Uo‘K: 821. 111-3 kbk: 84(4Ingl)



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/43
Sana18.04.2022
Hajmi3,57 Mb.
#559742
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43
Bog'liq
@BOOKS KITOB ANDISHA VA G\'URUR

«Aziz dugonajon, 
Xartfordshirdan ketayotib, men faqat sizdan uzoq-
lashayotganimgagina achinayapman. Lekin umid 
qilamanki, bir kun kelib siz bilan yana ko‘rishamiz. 
Hozir esa ayriliqning og‘rig‘ini tez-tez xat yozib turish 


129
bilan olamiz. Sizdan xat kutib qolaman»
. Bu yolg‘on 
va balandparvoz gaplarni Elizabet beparvolik bilan 
eshitdi. Uni Binglilarning to‘satdan jo‘nab ketishlari 
hayron qoldirayotgan bo‘lsa-da, bu xatda xavotir 
ola digan hech nimani ko‘rmadi. Bundan miss Bingli 
va missis Xyorstlarning yo‘qligi yigitning Nezer fild ga 
kelishiga xalaqit beradi, degan fikr chiqmasdi. Bu 
ayollar bilan ayriliqni esa Jeyn mister Bing li bilan 
birga o‘tkazadigan damlar sezdirmaydi, – ikkilan-
may xulosa qildi Elizabet.
– Albatta, ular bilan xayrlashmay qolganing achi-
narli, – dedi u biroz sukutdan so‘ng. – Lekin miss Bing-
li aytayotgan baxtli uchrashuv u faraz qilayotganidan 
tezroq yuz berishi mumkin emasmi? Va sizlar dugona 
bo‘lganingizdagidek yaqinlik sizlar opa-singilga aylan-
ganingizdan keyin yana ham yoqimliroq bo‘lmaydimi? 
Axir ular Binglini Londonda ushlab qolishmas.
– Kerolayn ulardan hech kim bu qish Xartford
-
shirga qaytib kelmasligini aniq yozyapti. 
«Akam ke-
tayotib uning Londonga borishini taqozo qilayotgan 
ishni nihoyati uch kunda bitirishini aytgandi. Lekin 
bunday emasligini biz juda yaxshi bilamiz. Uning 
shaharga kelgandan keyin qaytib ketishga shoshil-
masligini bilib, biz ham uning mehmonxonada yolg‘iz 
o‘zi o‘tirmasligi uchun uning ketidan ketishga qa-
ror qildik. Mening ko‘p tanishlarim qishni o‘tkazish 
uchun shaharga ketishayapti. Dugonajon, men 
sizning ham ular qatorida bo‘lishingizni xohlardim, 
lekin esiz, buning iloji yo‘q. Umid qilamanki, Rojdest-
vo bayrami sizlarga Xartfordshirda yaxshiliklar olib 
keladi va sizning do‘stlaringizning ko‘pligi biz sizdan 
ayirayotgan uch odamning yo‘qligini sezdirmaydi»
.
– Bu gaplardan ko‘rinib turibdiki, bu qish u qay-
tib kelmaydi.
– U miss Binglining fikricha qaytib kelmasligi 
ko‘rinib turibdi, – dedi Elizabet.


130
– Lekin sen nega bunday deb o‘ylayapsan? Bu 
uning o‘zining ishi, o‘ziga o‘zi xo‘jayin, demoqchi-
misan? Sen hali hammasini eshitganing yo‘q. Hozir 
menga ayniqsa, tekkan joyini o‘qib beraman. Sen-
dan hech narsani yashirmoqchi emasman: 
«Mister Darsi singlisini juda ham ko‘rgisi kelib keta-
yapti, ochig‘i, buni biz ham undan kam xohlamayapmiz. 
Men hech kim Jorjiana Darsi bilan na chiroy, na noziklik 
va na boshqa narsalarda tenglasha olmaydi, demoq-
chi emasman. Lekin u bizda o‘ziga nisbatan uyg‘otgan 
mehrdan kelib chiqib, bir kun kelib biz bilan opa-singil 
bo‘ladi, deb umid qilamiz. O‘zimizning rejalari miz haqi-
da gapirganimizmi yoki yo‘q, yodimda emas, lekin biz 
sizga bu narsani aytmasdan ketishni xohlamasdik va 
ishonamanki, siz bizni noto‘g‘ri tushunmaysiz. Akam 
oldin ham miss Darsidan hayratda edi. Endi esa unda 
bemalol uchrashib turish imkoni bo‘ladi. Uning hamma 
qarindoshlari va akamning yaqinlari ham shuni xohla-
shadi. Va qarindoshlik tuyg‘ularim meni aldamayot-
ganiga umid qilib, men Charlz xohlagan ayol ko‘nglini 
zabt qila oladi, deb ishonaman. Hech qanday xalaqit 
beradigan narsa bo‘lmagani holda mazkur nikohning 
bo‘lishini ta’minlovchi hamma sharoit bo‘lib turgani-
ni hisobga olib ko‘pchilikka baxt keltiradigan bu nar-
sadan umid qilishim mumkinmi?»
– Lizzi, azizam, bu gapga nima deysan? Yetarli dara-
jada tushunarli emasmi? – xatni buklar ekan, so‘radi 
Jeyn. – Axir, Kerolayn meni singil qilishni xohlamayot-
gani va bu narsa bo‘lishi mumkin emasligini ochiq 
aytmayaptimi? Mister Binglining menga nisbatan 
befarqligiga aniq ishonib va mening akasiga bo‘lgan 
tuyg‘ularimni sezib, meni ogohlantirib qo‘ymoqchimi? 
Buni boshqacha tushuntirib bo‘ladimi? 
– Ha va juda oson. Men, masalan, boshqacha 
o‘ylayapman. Nimaligini aytaymi?
– Xudo haqqi, ayta qolgin.


131
– Qisqagina qilib aytishim mumkin. Miss Bing-
li akasi seni yoqtirib qolganini ko‘rib turibdi, lekin 
uning miss Darsiga uylanishini xohlaydi. Akasini 
Londonda ushlab tura olishiga umid qilib, uning 
ketidan ketadi va senga esa bunaqa xat yozadi.
Jeyn boshini silkitib qo‘ydi.
– Jeyn, jonginam, menga ishon! Ikkovingizni birga 
ko‘rgan odamlardan hech kim uning senga nisbatan 
bo‘lgan tuyg‘ulariga shubha qilmaydi. Miss Binglining 
ham bunga aqli yetadi. Agar o‘zi mister Darsida shun-
day tuyg‘uning zarrachasini sezganida allaqachon ni-
koh ko‘ylagiga buyurtma berib qo‘ygan bo‘lardi. Gap-
ning indallosi shuki – biz ular uchun yetarli darajada 
boy va tagli-zotli emasmiz. Miss Binglining akasini 
miss Darsiga uylantirishdan maqsadi, bunday qilgan 
taqdirda ikkinchi – o‘zi ning maqsadiga yetishi oson 
bo‘lgan bo‘lardi. Juda ayyorlik bilan qurilgan reja. 
Agar uning yo‘lida ledi de Byor bo‘lmaganida, bu reja 
balki amalga oshgan bo‘lardi. Axir sen uning akasi 
mister Darsining sing lisini shunchalik yoqtirsa ham, 
seni qadrlashi se shanba kuni baldan keyin xayrlash-
gan paytdagidan kamayib qolgan, deb o‘ylamayotgan-
dirsan! Yoki uning seni emas, balki singlisining eng 
yaxshi ko‘rgan dugonasini sevishi miss Binglining 
qo‘lida emasdir.
– Agar biz miss Bingli haqida bir xil o‘ylaganimizda, 
sening xatni qanday tushunganing menga tasalli ber-
gan bo‘lardi, – dedi Jeyn. – Lekin sen xato qilayotga-
ningni juda yaxshi tushunib turibman. Ata yin aldash 
Kerolaynning qo‘lidan kelmaydi. Men faqat uning o‘zi 
ham adashayapti, deb umid qilishim mumkin.
– Juda yaxshi. Mening aytganim bo‘lishi mumkin 
emas ekan, balki o‘zingniki to‘g‘ridir. Xudo haqqi, u 
yanglishayapti deb hisoblayver. Sen o‘z burchingni 
bajarding va endi hech narsa haqida xavotirlanma-
sang ham bo‘ladi.


132
– Lekin Elizabet, azizam, yaxshi narsaga umid 
qilaylik. Opa-singillari va do‘stlari boshqa qizga 
uylanishini xohlayotgan yigitga turmushga chiqib, 
men baxtli bo‘la olamanmi?
– Bu sening ishing, agar o‘zing yaxshilab o‘ylab 
ko‘rib, turmushga chiqib, baxtli bo‘lganingdan ko‘ra 
uning opa-singillarining norozi bo‘lishlari ko‘proq 
ahamiyatga ega, deb hisoblaydigan bo‘lsang, yax-
shisi, rad javobini berganing ma’qul.
– Shunday deyishga qanday tiling borayapti? – 
zo‘rg‘a jilmayib dedi Jeyn. – Axir, ularning noroziligi 
meni qanchalik xafa qilsa, qanday javob berishim 
mumkinligini o‘zing yaxshi bilib turibsan-ku!
– Bunga ishonchim komil. Shuning uchun ham 
men sening qayg‘uyingni yuragimga yaqin olma-
yapman.
– Lekin u qish davomida qaytib kelmasa, balki 
mening javob berishimga ham hojat qolmas. Olti oy 
ichida ming xil narsa sodir bo‘lishi mumkin.
Mister Binglining Nezerfildga qaytib kelmasligi 
haqidagi taxmin Elizabetga bo‘lishi mumkin emas-
day, bu narsa Kerolayn o‘ylab topgan bahonaday 
tuyular edi. U singlisi qanchalik ustalik bilan sing-
dirishga urinmasin, mister Bingli bunga ko‘nadi, 
degan fikrni xayoliga ham keltirishni xohlamasdi.
Jeynni o‘zining haqligiga shunchalik ishontir diki, 
birozdan so‘ng gaplarining ta’sirini seza boshladi. 
Jeyn tabiatan g‘amga botib o‘tiradigan qiz emasdi, 
shuning uchun ham Elizabet opasining yuragida 
Binglining Nezerfildga qaytib kelishi va uning yura-
gidagi tuyg‘ulariga xuddi shunday javob qaytarishiga 
juda oz bo‘lsa-da, umid tug‘dira olish qo‘lidan keldi.
Ular onalariga yigitning rejalari haqida hech narsa 
demay, faqat qizlarning jo‘nab ketishganini aytishga 
kelishib olishdi. Lekin hatto shu ham missis Bennet-
ning kayfiyati buzilishiga, ularning oilasi endigina qa
-


133
rindosh bo‘lay deganda miss Bingli va missis Xyorstni 
ketishga majbur qilgan sababdan, to‘xtamay qarg‘a-
nib shikoyat qilishiga olib keldi. Biroq biroz vaqt o‘tib, 
mister Bingli yaqinda albatta qaytib keladi va Long-
bornda ular bilan tushlik qiladi, degan umid bilan 
o‘z-o‘ziga tasalli berdi. Va oxirida yigit faqat tushlik 
qilishgagina taklif qilinsa-da, yana qo‘shimcha ovqat
-
lar ham tayyorlanishini qo‘shib qo‘ydi. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish