2. Byudjet daromadlarining g‘azna ijrosini tashkil qilish. Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa nobyudjet fondlar g‘azna ijrosi. G‘aznachilikda davlat xaridini tashkil etish. O‘zbekistonda g‘aznachilik tizimi taraqqiyoti istiqbollari



Download 329,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana18.04.2022
Hajmi329,28 Kb.
#560212
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 мавзу

2002 yilda 
“Davlat moliyasini boshkarishni isloh kilish” loyihasi 
ma’qullandi hamda uni tayyorlash va amalga oshirish bo’yicha mas’uliyat 
Moliya vazirligiga yuklatildi. Mazkur loyihaning maqsadi “davlat moliyasini 
boshqarishni 
takomillashtirish, 
zamonaviy 
kompyuterlar 
va 
axborot 
texnologiyalaridan foydalangan holda byudjet mablag’larining samarali 
sarflanishini ta’minlash, byudjet ijrosining yangi tizimini yaratishdan iborat”
18
bo’ldi. 

2004 yilda 
O’zbekiston Respublikasining “Davlat byudjetining g’azna 
ijrosi to’g’risida”gi Qonunini qabul qilindi. Bu Qonun byudjet xarajatlarini 
boshqarish va nazorat qilish jarayonlariga keskin o’zgartirishlar kiritdi. Ushbu 
Qonunning maqsadi O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining (shu 
jumladan davlat maqsadli jamg’armalarining) va byudjet tashkilotlarining 
byudjetdan tashqari mablag’larining g’azna ijrosi sohasidagi munosabatlarni 
tartibga solishdan iborat bo’ldi. “Davlat byudjeti g’azna ijrosi to’g’risida”gi 
Qonunning qabul qilinishi o’z navbatida byudjetdan mablag’ oluvchilarning 
tovarlarni etkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnomalarini ro’yxatdan o’tkazish 
hamda ularning xarajatlarini to’lashga qaratilgan byudjet mablag’larining 
harakatini nazorat qilish tartibini aniqlash va belgilashni taqozo etadi. 

2005 yilda 
Moliya vazirligi tarkibida davlat byudjetining g’azna ijrosini 
joriy qilish uslubiyoti boshqarmasi tashkil etildi. Davlat byudjetining g’azna 
ijrosini joriy etish – keng qamrovli masala bo’lib, o’zaro bog’liq bo’lgan qator 
masalalarni hal qilishni talab etardi, xususan, g’aznachilik faoliyatining uslubiy 
asoslarini shakllantirish, hisob va hisobot tizimini qayta tuzish, yagona g’azna 
hisobvarag’ini ochish va shu kabi masalalar Uslubiyot boshqarmasi 
faoliyatining diqqat markazida bo’ldi va byudjetning g’azna ijrosi 
metodologiyasini yaratishga qaratildi. 

2007 yilda 
respublikaning barcha hududlarida davlat byudjetining g’azna 
ijrosi elementlari joriy etildi, davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga 
ko’ra barcha guruhlari bo’yicha ijrosi g’aznachilik bilan qamrab olindi. 

2007 yilda 
Davlat byudjetining g’azna ijrosini tadbiq etish hisobiga byudjet 
tizimini yanada isloh etish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan 
holda byudjet mablag’larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni 
kuchaytirish, barcha darajalardagi byudjet daromadlari va xarajat- larini 
boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida Moliya vazirligi Davlat 
byudjetining g’azna ijrosini tadbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi hamda 
mahalliy moliya organlarining g’aznachilik bo’linmalari negizida O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari 


tashkil etildi. 

2009 yilda 
davlat byudjeti bilan birgalikda, davlat maqsadli 
jamg’armalarining ham ijrosi G’aznachilikka o’tdi. Bu maqsadda davlat 
maqsadli jamg’armalari mablag’lari harakatini ta’minlovchi 
tegishli 
banklardagi ularning hisobraqamlari yopilib, G’aznachilikda ular uchun shaxsiy 
hisobraqamlar ochildi va ularning daromadlari tushumi va harajatlari to’lovi shu 
hisobraqamlardan amalga oshirila boshlandi. 

2010 yildan 
boshlab tajriba tariqasida davlat byudjetining bojxona orqali 
tushuvchi daromadlari ijrosi g’aznachilik orqali amalga oshirila boshladi. 

2011 yildan 
boshlab yangi byudjet tasnifiga asoslangan, davlat byudjeti 
g’azna ijrosini amalga oshirishga xizmat qiluvchi G’aznachilik dasturiy majmui 
ishga tushirildi. 

2011 yilning 
7 fevralida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat 
xaridlari tizimini muqobillashtirish va ularga kichik biznes sub’ektlarini jalb 
qilishni kengaytirish to’g’risida”gi PQ-1475-sonli qarori qabul qilindi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko’rsatilgan vazifalarning 
bajarilishini ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat xaridlari 
bo’yicha hukumat komissiyasi tashkil qilindi va uning ishchi organi O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi deb belgilandi. G’aznachilik 
tashkiliy tuzilmasi tarkibida esa “Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoni 
monitoringi axborot-tahlil bo’limi” tarkib topdi. 

2012 yilning 1 yanvaridan 
boshlab O’zbekiston Respublikasi “Davlat 
byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi qonuni talablaridan kelib chiqib, Davlat 
byudjetining daromadlari va xarajatlari G’aznachilikning Yagona g’azna 
hisobvarag’idan amalga oshirila boshlandi. Yuridik va jismoniy shaxslar 
tomonidan davlat byudjetiga o’tkaziladigan soliqlar va majburiy to’lovlar 
banklar tomonidan qabul qilinadigan va belgilangan tartibda 23402-, 23403-, 
23407-, 23409-, 20207-, 20205- va 23411-sonli balans hisobraqamlarda 
ochilgan shaxsiy hisobraqamlarga (ShHR) kirim qilinadigan va ular hisobidan 
tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamg’armalari hisobiga belgilangan 
miqdorlarda ajratmalar amalga oshiriladigan tartib joriy etildi. 

2014 yildan 
Byudjet kodeksining amalga kiritilishi byudjet tizimi 
byudjetlari g’azna ijrosini tashkil etishning qonuniy bazasini yanada 
mustahkamladi. 

2016 yilda 
respublikamiz bir necha yillardan buyon davlat moliyasini isloh 
etishda davlat byudjet daromadlarini g’azna ijrosi bilan qamrab olish 
islohotlarning eng muhim bosqichi hisoblanadi. Shu munosabat bilan 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 martdagi (ro’yxat 
raqami №02-02/1-860, 2016 yil 14 mart) 1-sonli bayonnomasiga muvofiq 2016 
yilning 1 aprelidan 1 iyuniga qadar byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini 
yig’ishning amaldagi tartibni saqlab qolgan holda O’zbekiston Respublikasi 
byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi mexanizmi bilan qamrab 
olishning sinov (test) jarayonini amalga oshirish, shuningdek Moliya vazirligi 
axborot tizimi hamda Markaziy bank, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona 


qo’mitasi va daromadlarni yig’ishga vakolatli bo’lgan tegishli organlar va 
tashkilotlar axborot tizimlari o’rtasida ma’lumot almashinuvini yo’lga qo’yish, 
shuningdek, 2016 yilning 1 iyulidan boshlab O’zbekiston Respublikasi byudjet 
tizimi byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi mexanizmi bilan to’liq qamrab 
olish vazifasi yuklatildi. Bunda 2016 yil 1 iyulidan byudjet tizimining 
byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi mexanizmi bilan respublikaning barcha 
hududlarida joriy qilish nazarda tutilgan. 

2017 yildan 
byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosini tashkil etish 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2016 yil 22 noyabrdagi 88-son
buyrug’iga 
ko’ra O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 
22 dekabrda №2580 raqami bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “O’zbekiston 
Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi Qoidalari”da 
belgilangan mexanidm asosida tashkil etildi. Bunda byudjetdan mablag’ 
oluvchilarning yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro’yhatdan o’tkazishda 
tegishla hujjatlarni UzASBO tizimi orqali g’aznachilik bo’linmalariga uzatish 
va O’RMVAT tizimida hisobga olishning amaldagi byurokratik tizimdan 
elektron tizimiga o’tilishi asosida g’aznachilik ijrosining yanada samarali ijrosi 
ta’minlandi. 

2018 yillarda 
davlat va korporativ xaridlar tizimini zamonaviy uslub va 
uslubiyot asosida tashkil etish chora tadbirlari belgilandi. Bunda davlat 
xaridlarini samarali, korruptsiyadan xoli va shaffof tarzda tashkil etilishi 
maqsadida qonun hujjatlari shakllantirildi. 
Moliya vazirligi G’aznachiligi davlat moliyasini samarali boshqarish 
uchun ham, undan oqilona foydalanilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash 
uchun ham mustahkam zamin yaratdi. Buni esa quyidagicha izohlash mumkin: 

Download 329,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish