B. T. Toshmuhamedov



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/180
Sana18.04.2022
Hajmi6,59 Mb.
#560016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180
Bog'liq
Umumiy geologiya. Toshmuxamedov B

Litosfera
Litosfera — deb Yerning tosh qobig‘iga aytiladi va u jinslam ing 
fizik holatiga qarab ajratilgan. Litosfera m inerallar va to g ‘ 
jinslaridan tashkil topgan. Litosfera okeanlarda 2—5 km , tog‘li 
o ‘lkalarda esa 200—250 km chuqurlikkacha bo ‘ladi.
Litosferaning usti ju d a notekis b o ‘lib, undagi baland va 
pastliklar o ‘rtasidagi farq 19 kmga boradi va undan ham ortadi. 
Litosfera ustki qismining ko‘pi okean va dengiz suvlari bilan
9


qoplangan. Litosferaning qalinligi ham, uning ostki chegarasi ham 
aniq m a’lum emas. Uning qalinligi taxminan 40—100 km deb 
hisoblaydilar.
Litosferaning okean sathidan yuqoriga ko'tarilib turgan va 
m ateriklar deb ataladigan qism larigina bevosita o ‘rganish va 
tekshirish mumkin. Yu.M. Shokal’skiy hisobiga ko‘ra, materik- 
larning okean sathidan yuqoriga ko‘tarilib turgan qismining hajmi 
okeanlar hajmidan 12,7 marta kamdir. Odatda geokimyogarlar 
litosferaning kimyoviy tarkibini belgilash haqidagi xulosalarni 16— 
25 km c h u q u rlik k a c h a b o ‘lgan m a ’lu m o tla r aso sid ag in a 
chiqaradilar.
Litosferaning ancha chuqur qism larida harorat taxm inan 
1450°C dan ortiqroq va tog‘jinslarining bosimi 3000 atmosferadan 
kam bo'lmasligi kerak. Shuning uchun litosferaning 16-25 kmdan 
chuqur qismi qanday holatda ekanligi to ‘g‘risida aniq fikr yuritish 
qiyin. Bunday chuqurlikda moddalar chala suyuq yoki plastik 
holda bo‘lislii mumkin. Litosferaning qizigan holdagi ana shu 
qismini vulqon otilishining manbayi deb hisoblaydilar, uni prisfera 
(o ‘t sfera) deb ataydilar.
Yerning litosfera yoki tosh qatlami katamorfizm (ustki) va 
anamorfizm (ost) zonalariga boMinadi. Katamorfizm zonasining 
ustki qismini, ya’ni atmosfera va gidrosferaga tegib turgan qismini 
nurash zonasi va ostki qismini esa sementlanish zonasi deyiladi. 
Anamorfizm yoki tog‘jinslarining metamorfizmlanish zonasining 
ustki qismini epizona, o 'rta qismini mezazona va ostki qismini 
katozona deb aytiladi.
Geologiya tarixiy fandir. U asosan XVII—XVIII asrlarda 
rivojlana boshladi. XVIII hamda XIX asrlarda cho‘kindi tog1 
jinslarining nisbiy yoshini aniqlash usuli ishlab chiqilgandan so‘ng 
juda u tez rivojlandi. Bu usul geoxronologik jadval tuzish imkonini 
beradi. Keyinchalik jinslarni absolut yoshini aniqlash usullari 
yaratildi ham da yerning absolut yoshi 4—4,5 m lrd yil deb 
aniqlandi.
Geologiya fani bir qancha tabiiy fanlar bilan chambarchas 
bog‘liq va ularga tayanadi. M a’lumotlarning yig‘ilishi bilan esa u 
boshqa fanlarning yaratilishiga sabab bo‘ladi.
10


Geologiya fanining bir qancha yo'nalishlari bor:
1. Yerning moddiy tarkibini o ‘rganuvchi fan yoki geokimyo.
2. Yerda vujudga keladigan jarayonlarni o ‘rganuvchi fanlar 
yoki dinam ik geologiya.
3. Yerning tarixini o ‘rganuvchi fanlar.
4. Regional geologiya.
5. Amaliy fanlar.
1.Y e rn in g m o d d iy ta r k ib in i o ‘rg a n u v c h i fa n la r g a
kristallograflya, mineralogiya, petrografiya va geokimyo fanlari 
kiradi.
Kristallograflya — kristallar, ularning tashqi formalari va ichki 
tuzilishlari haqidagi fan.
Mineralogiya — Yer po ‘stini tashkil etgan minerallarning fizik, 
kimyoviy xossalarini ham da ularni vujudga keltiradigan turli 
jarayonlarni o ‘rganadi.
Petrografiya — Yer p o ‘stini tashkil etgan bo ‘sh va qattiq tog‘ 
jinslarining mineral tarkibi va tuzilishi qonuniyatlarini, ularning 
yotish shakllarini geologik va geografik jih atd an tarqalishini 
o ‘rganadi.
Geokim yo — Yer po'stidagi kimyoviy elem entlarning tarixini 
va fizik-kimyoviy sharoitdagi holatlarini o'rganadi.
2. Yerda vujudga keladigan jarayonlarni o ‘rganuvchi fanlarga 
geotektonika, geofizik, magmatizm, vulqonizm, seysmologiya, 
m e ta m o rfiz m , g eo m o rfo lo g iy a, geofizika, g id ro g eo lo g iy a, 
gidrologiya, okeanologiya, okeanografiya, glatsiologiya va boshqalar 
kiradi.
Geotektonika — Yer po‘stining strukturasini va uning geologik 
tarixi davomida paydo bo ‘lish jarayonlarini o ‘rganadi.
Geofizika — Yerning fizik xossalarini fizik usullar, y a’ni 
asboblar yordamida o ‘rgatish va olingan m a’lumotlarni matematik 
yo‘l bilan chiqarish asosida o ‘rganadigan fandir.
M agmatizm — magmaning tarkibini o ‘rganadi.
Vulqonizm — vulqonlar haqidagi fan.
Seysmologiya — Yer qimirlashini o ‘rganadi.
M etamorfizm — tog‘ jinslarini Yerning ostidagi o ‘zgarishlarni 
o'rganadi.
и


Gidrogelogiya — Yer osti suvlari to ‘g‘risidagi fan bo iib ularning 
paydo bo'lishi dinamikasi Yer po ‘stida tarqalish hamda ularning 
mexanik faoliyatini o ‘rganadi.
Gidrologiya — Yer ustki suvlarini o'rgatuvchi fan.
Okeanologiya va okeanografiya — dengiz ham da okean 
suvlarining faoliyatini o ‘rganadi.
Glatsiologiya — muzliklarning faoliyatini o ‘rganadi.
Geokriologiya — doimiy muzliklarni o'rganadi.
Limnologiya — ko‘l va botqoqliklarni o ‘rganuvchi fan.
3.Yerning tarixini o ‘rganuvchi fanlarga tarixiy geologiya, 
stratigrafiya, fatsiyalar, paleontologiya, paleogegrafiyalar kiradi.
Stratigrafiya — qatlam lar ularning joylashishini o ‘rganadi. 
Paleontologiya — qirilib bitgan, toshga aylangan fauna hamda 
flora qoldiqlarini o ‘rganadi.
Paleogeografiya — o ‘tmishdagi fizik-geografik sharoitlarni 
o ‘rganadi.
4. Regional geologiya tog‘ jinslarini yoshi bo‘yicha kelishini, 
ular hosil qiladigan struktura shakllarini; qit’a, okean hamda Yer 
po'sting rivojlanish tarixini o ‘rganadi.
5 Amaliy fanlarga foydali qazilmalarni o ‘rgatuvchi fanlar, 
sanoat ahamiyatiga ega bolgan, xom ashyolarni o ‘rganuvchi fanlar, 
rudali va rudasiz konlarni, yonuvchi qazilmalarni, qim m atbaho 
minerallarni o ‘rganuvchi fanlar hamda injenerlik geologiyasi kiradi.

Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish