanmalari haqida 
ma’lumot berish, ularni metodik jihatdan tahlil qilish. 
 
Tayanch so‘z va iboralar:

发展汉语
”,“
新实用汉语课本
”, “
当代中


77 

”, “
博雅汉语
”,

成 功 之 路
”, darslik, qo‘llanma, nashriyot, fonetika, 
grammatika. 
 
Xitoy tilini o‘rganish uzoq muddatli jarayondir.Bu jarayon yillar davom 
etishi mumkin. Birinchi bosqich, ya’ni xitoy tilinio‘rganishni boshlash va buning 
uchun, avvalo, yaxshi ustoz va yaxshi darslik tanlash mazkur jarayonda asosiy 
va muhim rol o‘ynaydi. Birinchidan, Ustozsiz xitoy tilini barcha sir-asrorlarini 
bilish qiyin. Balki boshqa tillarni internet orqali yoki mustaqil tarzda o‘rganish 
mumkindir, lekin mutlaqo xitoy tilini emas. Ikkinchidan, darslik o‘qitishdagi eng 
asosiy vosita. Bu haqda biz oldingi mavzularda ham to‘xtalib o‘tdik, ya’ni 
darslik nima ekanligini yaxshi bilib oldik. Yaxshi yozilgan darslik chet tili 
o‘rganishdagi muvaffaqiyatning asosidir. Ana shundagina siz birinchi 
darslardan boshlaboq kelajagingizga poydevor qo‘yasiz. Yaxshi o‘zlashtirilgan 
grammatika va talaffuz sizga lug‘at boyligingizni va tilni bilish darajasini 
oshirishga imkon beradi. Hozir dunyo bo‘yicha xitoy tilini o‘rgatadigan 
darsliklarning xili juda ko‘p, albatta. Bular haqida biz oldingi mavzularda 
qisman gapirib o‘tgan edik. Bu mavzu doirasida esa biz hozirda jahon bo‘yicha 
xitoy tilini o‘rganishda ko‘pchilik foydalanayotgan ayrim darsliklar haqida fikr 
mulohazalar qilamiz va ular haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
1.

发 展 汉 语


Developing Chinese

- “Rivojlanayotgan xitoy” darsligi
yangi boshlanuvchilar uchun umumiy kurs. 2 qismdan iborat (ingliz tilida). 
Pekin tillar universiteti nashriyotida 2011 yili chop etilgan. Mualliflar: 
荣继华
Róng Jìhuá va 
徐桂梅
Xú Guìméi. Bu Xitoy Ta’lim vazirligi tomonidan o‘n 
birinchi besh yillik rejada (2006-2010 yillar) til kurslari talabalari va 
xitoyshunos-bakalavrlar talabalari uchun tavsiya etilgan o‘quv materiallaridan 
biridir. Har bir qism uchun CD va kitobning 1-qismiga ierogliflar uchun husnixat 
daftarlariham bor. Darslar soni: 30 ta (1 qism) va 25ta (2 qism). Lug‘at hajmi:
2000-2500 so‘zdan iborat. Kirish bosqichi uchun seriyalarda jami: umumiy kurs 
uchun (2 qism), og‘zaki nutq (2 qism), tinglab tushunish (2 qism), yozma til (2 
qism) kabi tarkibdan iborat. O‘quvchi-tinglovchilar o‘rtasida o‘tkazilgan besh 
ballik tizimdagi so‘rovnomada darslik quyidagicha baholangan: 1) bosib 
chiqarish sifati va o‘qilishi -5 ball, 2) interfaollik -5 ball, 3)lug‘at -5 ball , 4) 
grammatika -5 ball, 5)mashqlar -5 ball,6) fonetika -4 ball, 7)iyerogliflar -4 ball. 
2.

新实用汉语课本


Новый практический курс китайского языка

” - 
“Yangi amaliy xitoy tili darsligi”xitoy tilini yangi boshlovchilar uchun umumiy 
darslik. 4 qismdan iborat, aslida ya’ni ilk variant ingliz, rus tillaridagi, 
keyinchalik esa o‘zbek tiliga mohirona tarjima qilingan darsliklar majmuasidan 
iborat. 2006, 2007 va 2011 yillarda“Pekin tillar universiteti nashriyoti” 
tomonidan nashr etilgan darslik. Muallif
刘珣
Liu Yan. Ushbu darslikning 
maqsadi – xitoy tili tuzilishi, xitoy tili funksiyasi va sohaga oid tegishli madaniy 
bilimlarni o‘rganish, tinglash, gapirish, o‘qish va yozishni o‘rganish orqali 


78 
o‘quvchilarning xitoy tilida so‘zlashish qobiliyatini bosqichma-bosqich 
rivojlantirishdan iborat. Kitob oltita jilddan iborat bo‘lib, 70 darsdan tashkil 
topadi. Dastlabki to‘rt jild boshlang‘ich va oraliq bosqichlarga, jami 50 ta darsga, 
ikkinchi jildlar esa 20 ta darsdan iborat bo‘lgan oraliq bosqichlarga 
mo‘ljallangan. Chet elda xitoy tilini o‘rganishga ixtisoslashgan yoki o‘qiyotgan 
o‘quvchilar birdan uchgacha bo‘lgan bosqichlarda tinglash, gapirish, o‘qish va 
yozish uchun mazkur darslikdan foydalanishlari mumkin. Asosan, haftada bir 
dars, bir semestrda esa bitta kitob yoki o‘quvchilar uchun mustaqil darslik 
sifatida ham foydalanishga mo‘ljallangan. Dastlabki to‘rt jildning har biri 
"Kompleks mashqlar kitobi", "O‘qituvchilar uchun qo‘llanma" bilan to‘dirilgan, 
unda audio kompakt-disklar va DVD-disklar yozilgan (unda har bir dars 
dialoglarining aynan bir xil bo‘lgan videoyozuvlari bor), keyingi ikki jild esa 
faqat "O‘qituvchilar uchun qo‘llanma" dan iborat. Eng quvonarlisi, mazkur 
darslikning o‘zbek tiliga tarjima qilingan va anchagina qiziqarli ma’lumotlar 
bilan to‘ldirilgan variantlari ham bor. Mazkur darsliklar O‘zbekistonlik ma’lum 
va mashhur xitoyshunos mutaxassislar tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan 
va yurtimizga xos ma’lumotlar, jumladan, milliy qadriyatlarimiz va 
an’analarimizni aks ettiruvchi, milliy adabiyotimiz va go‘zal tabiatimiz, 
shaharlarimiz, bayramlarimiz bilan tanishtiruvchi anchagina boy faktik 
ma’lumotlar bilan boyitilgan va to‘ldirilgan. Mazkur kitoblarni tarjima qilishda 
va ularni to‘dirishda jonbozlik ko‘rsatgan bir qator tarjimon-mualliflar sifatida 
dotsentlar Saodat Nosirova, Sabohat Hoshimova, katta o‘qituvchilar Umida 
Mavlyanova, Shukriya Nazirova, o‘qituvchilar Sevara Alimovalarni e’tirof etish 
joizdir.O‘quvchi-tinglovchilar o‘rtasida o‘tkazilgan besh ballik tizimdagi 
so‘rovnomada darslik quyidagicha baholangan: 1) bosib chiqarish sifati va 
o‘qilishi -5 ball, 2)interfaollik -5 ball, 3)lug‘at -5 ball , 4)grammatika -5 ball, 
5)mashqlar -5 ball, 6)fonetika -4 ball, 7)iyerogliflar -5 ball. 
3.

当 代 中 文
” (Contemporary Chinese) - “Zamonaviy xitoy tili” darsligi. 
XXRda“Xitoy tilini o‘rgatish” nashriyotida 2010 yilda chop etilgan. Muallif :
吴 中 伟
Wú Zhōngwěi. “Xanban” tashkiloti hamda “Konfutsiy institutlari” 
tomonidan tavsiya etilgan. Darslar soni: 20ta. Lug‘at hajmi: 758ta so‘z. 
Darslikdagi majmuasi o‘z ichiga: asosiy darslik, mashqlar to‘plami, iyeroglifik 
darslik kabi komponentlarni oladi. Ushbu darslikning asosiy yutuqlaridan biri 
shuki, har bir dars oxirida, Xitoy va xitoy tili haqida qiziqarli eslatmalar bor, 
masalan “pinyin’ tarixi haqida. Ilk saboq fonetikaga bag‘ishlangan: hamma 
narsa qisqacha, aniq, tafsilotlarsiz tushuntiriladi. Mos keladigan fonetik 
belgilarning foydali jadvali va oila a‘zolarining ismlarining jadvali mavjud. 
Birinchi darslardan boshlab iyerogliflar qo‘llaniladi, shu bilan birga kamchiligi 
shundaki, ko‘plab yangi so‘zlar kiritilgan, so‘zlar esa ma’lum darajada juda 
murakkab, afsus tushuntirishlar kam. Asosiy darslikda iyeroglifikaga doir hech 


79 
narsa yo‘q - hamma narsa alohida ierogliflarga bag‘ishlangan darslikda mavjud. 
Bu kitob darhaqiqat juda ajoyib. Unda tushuntirishlar, rasmlar, mashqlar va 
ularga javoblar bilan birga berilgan. Boshqalar bilan taqqoslaganda, ushbu 
darslik o‘zining grafikasi bilan ajralib turadi, masalan, rasmlarda yo‘nalish 
qo‘shimchalarining ma’nosi aniq ko‘rsatilgan. Boshqa darsliklardan farqli 
o‘laroq, lug‘at sirasi faqat talaba hayotigagina bog‘liq emas. Dars matnlarini 
ingliz tiliga tarjima qilish alohida blokda berilgan, matnlarda iyerogliflar va 
pinyinlar ohang belgilari bilan berilgan. Ko‘p yaxshi mashqlar (javoblar bilan) 
berilgan.O‘quvchi-tinglovchilar o‘rtasida o‘tkazilgan besh ballik tizimdagi 
so‘rovnomada darslik quyidagicha baholangan: 1) bosib chiqarish sifati va 
o‘qilishi -5 ball, 2)interfaollik -5 ball, 3)lug‘at -5 ball , 4)grammatika -4 ball, 
5)mashqlar -5 ball, 6)fonetika -3 ball,7) iyerogliflar -5 ball. 
4.

博雅汉语
”(Boya Chinese) - Xitoy tilidan boshlang‘ichlarga mo‘ljallangan. 
2 qismdan iborat darslik (ingliz tilida).“Pekin universiteti nashriyoti”da 2013 
yilda chop etilgan. Mualliflar: 
李晓琪
Xú Jīngníng va
任雪梅
Rèn Xuěméi. Bu 
Xitoy Ta'lim vazirligi tomonidan xitoy tilini o‘rganayotgan chet elliklar uchun 
11-besh yillikda (2006-2010) tavsiya etilgan o‘quv materiallaridan biri. Darlikda 
CD mavjud. Darslar soni: 30ta (1-qism) va 25ta (2-qism). Lug‘at hajmi: 1500 
so‘z. Darlik koplektida: darslik (2 qism) va mashqlar to‘plami (2 qism) bor. 
Darslik avvalgisidan keskin farq qiladi. Bu darslik bilan shug‘ullangan 
odamning dam olishga vaqti bo‘lmaydi. Kirish faqat xitoy tilida berilgan. 
Davomida ushbu o‘quv qo‘llanmada dialog olib boradigan qahramonlar bilan 
tanishtirish bo‘ladi va yana ular ham faqat xitoy tilida beriladi. Bu ma’lumotlar 
faqat iyerogliflarda berilgani bois, talaba-o‘quvchi uchun ancha tushunarsiz. Shu 
sababli bu joylarni o‘quvchi shunchaki varaqlab o‘tib ketishi turgan gap.
Keyingi qismida fonetika ingliz tilida tushuntiriladi. Lug‘at juda intensiv 
ravishda beriladi: birinchi darsda ancha uzoq suhbat va 16 ta yangi so‘z mavjud. 
Muloqot faqat iyerogliflar bilan olib boriladi, pinyin uning ostida alohida blokda 
yozilgan, bu mutlaqo noqulay, chunki endigina xitoy tilini o‘rganishni 
boshlayotgan o‘quvchi baribir ohanglarni matndagi so‘zlar ostiga yozib 
chiqishga majbur bo‘ladi. Ushbu darslik o‘zining shu kabi murakkabliklari bilan 
ham anchagina samarali va mashhurdir ehtimol. Yana bir kamchiligi yoki 
noqulayligi shundaki, birinchi darsdan oldin, tushunarsiz, murakkab jadvalni 
ko‘ramiz. Yana o‘quvchi bu tushunarsiz ma’lumotni shunchaki aylanib o‘tishga 
majbur bo‘ladi. Grammatika juda ko‘p berilgan, birinchi darsdan boshlab deyarli 
tushuntirilmaydi. Ammo mazkur darslikning ijobiy tomonlari ham talaygina. 
Bejis ko‘pchilik bu darslikdan foydalanishni tanlamagan bo‘lsa kerak. Darslikda 
juda ajoyib mashqlar va jonli so‘z boyligi, juda qiziqarli dars mavzulari mavjud. 
Lekin fikrimizcha, ushbu darslik bilan shug‘ullanayotgan o‘quvchiga, 
albatta,o‘qituvchi hamrohlik qilishi kerak. Sababi, darslikdagi barcha mavjud 


80 
bo‘lgan narsalarni og‘zaki tushuntirishlar bilan o‘qituvchi to‘ldirib turishi kerak, 
darslikni mustaqil ravishda o‘rganish qiyin. Xitoy va xitoy tili haqida hech 
qanday qo‘shimcha ma’lumotlar yo‘q. Faqat juda ko‘p mashqlargina bor xolos. 
Mashqlarning alohida to‘plami ham bor, lekin, u yerda ham faqat mashqlar 
borda! Ayrim darsliklardagidek mashqlarga javoblar ko‘rsatilmagan. Turli 
tillarga, shu jumladan, rus tiliga tarjima qilingan alohida lug‘at mavjud. Tarjima 
har doim ham to‘g‘ri emas, ko‘p xatolar ham bor. Shunday bo‘lsa ham darslik 
aksariyat o‘quvchilar tomonidan yaxshi qabul qilingan va baholangan. Darslik 
quyidagicha baholangan: 1) bosib chiqarish sifati va o‘qilishi -5 ball, 
2)interfaollik –5ball, 3)lug‘at –5ball, 4)grammatika –5ball, 5)mashqlar –5ball, 
6)fonetika –3ball, 7)iyerogliflar -3ball. 
5.

成功之路
”(Road to Success) - “Muvaffaqiyatga yo‘l” 
xitoy tilini yangi 
boshlovchilaruchun o‘quv qo‘llanma
(ingliz tilida).
2008 yilda“Pekin tillar 
universiteti nashriyoti” tomonidan nashr etilgan. Muallif
张辉
Zhāng huī.Bu 
Xitoy Ta'lim vazirligi tomonidan xitoy tilini o‘rganayotgan chet elliklar uchun 
12-besh yillik rejada (2011-2015) tavsiya etilgan o‘quv materiallaridan biri. 
Darlikda CD va ba’zi mashqlarga javoblar biriktirilgan. Darslar soni: 8ta. 
Lug‘at hajmi: 100 so‘z. Ushbu o‘quv qo‘llanma va barcha seriyalar 
avvalgilaridan sezilarli darajada farq qiladi. Yaratuvchilar “O‘rganish va 
o‘rgatish oson” qo‘llanma yaratishga harakat qilishdi. Ular buni uddasidan 
chiqdilar, mazkur qo‘llanma xitoy tilini yangi boshlovchilar uchun juda oson. 
O‘zlarini katta hajmdagi ma'lumot bilan qiynashni xohlamaydiganlar uchun mos 
keladi va tilni o‘rganishda yanada qulay yondashuvni sezish mumkin. Ushbu 
yondashuv qanchalik samarali ekanini aniq aytish qiyin, lekin kimdir uchun u 
muvaffaqiyatlibo‘ladi.Matn va mashqlarda iyerogliflar umuman yo‘q, faqat 
pinyin va barcha tushuntirishlar faqat ingliz tilida. Iyerogliflar haqida rasm va 
hikoyalar orqali qiziqarli tarzda tushuntiriladi.Grammatika bu erda umuman 
berilmaydi, faqat fonetika, oddiy so‘z birikmalari va ierogliflarga kirish 
(ularning xususiyatlari va ular qanday yozilganligi haqida ma’lumot beriladi 
xolos). Shu sababli ham biz bu kitobga darslik maqomini bera olmaymiz.
Fonetika juda yaxshi tushuntirilgan, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga 
bag‘ishlangan ko‘plab rasmlar mavjud. Bir nechta mashqlar, asosan, fonetika, 
ozroq dialoglardan iboralarni ishlatishga ham bag‘ishlangan. Mazkur kitob 
bo‘yicha ham so‘rovimiz natijalarini berib o‘tamiz: 1)bosib chiqarish sifati va 
o‘qilishi -5ball, 2)interfaollik -4ball, 3)lug‘at -5 ball, 4)grammatika -3ball, 
5)mashqlar -4ball, 6)fonetika –3ball, 7)iyerogliflar -3 ball. 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish