Uo‘K: 821. 111-3 kbk: 84(4Ingl)



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/43
Sana18.04.2022
Hajmi3,57 Mb.
#559742
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Bog'liq
@BOOKS KITOB ANDISHA VA G\'URUR

XVII bob
Ertasi kuni Elizabet Uikxem bilan gaplashganla-
rining hammasini Jeynga aytib berdi. Jeyn hayron 
bo‘lib qoldi: «Nahotki, mister Darsi mister Bingliga 
do‘st bo‘lishga noloyiq bo‘lsa?» Ayni paytda esa bu 


95
kelishgan va juda aqlli ko‘ringan yigitning gaplariga 
ishonmaslikka ham o‘rin yo‘q edi. Mister Uikxemga 
qilingan adolatsizliklar uchun unga achinishga arziy-
di. O‘zining tabiatidan kelib chiqib, Jeyn ikkala yigitga 
soya solishi mumkin bo‘lgan hamma narsani tushun-
movchilikka yo‘yib, ularni baravar oqlay boshladi:
– Menimcha, ular ikkalasi ham bizga noma’lum 
sabablarga ko‘ra xato qilishgan. Balki ularga dush-
manlik qilmoqchi bo‘lgan ba’zi kimsalar bir-birlari 
haqida noto‘g‘ri ma’lumot berishgandir. Ular orasi-
da nimadan nizo chiqqani biz uchun qorong‘i va bu 
biz uchun sir bo‘lib qo‘ya qolsin.
– Sen haqsan. Unda, azizam Jeyn, bu ishga 
aralashganlar, yomon maqsadli odamlar himoya-
si uchun nima deysan? Bu odamlarni ham oqlash 
kerakmasmikin? Axir, biz baribir kimdir to‘g‘risida 
yomon o‘ylashimizga to‘g‘ri keladi-ku!
– Mening ustimdan xohlaganingcha kulishing mum-
kin, lekin fikrimni o‘zgartira olmaysan. Lizzi, azizam, 
o‘ylab ko‘r, axir bu mister Darsini atrofdagilarga qan
-
chalik yomon ko‘rsatib qo‘yadi. Otasi yaxshi ko‘rgan, 
bir umrga ta’minlab qo‘yishga so‘z bergan yigitchaga 
nisbatan shunday munosabatda bo‘lish! Ishonish qi-
yin! O‘z obro‘sini o‘ylaydigan birorta odam ham bunday 
qi lishga qodir emas. Axir, eng yaqin do‘stlari shunday 
yanglishishi mumkinmi? Yo‘q, bo‘lishi mumkin emas!
– Men uchun kecha mister Uikxem aytib bergan 
gaplar hammasi yolg‘on deb o‘ylashdan ko‘ra, mis-
ter Bingli do‘st tanlashda yanglishgan degan gap-
ga ishonish osonroq. Mister Uikxem adashmasdan 
nomlarni, faktlarni, joylargacha aniq qilib aytib ber
-
di. Mister Darsi agar qo‘lidan kelsa, qani hammasi-
ni rad qilib ko‘rsin-chi! Uikxemning hikoyasida har 
bir so‘zdan haqiqat ko‘rinib turgandi.
– Nima deyishni ham bilmaysan – hammasi bi-
ram chalkash va yoqimsizki...


96
– Kechirasan-ku, lekin bu haqda nima deb o‘ylash 
menga aniq.
Jeyn uchun esa bitta narsa – agar mister Bingli 
rostdan ham yanglishganini bilib qolsa, qanday af
-
suslanishi aniq edi.
Opa-singil o‘rtasidagi bu suhbat butalar o‘sib yotgan 
yo‘lkada bo‘lib o‘tayotgan edi. Qizlarning bu yerdaligi-
ga sabab esa uyda ular hozirgina o‘z suhbatlarida tilga 
olayotgan kimsalar bor edi. Gap shunda ediki, mister 
Bingli va uning singillari Longbornga bu yerdagilar-
ning hammasini yaqin kunlarda seshanba kuni bo‘lib 
o‘tadigan uzoq kutilgan balga taklif qilib kelishgan edi. 
Ikkala opa-singil, o‘zlarining aytishlaricha, anchadan 
beri ko‘rmagan o‘z dugonalarini ko‘rishdan juda mam-
nun edilar va ular biri olib, biri qo‘yib, oxirgi marta 
xayrlashganlaridan beri nima ishlar bilan mashg‘ul 
bo‘lganini so‘ray ketishdi. Opa-singillar boshqa Ben-
netlarga umuman e’tibor bermaslikka harakat qilish-
di: uy bekasini sezmaganlikka olishdi, Elizabet bilan 
esa iloji boricha gaplashmaslikka, kichik qizlarga ham 
biror og‘iz so‘z demaslikka harakat qilishdi. Birozdan 
so‘ng akalarini hayron qoldirib, shosha-pisha ketishga 
hozirlanishdi va o‘sha zahotiyoq jo‘nab qolishdi. Ular 
xuddi missis Bennet bilan xayr-xo‘sh qilishdan qocha-
yotgandek harakat qilishardi.
Bennetlar oilasidagi hamma ayollarning fikr-zikri 
Nezerfildda uyushtiriladigan balda bo‘lib qoldi. Missis 
Bennet bu bal uning kattasi Jeyn sharafiga tashkil 
qilinayapti, deb o‘ylar va taklifnoma yuborib qo‘ya qol
-
may, mister Binglining shaxsan o‘zi ularni taklif qi-
lish uchun Longbornga kelganidan juda quvonib ket-
gan edi. Jeyn esa ziyofatda o‘zini ikki dugonasi bilan 
birgalikda, mister Bingli tomonidan o‘ziga qilinajak 
diqqat-e’tiborni tasavvur qilib, xursand edi. Elizabet 
bo‘lsa, o‘zining mister Uikxem bilan raqs tushayot-
ganini tasavvur qilar va shu paytda mister Darsining 


97
yuzida Uikxem aytib bergan narsalar isbotini topayot-
gandek bo‘lardi. Ketrin va Lidiya intizorlik bilan ku-
tayotgan xushkayfiyat esa biror-bir aniq kimsa yoki 
voqea bilan bog‘liq emasdi. Ularning ikkalasi ham 
xuddi Elizabet kabi kechaning yarmini Uikxem bilan 
raqs tushib o‘tkazishni mo‘ljallashayotgan bo‘lsa lar-
da, boshqa kavalerlarni ham ko‘zdan qochirishmayot-
gandi. Axir, bal baldek bo‘lishi kerak-ku! Hatto, Meri 
ham unga hech qanday e’tirozi yo‘qligini aytdi:
– Agar ertalablari bo‘sh bo‘lsam, menga shuning 
o‘zi yetarli. Va agar vaqti-vaqti bilan kechqurun-
gi ko‘ngil ochar o‘tirishlarga boradigan bo‘lsam, bu 
men uchun hech ham qiyin emas. Jamiyat hamma 
odamlarga huquq berib qo‘yibdi. Men ham goh-goh 
shu huquqlardan foydalanib turaman.
Elizabetning kayfiyati zo‘r edi. U oxirgi paytlarda 
mister Kollinz bilan iloji boricha kamroq gapla shishga 
harakat qilayotgan bo‘lsa-da, bu safar o‘zini to‘xtata 
olmay, undan mister Binglining taklifiga qan day qa
-
rashini, uning darajasidagi odamga bunday joylarda 
qatnashish mumkinmi yoki yo‘qmi ekanligini so‘ra-
di, biroq javobni eshitib, hayratga tushdi. Emishki, 
amakivachchasining bu borada hech qanday gumoni 
yo‘q va arxiyepiskop va ledi Ketrin de Byorning ham 
man qilmasliklariga imoni komil.
– Hamma uchun hurmatli bo‘lgan inson tomoni-
dan hurmatli insonlar uchun o‘tkazilajak bunday 
ziyofat, menimcha, hech qanday yomon niyatni 
ko‘zda tutmasa kerak. Men raqsga tushishni yoqtir-
mayman emas, aksincha, ziyofat davomida amaki
-
vachchalarimning har bittasi bilan raqsga tushish 
imkoni bo‘ladi, deb umid qilaman. Va fursatdan foy
-
dalanib, azizam miss Elizabet, sizni birinchi raqsga 
taklif qilib qo‘yishga ruxs
at bersangiz. Mening bu 
taklifimni miss Jeyn to‘g‘ri qabul qiladi va mendan 
xafa bo‘lmaydi, deb umid qilaman.


98
Elizabet noto‘g‘ri gapirib qo‘yganini angladi. U o‘zi-
ni birinchi bo‘lib raqsga mister Uikxem taklif qilishi
-
ga ishonchi komil edi. Endi esa buning o‘rniga mister 
Kollinz bilan tushishiga to‘g‘ri keladi. U ilgari hech 
qachon o‘zining hamma bilan chiqishib keta olishi-
dan bunchalik pand yemagandi. Lekin endi kech edi. 
Mister Uikxem va o‘zi uchun baxtli daqiqalar kechroq 
bo‘ladi. Mister Kollinzning taklifiga qo‘lidan kelgancha 
mulozamat bilan javob qaytardi. Mister Kollinzning 
taklifida oddiy xushmuomalalikdan tashqari yana ni
-
madir borligi Elizabetga yoqmadi. Shu paytda xayoliga 
birinchi marta, axir aynan u mister Kollinzning Xans-
forddagi xonadoniga beka bo‘lishi mumkin-ku, de
-
gan fikr keldi. Uning bu shubhasi mis ter Kollinzning 
unga nisbatan e’tibori ortib borayotganini, Elizabet-
ning o‘tkir aqliga qoyil qolib qilayotgan maqtovlarini 
ko‘rgach, ishonchga aylana bordi. Shundan so‘ng Eli-
zabet o‘z chiroyidan xursand bo‘ lish o‘rniga, shunday 
bo‘lib qoladigan bo‘lsa, missis Bennetning qanchalar 
xursand bo‘lishini eshitib, quvonish o‘rniga, aksin-
cha, sarosimaga tushib qoldi. O‘zining rad javobidan 
so‘ng uyda qanday janjal ko‘tarilishini tasavvur qilgan 
Elizabet o‘zini go‘yo hech narsa tushunmayotgandek 
tutishda davom etdi. Balki mister Kollinz taklif ham 
qilmas. Demak, u hali hech narsaga qaror qilmagan 
ekan, podadan oldin chang chiqarishning hojati yo‘q.
Agar Nezerfildda bal bo‘lishi, unga qanday tayyorla
-
nish muammolari bo‘lmaganda, kichik miss Bennet-
lar balki o‘zlarini eng baxtsiz deb his qilishgan bo‘li-
shardi, chunki balga taklif qilingan kundan boshlab, 
to bal bo‘ladigan kungacha to‘xtamay yomg‘ir yog‘di 
va ular Meritonga borishdan mahrum bo‘lishdi.
Na xolalarini, na tanish zobitlarni ko‘rgani bora 
olishdi, hatto bal uchun kerak bo‘ladigan arzimas 
mayda-chuydalarni ham xizmatkor sotib olib keldi. 
Yomg‘ir Elizabetning sabrini ham sinovdan o‘tkazdi, 


99
chunki yomg‘ir uning mister Uikxem bilan tanishish-
da davom etishiga xalaqit berishi mumkin edi. Kitti 
bilan Lidiya uchun esa juma, shanba, yakshanba va 
dushanba kunlarini zo‘rg‘a o‘tkazish seshanba kuni 
bo‘ladigan raqslarni kutish bilan sal yengillashdi.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish