K. Sh. Baltayeva, Sh. R. Aliyev


Mikrobiologik laboratoriyani va ish joyini jihozlanishi



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/232
Sana18.04.2022
Hajmi5,56 Mb.
#559997
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   232
Bog'liq
2 5440625474038403380

 
3.Mikrobiologik laboratoriyani va ish joyini jihozlanishi 
Mikrobiologik laboratoriya xonalarida mikrobiologik tekshirish 
uchun maxsus jihozlangan ish joyi bolishi lozim. Unda mikroskop bilan 
ishlashga qulay bo‗lgan ma‘lum balandlikdagi laboratoriya stoli bo‗lishi 
kerak. Stolning usti dezinfeksiya qilish uchun qulay, yonmaydigan 
material bilan qoplangan bo‗lishi kerak. Xonalar elektr asboblari, gaz va 
suv bilan ta‘minlangan bo‗lishi kerak. Ish joyi yoritgichli mikroskop, 
bo‗yoqlar to‗plami va preparatlarni bo‗yaydigan reaktivlar, bakteriya 
oladigan platinali qovuzloq, ilmoq, ilgak, igna, shpatel, paster va daraja-
langan tomizg‗ichlar, mo‗ychinak, surtmalarni tayyorlash va bo‗yashga 
mo‗ljallangan vanna va xarilar vodoprovod suvi bilan tozalagich, 
probirka uchun shtativ, ekish va preparat uchun ko‗prikchali kosacha, 
qum soat, buyum oynasi va yopqich oyna, spirt yoki gazli alanga
dezinfeksiyalovchi eritmali shisha idishlar (lizol, karbol kislota, sulema, 
xloramin), paxta, flanel sochiq, shishaga chizadigan qalam va filtr 
qog‗ozi bilan ta‘minlanadi (2-rasm).


20 
 
2-rasm. Bakteriologik laboratoriyada ish joyi 
Ish joyi saranjon-sarishta saqlanishi, ish stoli zararli materiallar 
bilan ifloslanmasligi zarur. Laboratoriyada qopqoqli chelak bo‗lib, unga 
ishlatib bo‗lingan materiallar tashlanadi. Kichkina asboblar (qisqichlar, 
nishtar, qaychilar) ishlatib bo‗lingach sterilizatorga solinib qaynatiladi. 
Ish tugagandan so‗ng talaba ish joyini yig‗ishtirib ish o‗rnini tartibga 
keltirib qo‗yishi lozim.
Laboratoriyada har doim probirkalar, Petri kosachalari, Ru-
flakonlari yoki matratslari, ampulalar va boshqa narsalardan iborat 
tajribaxona idishlari majmuasi ham mavjud bo‗lishi kerak. 
Bundan tashqari mikrobiologiya laboratoriyasida ishlatiladigan bir 
nechta uskunalar mavjud. Masalan: laboratoriya xonasidagi termostat-
vositasida mikroorganizmlarni o‗stirish uchun zarur bo‗lgan mo‗tadil 
harorat nazorat qilib turiladi. Termostatlar (3-rasm) quruq havoli yoki 
suvli bo‗ladi. Odatda ko‗pgina patogen va shartli-patogen –
mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun eng qulay harorat 37 
0
С dir. 


21 
3-rasm. Mikrobiologik maqsadlarda qo„llaniladigan asboblar: 1. Termostat; 
2. Tarozilar; 3. Suv hammomi; 4. Quritish shkaflari. 
 
Anaerostatlar (4-rasm) – mikroorganizmlarni anaerob o‗stirishda 
ishlatiladigan uskunalar. 
4-rasm. Anaerostat 
Quritish sterilizatori (Paster pechi, quritish shkafi)—ikki qavatli 
temir shkaf shaklida bo‗lib, asbestdan qilingan yoki shishasimon 
teploizolyatsiya, elektroisitgich va haroratni nazorat qilib turuvchi 
moslama–teploregulyator 
bilan 
ta‘minlangan. 

160-200 
0
С 
Расм
.
Микробиологик мақсадларда қўлланиладиган асбоблар: 1-Термостстат; 2- Тарозилар; 
3-
Сув ҳаммоми; 4- Қуритиш шкафлари.
4
3
2
1
Расм 1. Микробиологик мақсадларда қўлланиладиган асбоблар: 1. Термостат;
2. 
Тарозилар; 3. Сув ҳаммоми; 4. Куритиш шкафлари.


22 
temperaturada shisha, metall va chinni predmetlar va issiqqa chidamli 
moddalar(talk, oq moy, ruh oksidini, shuningdek, mineral va o‗simlik 
moylari, yog‗lar, lanolin, vazelin va mumlarni sterilizatsiya qilishga 
mo‗ljallangan. 
a
b
Расм . Замоновий автоклав: а- ташқий кўриниши; б- ишлаш принципи
 
5-rasm. Zamonaviy avtoklav: a-tashqi ko„rinish: b-ishlash printsipi 
Bug‗ sterilizatorlari(avtoklavlar, Kox suv qaynatgichlari)—siqilgan 
yoki oqma big‗ yordamida oziqali muhit, yara bog‗laydigan materiallar 
(bint-doka), suv yuqori temperaturada o‗z xossalarini o‗zgartirmaydigan 
ayrim dori-darmonlarni sterilizatsiya qilish, shuningdek tarkibida 
yuqumli kasal qo‗zg‗atuvchisi mavjud bo‗lgan materiallarni zararsiz-
lantirishda qo‗llaniladi. 
Filtrli sterilizatsiya asboblarida -isitishga chidamsiz moddalar(oqsil 
preparatlari yoki mihitlar, ayrim antibiotiklar, vitaminlar va boshq.)ni 
sterilizatsiya qilinadi. 
Harorat nazorat qilib turiladigan suvli hammom–tindalizat-
siya(mayda sterilizatsiya) uchun zarurdir. 
Xolodilnik va sovutgich xonalari–mikroorganizmlar ekmasi, oziqali 
muhit, qon, vaksina, zardob va boshqa biologik aktiv moddalarni 4
0
С 
dan 20
0
С temperaturada saqlash vazifasini bajaradi. 
Sentrifuga–mikrob hujayralarini ajratish, dezintegratlarni fraksiya-
larga bo‗lish, biokimyoviy tadqiqotlar va hokazolarda qo‗llaniladi. 
Registrator 
Boshqaruv 
tugmasi 
Bosimni boshqaruvchi 
Saqlovchi klapan 
Atmosferaga chiqarish 
Palatadan 
chiqariladigan par 
Eshik 
prokladka 
Bo‗shatuvchi 
Par yetkazib 
beruvchining 
klapani 
Haroratni o‗l-
chovchi lampa 
Par kurtkasi 
Par yetkazib 
beruvchi 
Kondensatni 
sarflanishi 
Qopqon 
Par 
qop- 
qon 
Kurtkadagi par Kurtkadan palataga 
o‗tuvchi par 
Elak 
Kurtka qayta 
kondensatsiyasi 


23 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish