B. T. Toshmuhamedov


Nisbiy yoshni aniqlovchi paleontologik usullar



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/180
Sana18.04.2022
Hajmi6,59 Mb.
#560016
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   180
Bog'liq
Umumiy geologiya. Toshmuxamedov B

Nisbiy yoshni aniqlovchi paleontologik usullar. 
Biostratigrafiya. 
Paleontologik usullar tog‘ jinsi qatlamlardagi qadimgi organizmlar 
qoldiqlarini o ‘rganishga asoslanadi. Bu usullar faqat nisbiy yoshni 
aniqlabgina qolmay, balki yirik maydonlarda qatlam lar litologik
95


tarkibining o ‘zgarishini o ‘rganib, ulami o'zaro taqqoslashga imkon 
beradi.
M a’lumki, Yerning geologik tarixida organik dunyo uzluksiz 
va orqaga qaytmay o'zgarib kelgan. Rivojlanish jarayonida Yer 
yuzasida sharoitlar o'zgarishi bilan organizmlar qirilib ketgan yoki 
yangi sharoitga moslashib ulardan yuqori darajadagi organizmlar 
guruhi kelib chiqqan; shuning uchun ham har qaysi geologik davr 
o ‘z o ‘simlik va hayvonlariga ega. Demak, bir xil yoshdagi yotqiziqlar 
o ‘xshash organik qoldiqlarni o‘zida saqlab qolgan. Organik dunyo 
rivojlanishining qaytarilmasligi paleontologik usullar asosini tashkil 
qiladi. O rganik dunyoning qaytarilm asligini birinchi m arta 
Ch.Darvin aniqlagan. Belgiyaolimi Dollo 1893-yilda bujarayonni 
«rivojlanish qonuni» deb atashni taklif qildi. Bunga ko‘ra har qanday 
organizm o ‘z ajdodlari qatoriga hech qachon qaytib kelmaydi, yoki 
vaqt o'tishi bilan qayta paydo bo‘lmaydi.
Rivojlanishning Darvin Dollo qaytmas qonunidan kelib chiqqan 
holda, u yoki bu qatlamlarda uchraydigan har qanday organizm 
qoldiqlarining qazilma majmuyi organik dunyo rivojlanishining 
m a’lum bir bosqichini aks ettiradi va u qaytarilmasdir. Rivojlanishning 
bunday xususiyati tog‘ jinslarining nisbiy yoshini aniqlashda orga­
nizmlar qoldiqlaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Ayrim organizmlar guruhining Yer yuzasini juda tez o ‘zlash- 
tirib keng tarqalganligidan foydalanib, bir-biridan uzoqda joylash­
gan hudud kesimlarini taqqoslash mumkin. U m um an qazilma 
organizm lar alohida guruhlarining biostratigrafiyadagi ahamiyati 
turlicha. Bu ularning vaqt mobaynida va joylarda tarqalganligi, 
m a’lum bir jins xillarida uchrashi, tez-tez uchrab turishi va ular­
ning rivojlanish suratiga bog‘liq. Shu boisdan biostratigrafiyada 
halok b o ‘lib ketgan organizmlar ichida arxistratigrafik va trastra- 
tigrafik guruhlar ajratiladi.
Arxistratigrafik guruhlar tez rivojlanish va qanday cho‘kindilar 
to ‘planishidan qat’i nazar Yer yuzasi b o ‘ylab keng tarqalgan. 
Ularga plankton foraminifera, goniatit, am m onit, graptolit va 
boshqa nekton shakllar kiradi. Bunday guruhlar yordamida kesim- 
lam i planeta miqyosda taqqoslash mumkin.
Parastratigrafik guruhlarga bentos (dengiz tubiga yopishib
96


yashovchi) organizmlar: braxiopoda, koral, mshanka va boshqalar 
kiradi. Bular keng miqyosda taqqoslashda uncha ahamiyatli emas, 
ammo regional biostratigrafiyada asosiy guruhlar hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda elektron mikroskop yordamida biostratigrafiyada 
mikroorganizmlar qoldiqlari (mikro-fossiliyalar) yaxshi natijalar 
beryapti. Mikrofossiliyalaiga mayda hayvon skeletlari (foraminifera, 
radiolyariy, ostrakoda), ayrim suv o ‘tlari, o'sim lik gulchang va 
sporalari, mayda skelet qoldiqlari (konodontlar, baliq suyaklari) va 
boshqa biogen qoldiqlar taalluqlidir.
Biostratigrafiyada geologik yoshni aniqlash uchun yetakchi 
m uhim sh ak llar, m ajm ua ta h lil, evolyutsiya (filo g en etik ), 
mikropaleontologik organizmlar, foiz-statistik va floristik usullardan 
foydalaniladi. Quyida ular bilan qisqacha tanishib chiqamiz.

Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish