«Aziz dugonajon!
Agar Siz bizga shafqat yuzasidan bugun men va
Luiza bilan birga ovqatlanishga rozilik bermas ekan-
siz, biz bir-birimizni yomon ko‘rib qolishimiz mum-
kin. Chunki ikki ayolning kun bo‘yi bir-biri bilan yuz-
ma-yuz bo‘lishi janjalsiz o‘tmaydi. Iloji boricha tezroq
keling. Akam va uning do‘stlari zobitlar bilan ovqat-
lanishadi.
Hurmat bilan Kerolayn Bingli».
– Zobitlar bilan?! – hayratlandi Lidiya. – Axir, xo-
lam bu to‘g‘rida hech narsa demagandi-ku!
– Boshqa yerda ovqatlanishadi? Esizgina! – dedi
missis Bennet.
– Aravadan foydalansam bo‘ladimi? – so‘radi
Jeyn.
– Yo‘q, jonginam. Yaxshisi, otda ketaqol. Yomg‘ir
yog‘ay deyapti, sen u yerda tunab qolishingga to‘g‘ri
kelishi mumkin!
– Xo‘p gapirdingiz-da! – dedi Elizabet. – Agar ular
o‘zlari Jeynni tashlab ketishmasa.
– Lekin mister Binglining karetasi Meritonda
bo‘ladi-ku! Xyorstlarning esa otlari yo‘q.
– Nima bo‘lganda ham men aravada ketgim kel-
yapti.
– Qizginam, aniq bilamanki, otang hozir otlar-
ni berib tura olmaydi. Ular hozir fermaga kerak,
to‘g‘rimi, mister Bennet?
–
Ha, otlar fermaga ko‘proq kerak.
39
–
Agar siz ulardan bugun foydalansangiz, onam
juda xursand bo‘lardi, – dedi Elizabet.
Nihoyat, otalaridan «otlar haqiqatan ham bu-
gun band», degan javobni olishib tinchishdi. Jeyn
ot minib ketadigan bo‘ldi, onasi uni darvoza oldi-
gacha kuzatib borar ekan, ob-havoning yomonla-
shayotganidan nolib qo‘ydi. Uning umidi ro‘yobga
chiqdi: Jeyn hali uzoqlashmasdan turib singillarini
bezovta, onalarini esa rosa xursand qilib chelak-
lab quyganday yomg‘ir yog‘a boshladi. Yomg‘ir kun
bo‘yi yog‘di va bunday ob-havoda Jeynning qaytishi
to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emasdi.
– Yaxshi o‘yladim-a! – ob-havo buzilishini xuddi
o‘zi chaqirgandek, qayta-qayta derdi missis Bennet.
Faqat ertasi kuni ertalabgina u o‘ylagan narsasi-
ning dahshatini his qildi: nonushta tugay deganda
Nezerfilddan Elizabet nomiga yozilgan xat keldi.
«Azizam Lizzi!
Bugun ertalabdan o‘zimni juda yomon seza-
yapman – kecha yomg‘irda ivib ketganimdan bo‘lsa
kerak. Bu yerdagi qadrdon do‘stlarimiz men biroz
o‘zimga kelmaguncha ketishim haqida eshitishni
ham xohlashmayapti. Ular mister Jons meni ko‘rib
qo‘yishini talab qilishayapti, shuning uchun u meni
ko‘rgani kelganini eshitib qolsangiz, xavotir olib o‘tir-
mang. Boshim og‘riyapti va tomog‘imda ham biroz
shamollash bor.
Sizlarning Jeyningiz».
– Nima derdim, azizam, – Elizabet xatni o‘qib
tugatgach, xotiniga murojaat qildi mister Bennet,
– agar qizingiz jiddiy kasal bo‘lib qolsa yoki balki
o‘lib qolsa, bu sizning ko‘rsatmalaringiz bilan mis-
ter Binglining orqasidan quvish natijasida bo‘lgani-
ni bilish siz uchun taskin bo‘ladi.
40
– Men xavotirlanayotganim yo‘q. Shamollashdan
o‘lishmaydi! Unga yaxshi qarashadi va u o‘sha yerda
ekan, unga hech narsa bo‘lmaydi. Ekipaj olishning
iloji bo‘lganda men uni ko‘rgani borib kelardim.
Chindan-da xavotirlanayotgan Elizabet opasini
ko‘rgani borishga qaror qildi. Ekipaj topishning iloji
yo‘qligi, uning otda yura olmasligi sabab, Nezerfild
-
ga yayov ketishga to‘g‘ri kelardi. U uyidagilarga o‘z
rejasini aytdi.
– Sen esingni yebsan, – dedi onasi, – shunaqa
loyda yayov ketish! Axir u yerga yetib borganingda
senga qarab bo‘lmaydi-ku!
– Men esa Jeynga qarab turishim mumkin bo‘la-
di, aslida, muhimi ham shu.
– Lizzi, balki otlarni olib kelarmiz?
– Hech ham kerak emas. Qaytaga maza qilib yurib
ketaman. Oldingda aniq maqsad bo‘lganda yo‘lning
uzoqligi bilinmaydi. Atigi taxminan uch milgina-ku!
Tushlikkacha uyda bo‘laman.
– Yaqin odamingga yordam berishga tayyorliging-
dan hayratdaman, – dedi Meri. – Lekin ko‘ngilning
har bir istagini aql tarozusiga solib ko‘rish kerak.
– Meritongacha sen bilan birga boraylikmi? –
so‘rashdi Ketrin va Lidiya.
Elizabet rozi bo‘ldi va uchala qiz uydan birga
chiqib ketishdi.
– Agar shoshilsak, balki kapitan Karter ketgun-
cha ulgurarmiz, – dedi Lidiya.
Meritonda ular xayrlashishdi. Singillari zobitlar-
dan birining xotini oldiga ketishdi, Elizabet esa bir
daladan ikkinchisiga o‘tib, tez yurib ketdi. Loy va
chuqurlardan sakrab o‘tib, Nezerfildga yetib kel
-
ganda u juda charchagan, kiyimlari loy bo‘lib, yuz-
lari tez yurganidan qip-qizarib ketgan edi.
Uni Jeyndan boshqa barcha yig‘ilgan nonushta
qilinadigan xonaga olib kirishdi. Elizabetning kelishi-
41
dan hamma hayratga tushgan edi: mister Binglining
singillari uchun uning shunday vaqtli, shunday
havoda va yana uch milni yolg‘iz bosib kelishi isho-
nib bo‘lmaydigan voqea edi. Ular qizni xursanddek
kutib olishgan bo‘lsa-da, Elizabet ularga bu juda ham
yoq maganini sezib turardi. Mister Binglining o‘zini
tutishida esa oddiy iltifotdan ko‘ra yuqoriroq nimadir
bor edi: minnatdorchilik va hurmat sezilib turardi.
Mister Darsi ko‘p gapirmadi, mister Xyorst esa umu-
man hech nima demadi. Mister Darsi qiz tez yurib
kelganidan ko‘zlari chaqnab ketgani haqida va shun-
cha yayov yo‘l bosib kelib to‘g‘ri qilganmi yoki yo‘qligi
to‘g‘risida o‘ylayotgan edi. Mister Xyorstning esa fikr-
zikri nonushtada edi.
Jeynning sog‘lig‘i yaxshi emasdi. U kechasi o‘zini
yomon his qilgan va hozir o‘rnidan turgan bo‘lsa-da,
xonasidan chiqa olmayotgan edi. Elizabetning iltimo-
siga ko‘ra, uni bemorning xonasiga olib kirishdi. Sing-
lisining kelishi Jeynni xursand qilib yubordi. U uyi-
dagilarni ortiqcha xavotirga solmaslik uchun xatida
singlisini ko‘rgisi kelganini yozmagan edi. U umuman
gapira olmayotgan edi. Miss Bingli qizlarni xonada
qoldirar ekan, Jeyn zo‘rg‘a bu yerda unga qilishayot-
gan g‘amxo‘rliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Elizabet indamay opasiga qarasha boshladi.
Nonushtadan so‘ng ularning oldilariga yana mis-
ter Binglining opa-singillari kirishdi va Elizabet ular
Jeynga ko‘rsatayotgan e’tiborlarini ko‘rib, juda xur-
sand bo‘ldi. Chaqirtirilgan doktor bemorning qattiq
shamollaganini aytib, unga bir necha kun o‘rinda
qimirlamay yotishni buyurdi va dori berib yubo-
rishini aytib, jo‘nab ketdi. Uning aytganlarini qilish-
ga darhol kirishildi, chunki isitma va bosh og‘rig‘i
kuchayayotgan edi. Elizabet bir daqiqa bo‘lsa-da,
opasini yolg‘iz qoldirmadi. Boshqa ayollar ham shu
yerda bo‘lishdi.
42
Soat uchlarda Elizabet endi ketishi kerakligini his
qilib, xohlamaygina Jeynga bu haqda aytdi. Miss
Bingli unga ekipaj taklif qildi va u ketishga hozirlanar
ekan, Jeyn uning ketayotganidan xafa bo‘lib qolgani
-
ni ko‘rgan miss Bingli Elizabetni Nezerfildda yana bi
-
roz qolishga taklif qilishga majbur bo‘ldi. Taklif qabul
qilinib, kerakli kiyimlarni olib kelish va uyga xabar
berish uchun Longbornga odam yuborildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |