2. Byudjet daromadlarining g‘azna ijrosini tashkil qilish. Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa nobyudjet fondlar g‘azna ijrosi. G‘aznachilikda davlat xaridini tashkil etish. O‘zbekistonda g‘aznachilik tizimi taraqqiyoti istiqbollari



Download 329,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana18.04.2022
Hajmi329,28 Kb.
#560212
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 мавзу



2. Byudjet daromadlarining g‘azna ijrosini tashkil qilish. Davlat maqsadli 
jamg‘armalari va boshqa nobyudjet fondlar g‘azna ijrosi. G‘aznachilikda 
davlat xaridini tashkil etish. O‘zbekistonda g‘aznachilik tizimi taraqqiyoti 
istiqbollari. Davlat moliyasini isloh qilish va boshqarishda byudjet tizimining 
o‘rni va ahamiyati. Byudjet tizimi va uning prinsiplari. Byudjet tizimi 
byudjetlari. Byudjet tizimini boshqarish. Davlat byudjeti daromadlari. Davlat 
byudjeti xarajatlari. Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalar 
daromadlari va xarajatlari. O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va 
taraqqiyot jamg‘armasi. Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari 
jamg‘armalari daromadlari va xarajatlari. Davlat byudjeti va Davlat 
maqsadli jamg‘armalari byudjetlari loyihasini tuzish, ko‘rib chiqish va 
tasdiqlash. Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va ularni 
ro‘yxatdan o‘tkazish. Byudjet tizimi byudjetlarini ijro etish tartibi. 
Reja: 
 
1.
 
O’zbekiston Respublikasida budjet tizimi budjetlari g’azna 
ijrosining zarurligi va ahamiyati 
2.
 
Byudjet tizimi budjetlari g’azna ijrosining mohiyati va o’ziga xos 
xususiyatlari 
3.
 
G’aznachilik faoliyatini tashkil etish asoslari 
4.
 
Byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosiga o’tish bosqichlari 
 
 
1.
 
O’zbekiston Respublikasida davlat budjetining g’azna ijrosiga 
o’tishning zarurligi va ahamiyati 
 
O’zbekiston Respublikasida davlat moliyasini boshqarish tizimida olib 
borilayotgan islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat budjetining g’azna 
ijrosiga bosqichma-bosqich o’tishni va uning faoliyat mexanizmlarini 
takomillashtirishni nazarda tutadi. Bunda zamonaviy axborot texnologiyalari 
yordamida davlat mablag’larining harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni jamlash, 
qayta ishlash, uzatish usullarini o’zlashtirish asosida davlat moliyasini 
boshqarishning samarali usul va vositalarini shakllantirish va muvofiq holda 
ishlashini ta’minlash zarur bo’ladi. 
Mamlakatimizda davlat budjetining g’azna ijrosini samarali tadbiq etishga 
faqatgina barqaror rivojlanish ko’rsatkichlariga erishganimizdan keyingina 
muvaffaq bo’lindi. O’zbekiston hukumati davlat moliyasini boshqarish tizimida 
ham kengqamrovli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Bu 
islohotlarning ijobiy natijalarini davlat budjeti g’azna ijrosining muvaffaqiyatli 
joriy etilishida ko’rishimiz mumkin. 


Davlat budjetining g’azna ijrosi davlat budjeti va davlat maqsadli 
jamg’armalarining barcha daromadlarini, shuningdek, budjet tashkilotlarining 
budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha tushumlarini yagona g’azna 
hisobraqamga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan 
amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu esa davlat budjeti, budjetdan tashqari 
fondlar, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’lari, davlat qarzlari 
va ularga xizmat ko’rsatish jarayonlarining tezkor nazoratini va monitoringini 
olib borish, davlat mablag’larining samarali ishlatilishini ta’minlash, davlat 
moliyaviy resurslaамrining harakati to’g’risida operativ tarzda ma’lumotlarni 
jamlash imkonini beradi. 
Taraqqiyotimizning bugungi sharoitida mamlakatimiz iqtisodiyotida sodir 
bo’layotgan tarkibiy o’zgarishlar, butun moliya tizimida, uning markaziy bo’g’ini 
bo’lgan davlat moliyasida amalga oshirilayotgan islohotlar davlat moliyasini 
boshqarish masalalarida muayyan bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish zarurligini 
talab qilmoqda. Bunday sharoitda nafaqat davlat moliyasi haqidagi ma’lum 
nazariy bilimlarga ega bo’lgan, balki davlat budjeti g’azna ijrosi jarayonlarida 
vujudga keladigan holatlarni tushuna oladigan, budjet ijrosi ishtirokchilari 
bo’lgan moliya organlari, g’aznachilik bo’linmalari, budjet tashkilotlari va 
budjetdan mablag’ oluvchilar amaliy faoliyatini samarali tashkil qila oladigan, 
davlat mablag’larini samarali boshqarishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini 
qabul qila oladigan zamonaviy mutaxassislar tayyorlash birinchi darajali 
ahamiyatga egadir. Shu sababli davlat moliyasi uchun tashabbuskor, ijodiy 
fikrlaydigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashda budjet-moliya va budjetning 
g’azna ijrosi nazariyasi va amaliyotini o’rganishga muhim o’rin beriladi. 
Jamiyatning bu talabini anglagan holda, shuningdek, Kadrlar tayyorlash 
Milliy dasturining ta’lim tizimiga yangi avlod darsliklarini yaratish bo’yicha 
dasturiy vazifasini bajarish maqsadida mualliflar tomonidan oliy ta’limning 
tegishli yo’nalishlaridagi talabalar uchun “G’aznachilik” nomli darslik yaratildi. 
Ushbu darslikning maqsadi talabalarda davlat budjeti g’azna ijrosini tashkil etish 
va g’aznachilik faoliyati haqidagi yaxlit bilimlar tizimini shakllantirish, 
g’aznachilik mexanizmlarining amal qilish xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
O’zbekiston 
Respublikasida 
iqtisodiyotni 
erkinlashtirish 
va 
modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi tizimida chuqur 
iqtisodiy 
islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, 
davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Bunda 
davlat moliyasini boshqarish shakllari va usullarini takomillashtirish, fan- texnika 
taraqqiyoti yutuqlari va boshqa texnik vositalar yordamida axborotni jamlash, 
qayta 
ishlash, 
uzatish 
qoidalari 
va 
usullarini 
o’zlashtirish asosida 
axborotlashtirishni yanada rivojlantirish talab etiladi. 
Davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar sharoitida umumdavlat moliya 
tizimining bosh bo’g’ini – davlat budjetini boshqarish, budjet jarayonini tashkil 
etish tizimidagi islohotlar, xususan, budjet ijrosida kassali tizimdan jahon 
amaliyotida sinalgan va o’zining ijobiy natijalarini bergan 

Download 329,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish