organi
hisoblanadi.
G’aznachilikning
Qoraqalpog’iston
Respublikasi
G’aznachilik Boshqarmasi, Toshkent shahar va viloyatlar Boshqarmalari, shahar
va tumanlarda G’aznachilik bo’limlari kabi hududiy organlari faoliyat qiladi.
G’aznachilikka O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o’rinbosari, O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan Davlat G’aznachisi
rahbarlik qiladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining buyrug’iga
muvofiq G’aznachilikning hududiy organlari tuziladi va tugatiladi. G’aznachilik
organlarining xarajatlarini moliyalashtirish respublika budjetidan amalga
oshiriladi.
G’aznachilikning axborot tizimi.
G’aznachilikka yagona axborot tizimi
xizmat qiladi. Hozirgi kunda G’aznachilikning yagona axborot tizimi yaratilgan
bo’lib, “Davlat mablag’larini boshqarishning axborot tizimi” (DMBAT) deb
ataladi. Byudjet operatsiyalari bo’yicha kodlashtirilgan va tasniflangan
ma’lumotlar DMBAT ga
avtomatik ravishda yuklanadi, bu esa daromadlarni
tasniflar, xududiy belgilari, budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar bo’yicha
aniqlash imkonini beradi. Daromadlar avtomatik ravishda tegishli budjetlarga
belgilangan normativlar asosida o’tkaziladi. Daromadlarning yillik va oylik
prognoz qilish bilan bog’liq tadbirlar o’zgarishsiz qolsa-da, tushumlarni o’tkazish
endilikda banklar tomonidan emas, DMBAT tomonidan amalga oshiriladi.
G’aznachilikda davlat budjeti mablag’larini boshqarish
shundan
iboratki, G’aznachilik yagona g’azna hisobraqamidan va G’aznachilikning
boshqa bank hisobraqamlaridagi davlat budjeti mablag’larini, davlat budjetining
xarajatlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun yo’naltirish,
shuningdek, davlat budjetining vaqtincha bo’sh turgan mablag’larini bank
depozitlari va boshqa aktivlarga vaqtincha joylashtirish
hamda ular hisobidan
respublika budjetiga, Qorag’alpog’iston Respublikasi budjetiga, mahalliy
budjetlarga, shuningdek, davlat maqsadli jamg’armalariga budjet ssudalari
berish yo’li bilan boshqarib boradi. G’aznachilik
tomonidan dotatsiyalar va
ssudalarni o’tkazish yagona g’azna hisobraqamidan yoki G’aznachilikning
boshqa bank hisobraqamlaridan davlat budjetida mablag’lar ajratish nazarda
tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobraqamlariga o’tkaziladi.
Bu amaliyot bir necha o’n yillar mobaynida byudjet ijrosida ma’lum
darajadagi samara bilan qo’llanib kelindi. Lekin keyingi yillarda davlat
byudjetining kassaviy ijrosi davlat mablag’larini boshqarish, byudjet ijrosini
tashkil qilish va nazoratini olib borish, mablag’larning
samarali ishlatilishini
ta’minlash masalalarida bir qator
muammolarni
keltirib chiqardi:
byudjet daromadlari va xarajatlari to’g’risidagi axborotlarning etarli
darajada operativ (tezkor) emasligi;
daromadlarning bank hisobraqamlariga tushishi va byudjetning
hisobraqamlarida aks ettirilishidagi uzilishlarning mavjudligi bois byudjet
resurslarini boshqarishdagi tezkorlikning sustligi;
soliq daromadlarining byudjet tizimi bo’g’inlari o’rtasida taqsimlanish
jarayonlarini
samarali
tartibga
solish
va
daromadlar
tushumini
jadallashtirishning zarurligi;
byudjet ajratmalarining hajmlari bilan haqiqatda amalga oshirilgan
to’lovlar summalari ko’rsatkichlarining tarqoqligi tufayli mablag’larning tushumi
va sarflanishi ustidan yagona nazoratning murakkablashuvi;
byudjet tashkilotlarining hisobraqamlarida
ishlatilmayotgan byudjet
mablag’larining turib qolishi;
byudjet
mablag’larining
ajratilishi
bilan
ularning
so’nggi
iste’molchilarga etib borishigacha bo’lgan vaqtning uzoqligi;
davlat mablag’lari harakatining murakkablashuvi va hajmlarining ortib
borishi bilan ulardan oqilona foydalanish ustidan dastlabki nazoratning va joriy
monitoringning zarurligi va boshqalar.
Sanab o’tilgan muammolar kecha yoki bugun yuzaga chiqmadi, ular yillar
davomida yig’ilib, tezkor sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan jamiyat
taraqqiyotiga halaqit bera boshladi. Byudjet ijrosi ustidan nazoratning sustligi,
mablag’larni operativ boshqarish imkoniyatining kamayib borayotganligi,
byudjet ijrosi to’g’risidagi tezkor va aniq ma’lumotlarni olish, jamlash,
qayta
ishlash va tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi qiyinchiliklar davlat
moliyasini boshqarish tizimida islohotlar qilishni, byudjet mablag’larini
boshqarishning samarali usul va vositalarini izlab topib, tadbiq etishni talab etdi
va davlat byudjetining kassaviy ijrosidan g’azna ijrosiga o’tishning
Do'stlaringiz bilan baham: