B. T. Toshmuhamedov


Geologiyaning izlanish usullari



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/180
Sana18.04.2022
Hajmi6,59 Mb.
#560016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   180
Bog'liq
Umumiy geologiya. Toshmuxamedov B

Geologiyaning izlanish usullari. 
Minerallar va tog‘ jinslari 
uzoq davr mobaynida va murakkab jarayonlar natijasida vujudga 
keladi.
Masalan, vulqon yoki marjon orollarining, ko‘mir, neft-gaz 
qatlamining, ruda yoki sochma oltin konlarining hosil bo‘lishi 
bunga misol bo‘la oladi. Hozirgi tabiiy jarayonlarni — daryolar, 
muzliklar, dengizlar va shamollarning geologik ishini o ‘rganish, 
ham da to g ‘ jinslari va foydali qazilm alarning hosil b o ‘lish 
qonuniyatlarini bilish qadimiy tog‘ jinslarining paydo bo‘lishini 
aniqlashda katta rol o ‘ynaydi.
0 ‘z-o‘zidan m a’lumki, geologiya fani Yerqobig‘ining tuzilishini 
va uning rivojlanish tarixi masalalarini qanday usul bilan o ‘rganadi 
degan savol tug‘iladi. Ham m a tabiiy-tarixiy fanlar kabi, geologiya
12


fani ham kuzatish, tajriba (eksperiment) va tasvirlash, xulosa yoki 
logik fikrlash usullariga ega. Geologiyaning tekshiradigan obyekti 
Yer bolib, u uzoq rivojlanish tarixiga egadir. Binobarin, eksperiment 
geologik usullar ichida ikkinchi o ‘rimii egallaydi. Chunki tog‘larning 
hosil bo‘lishi ustidan tajriba o ‘tkazish hozircha bizning qo‘limizdan 
kelmaydi. Shunday qilib, geologiyada qo‘llanadigan eng qulay usul 
-kuzatish usuli bo‘lib, u to ‘la va aniq olib borilishi lozim. Yaxshi 
va aniq kuzatilgan tabiat hodisalaridan har taraflama mufassal ilmiy 
xulosalar chiqarish mumkin.
Geologiyadagi kuzatish usuli Yer qatlamlarining stratigrafiyasi, 
petrografiyasi, p a leo n to lo g iy asi, fatsiyasi va tek to n ik asin i 
o ‘rganishga asoslangan. Stratigrafik tekshirish usuli deganda, Yer 
qobig'i qatlamlarinishg qanday tartib bilan yotishini va ularning 
tarixiy, xronologik davrlarda ketm a-ket m untazam ravishda hosil 
bo‘lganini tekshirish tushuniladi. Stratigrafik asosiy qonuniyatga 
ko‘ra, eng pastdagi qatlam (agar qatlamlar hammasi burm alanm a- 
gan va gorizontal yotgan bo‘lsalar) eng qadimgi qatlam hisoblanadi.
Petrografik kuzatish esa (petros — tosh, grafo — chizish) Yer 
qobig‘i tarkibidagi tog‘ jinslarining nimadan tuzilganligini aniqlaydi. 
Petrograf o ‘z oldida qanday jinslar qum, gil, ohaktosh, slanets 
yoki granit turganligini bilishi kerak.
Paleontologik kuzatish esa Yer p o ‘stidagi to g ‘ jinslarida 
uchraydigan hayvon, o‘simliklarning toshga aylangan qoldiqlarini 
o ‘rganadi, tog‘ jinslarida hayvon va o ‘simlik qoldiqlarining toshga 
aylangan holda topilishi geolog uchun shu jinsning nisbiy yoshini 
an iq lash g a im k o n b erad i. P aleo n to lo g ik kuzatish p ay tid a 
biologiyaning Yerda organik dunyoning hosil bo‘lishi va rivojlanishi 
haqidagi qonuniyatlaridan foydalanib xulosalar chiqariladi.
Bir xil tarkibli va bir xil fauna hamda floradan iborat b o ‘lgan 
qatlam yoki bir necha qatlam yig‘indisi geologiyada fatsiya deb 
ataladi. Fatsiya — tur degan m a’noni bildiradi. Qumning qizil 
rangda bo ‘lishi uning iliq, hatto issiq iqlimda vujudga kelganligini 
ko ‘rsatsa, qora yoki kulrang ekanligi sovuq iqlim da vujudga 
kelganligidan dalolat beradi. Qum, um um an, shamol, suv va issiq- 
sovuq ta ’sirida toshlarni-ng maydalanishi natijasida hosil bo‘ladi, 
suvdagi loyqa suv tagiga ch o ‘kib gil hosil bo ‘ladi.
13


Fatsiya o ‘ziga xos petrografik va organik tarkibga ega bo‘lgan 
qatlamlar kompleksidir. Fatsiyani o'rganish uchun jinslar orasidagi 
hayvon qoldiqlarini topish va aniqlash juda muhimdir. Masalan, 
qobig‘i yupqa chig‘anoqlar tinch va chuqur suvlarda, og‘ir, qobig‘i 
dag‘al chig‘anoqlar toMqinli, notinch suvda yashaydi. Jinsning 
fatsial xususiyatlariga qarab geolog uning qanday tabiiy geografik 
sharoitda paydo bo‘lganligini, ya’ni shu jins hosil bo‘lgan davrning 
paleografiyasini bilib olishi mumkin.
Nihoyat tektonik kuzatishlar natijasida tog‘ jinslarining yotish 
tavsifmi o ‘rganish mumkin. Jinslar gorizontal holda ham, qiya 
holda ham yotadi. Tektonika Yer po^stining tuzilishi, harakatlari, 
o ‘zgarishi va rivojlanishini o ‘rganadi. Tog‘ jinslari qatlamlari 
tektonik harakatlar natijasida ko‘tarilib, burmalar hosil qiladi. 
Burmalanish tog‘ hosil bo‘lish jarayoni bilan bog'liqdir. Tektonik 
harakatlar natijasida Yer po‘stining biron yerida tog‘ hosil bo‘ladi.
Keyingi yillarda fan va texnikaning o ‘sishi tabiatni yanada 
chuqurroq o ‘rganish uchun keng yo‘l ochib berdi. XIX asrning 
ikkinchi yarmida Pleyfer, Dobre va boshqalar geologiya faniga 
tajriba usulini kiritishga u rindilar. D obre to g ‘ jin slarin in g
qatlam lanishi sabablarini tushuntirm oq uchun, qatlam larning 
suniy sharoitda hosil bo‘lgan shakllarini o'rgangan. Keyinchalik 
vulqonli jinslarning ayrim xususiyatlarini bilmoqchi bo‘lib, u 
vulqon jinslarini yuqori haroratda eritgan va ularni qotguncha 
sovitgan. XX asrda o ‘tkazilgan bu xil tajribalar geologiyaning 
nazariy masalalari -otqindi jinslarning hosil b oiishini hal qilish 
bilangina cheklanmay, balki xo‘jalik masalalarini ham hal qildi. 
N azariy aham iyatga ega b o ‘lgan bu tajribalar a w alo sanoat 
tarmoqlariga kirib bormoqda.
Geologiyada geofizik va geokimyoviy usullar keng qoMlaniladi. 
Yerning og‘irlik kuchi aniq va sezgir asboblar bilan o ‘lchanadi. Yer 
yuzasida og‘irlik kuchining tarqalishini gravimetriya tekshiradi. 
Og‘irlik kuchining tarqalishini aniqlanishi Yerning fizik holatini — 

Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish