K. Sh. Baltayeva, Sh. R. Aliyev



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/232
Sana18.04.2022
Hajmi5,56 Mb.
#559997
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   232
Bog'liq
2 5440625474038403380

10. Hujayra devori
. Qalinligi 10-35nm, asosan peptidoglikan, 
murein, mukopeptiddan iborat. Devor mikrob hujayrasini atrof-muhitdan 
ajratib turadi va uning shaklini saqlab boradi. Kimyoviy tarkibiga ko‗ra 
hujayra devori grammusbat va grammanfiy bakteriyalarda keskin farq 
qiladi. Grammusbatlarda bu devor 95%gacha glikopeptidlardan, 2,5% 
lipidlar, polisaxaridlar va teyxol kislotalardan, grammanfiy bakteriya-
larda atigi 5-10 glikopeptidlar, 25%gacha lipidlar, oqsillar va polisa-
xaridlardan iborat. Bakteriyalarning Gram usulida turlicha bo‗yalishi 
ham hujayra devorining kimyoviy tarkibiga bog‗liq. Hujayra devori 
faqat bakteriyalar, aktinomitsetlar, ko‗k-yashil suv o‗tlar va riketsiya-
larda bo‗ladi. Hujayra devorining mikroblar oziqlanishida katta aha-
miyati bor, u moddalarni tanlab o‗tkazish xususiyatiga ega bo‗lgani 
uchun turli moddalarning hujayra ichiga o‗tib almashinuv mahsu-
lotlarining tashqariga chiqib turishini ta‘minlaydi. Molekulalari uncha 
katta bo‗lmagan suv, glyukoza, aminokislotalar, yog‗ kislotalar hujayra 
devori orqali oson o‗tadi. Murakkabroq tuzilishga ega yirik organik 
moddalar molekulalari hujayra sintez qiladigan fermentlar ta‘sirida 
parchalanib, devor teshiklaridan sitoplazmaga kiradi.
11. Sitoplazmatik membrana
– bakteriya hujayrasi devorining 
tagida joylashgan tuzilma. Uning qalinligi 5-7,5nm. U lipid, protein va 
polisaxarid qavatlaridan iborat. Sitoplazmatik membrananing kimyoviy 
tarkibi oqsil, fosfolipid, lipoproteindan tashkil topgan. Bu membrana 
hujayra devorining sitoplazmadan ajratib turadi, lekin membranadan 
fermentlar yordamida doimiy ravishda turli moddalar va ionlar o‗tib 


55 
turadi. Membrananing yuzasida joylashgan faol ferment tizimi oqsil, 
toksin, fermentlar, nuklein kislota sintesida qatnashadi. Sitoplazmatik 
membrana bakteriya hujayrasining osmotik bosimini ta‘minlaydi. 
Hujayra bilan tashqi muhit o‗rtasida to‗siq vazifasini o‗taydi. 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish