80
1.
O‗zbek mumtoz adabiyoti matnlari til tarixi bo‗yicha
olib borilgan
tadqiqotlarda qisman o‗rganilgan. Ularda, asosan turkiy so‗zlarning
xususiyatlari tadqiq qilingan. Agiografik asarlarni o‗rganish shuni
ko‗rsatadiki, bu turkum asarlar tili bir qadar murakkab bo‗lib, alohida
tekshirishlar olib borishni taqozo qiladi. Chunki ularning
matni diniy asarlar
tiliga muvofiqlashtirilgan. Ular oyat, hadis va arab tilida ifodalangan islom
tasavvufi hodisalari, ism va maqollar ko‗pligi bilan ajralib turadi.
2.
Agiografik asarlar nashrlarida bir qator kamchiliklar ko‗zga
tashlanadi. Ularning aksariyati tekstologik
tadqiq qilinmasdan nashrga
tayyorlangani bois matndagi nozik ma‘no belgilari e‘tibordan chetda qolib
kelayotir.
Birgina, oddiy
muhtasham
so‗zining bir nashrda
muhtashar
tarzida,
boshqasida
muxtasar
tarzida keltirilishi buning dalilidir.
3.
Agiografik asarlarning tili va matni ularning transliteratsiyasi uchun
maxsus imlo lug‗ati va izohlar ishlab chiqilishini taqozo qiladi.
Izohlar
matn
tarixi nazariyasi
asosida yaratilishi maqsadga muvofiqdir.
81
UMUMIY XULOSALAR
1.
Agiografiya o‗zbek adabiyotida maxsus o‗rginilmagan soha. U
muqaddas yozuv, ilohiy bitik
ma‘nosini bildirib,
har qanday diniy shaxs
to‗g‗risidagi xotira, esdalikni ifodalaydi. Bunday asarlarning dastlabki
manbalari ilohiy kitoblar, xususan, ―Qur‘oni karim‖ va Hadis hisoblanadi.
Lekin o‗zbek adabiyotida ular dastlab xalq og‗zaki
ijodi namunasi sifatida
paydo bo‗lgan. Unga o‗zbek xalq og‗zaki ijodi o‗zining katta ta‘sirini
o‗tkazgan. Bu ularning uslubiga taalluqlidir. Ularning yozma adabiyot
doirasiga kirib kelishida arab va fors adabiyotlarining ta‘sirini ham e‘tirof
etish maqsadga muvofiqdir.
2.
Fors va arab tillarida yaratilgan agiografik asarlarning dastlabki
namunalari sof diniy mazmunga ega bo‗lib, diniy manfaatlarni himoya qilgan
va diniy g‗oyalarni targ‗ib qilish maqsadida yaratilgan. O‗zbek
adabiyoti
tarixida bunday mazmundagi asarlar juda kam. Bu adabiyotda XVIII – XIX
asrlar agiografik yodgorliklarining ko‗proq diniy g‗oyalarni targ‗ib qilishga
qaratilgani aniqlandi.
3.
Agiografiya o‗zbek adabiyotida janr sifatida e‘tirof qilinmaydi. Ularni
faqat bir adabiy turkum, soha sifatida tavsiflash maqsadga muvofiq.
4.
O‗zbek adabiyoti tarixida agiografik janr o‗rnida holot, manoqib,
manqaba, maqoma, ba‘zi tazkira, shajara va tarix kabi istilohlar qo‗llanib
kelgan. Lekin ularning har biri o‗ziga xos adabiy janr sifatida belgilariga ega.
Umumiy xarakteriga ko‗ra, ular agiografik turkumni tashkil qiladi.
5.
Agiografik asarlar o‗ziga xos motivlarga ega bo‗lib, ular uzoq davrlar
ishlanishi jarayonida qat‘iylashgan. Bunda ularning muqaddas zotning
ajdodlari
yoki ota-onalaridagi taqvo, parhez kabi fazilatlar, uning homila
bo‗lishi, ilm o‗rganishi, hech kim yecha olmagan
masalalarni qoyil qilib
82
yechishi, hukmdorlar va xalq e‘tirofini topishi, o‗limi va hatto o‗limidan keyin
yaqinlariga bergan bashoratlarning har biri bir motiv sifatida mustahkam o‗rin
egallaydi. Hatto, shunday hodisalarni ko‗rish mumkinki, bir necha asarda bir
voqea takrorlanadi. Bunday holatlarni muallifning motiv izidan borib yangi
variant yaratishda ojiz qolgani sifatida baholash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: