Uo‘K: 821. 111-3 kbk: 84(4Ingl)



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/43
Sana18.04.2022
Hajmi3,57 Mb.
#559742
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
@BOOKS KITOB ANDISHA VA G\'URUR

XVIII bob
Elizabet tez orada o‘ziga kelib oldi va avvalgidek 
quvnoq kayfiyatda bo‘lgan kunlarining birida mister 
Darsidan u qanday qilib o‘zini yaxshi ko‘rib qolganini 
so‘radi:
– Nimadan boshlandi o‘zi? Keyin nima bo‘lganini 
bilaman, lekin birinchi marta sizni menga e’tibor be-
rishingizga nima sabab bo‘ldi?
– Birinchi marta qayerda, qanday, qachon bosh-
langanini yoki sabab bo‘lgan birorta gap yoki ko‘z qa-
rashlarni aniq ayta olmayman. Men nima gapligini 
tushunganimda kech bo‘lgan edi.
– Birinchi mening ko‘rinishim sizga hech yoqma-
gan edi-a? Mening gapirishim-chi, sizga munosabatim 
juda qo‘pol edi. Har bir gapimda sizga tekkizib gapi-
rishga harakat qilardim. Chindan ham, sizga yoqib 
qolgan narsa mening jasoratli ekanligim emasmidi?
– Men sizni tiyrak aqlingiz uchun sevib qoldim.
– Bu ochiqdan-ochiq gaplarim uchun meni ke-
chirasiz. Atrofingizdagi odamlarning sizga diqqat 


395
bilan, egilib-bukilib munosabatda bo‘lishlari jonin-
gizga tekkan, fikri zikri ko‘z qarashi bilan, e’tibori 
bilan, xatti-harakati bilan faqat e’tiboringizni tortish 
bo‘lgan ayollardan sizning ko‘nglingiz ketayotgan 
edi. Menga e’tibor bera boshlaganingizning sababi, 
men o‘shalarga o‘xshamaganim uchun bo‘lgan. Agar 
yuragingiz toza bo‘lmaganida edi, gaplarim uchun 
mendan nafratlangan bo‘lardingiz. Lekin siz doim 
o‘zingizning aslida qanday ekanligingizni yashirish-
ga uringaningiz bilan baribir, sizning tuyg‘ularin-
giz, xatti-harakatingiz doim adolatli va oliyjanob edi. 
Ichingizda sizning boyligingiz va jamiyatdagi o‘rnin-
giz uchungina sizga ta’zim qi ladiganlardan nafratla
-
nar edingiz. Mana, sizni birorta narsani tushuntirib 
berishdan ozod qilib qo‘ya qoldim. Chindan ham, 
bo‘lib o‘tgan hamma voqealarni hisobga olsak, shun-
day bo‘lsa kerak. Albatta, mening hali qandayligimni 
siz tasavvur ham qila olmaysiz. Lekin chindan sevib 
qolganda, bu narsalar haqida o‘ylashmaydi shekilli.
– Axir, siz o‘zingizning qanday ko‘ngilchan ekan-
ligingizni Nezerfildda Jeynga qarab o‘tirganda isbot
-
ladingiz-ku!
– Jeyn – farishta! Uning uchun hamma shunday 
qilgan bo‘lardi. Mayli, siz buni ko‘ngilchanlik deb hi-
soblay qoling. Endi mening yaxshi xislatlarimga siz 
qarab yurasiz va iloji boricha ko‘klarga ko‘tarasiz. Men 
esa siz bilan urishish va g‘ashingizga tegish uchun har 
bir narsadan bahona topaman. Men buni hozirdanoq 
boshlamoqchiman. Qani, menga aytingchi, nimaga 
qat’iy gaplashib olishni shuncha cho‘zdingiz? Birinchi 
marta kelganlaringizda nima uchun mendan qochish-
ga harakat qildingiz? Chindan ham, o‘zingizni xuddi 
men bilan hech qanday ishingiz yo‘qdek tutdingiz.
– Chunki o‘sha paytda ko‘rinishingiz juda ayanchli 
edi. Va menga hech qanday dalda ham bermadingiz.
– Lekin men uyalayotgan edim!


396
– Men ham.
– Shuning uchun ham biznikiga tushlikka kel-
ganingizda men bilan gaplasha olmadingizmi?
– Hissiyotlari menikichalik bo‘lmagan odam balki 
bu ishni qila olardi.
– Zo‘r-ku, hamma gapga javobingiz tayyor! Men 
esa darrov ishonib qo‘ya qolaman. Lekin o‘zingiz-
ga qolsa, izhori dilni hali anchaga cho‘zarmidingiz... 
O‘zim so‘rab olmasam, qachon aytmoqchi edin-
giz? Mening Lidiya uchun minnatdorchilik bildir-
ganim ish berdi-a? Uyat bo‘lsa ham. O‘zimizning 
tinchligimizni og‘iz ochmaslikka bergan va’damizni
buzish asosida quradigan bo‘lsak, biz uzoqqa bor-
maymiz. Unda ishlarimiz yomon!
– Xafa bo‘lmang. Axloqiy e’tiqodlaringizdan xavotir 
olmang. Mening ikkilanishlarimni bizlarni behayo-
larcha ajratmoqchi bo‘lgan xolam yo‘q qildi. Bu-
gungi kundagi baxtiyorligim sizning menga minnat-
dorchilik izhor qilganingizdan emas. Men sizning 
birinchi bo‘lib qadam qo‘yishingizni kutayotgan 
emasdim. Ledi Ketrinning aytganlari menda ishonch 
hosil qildi va men o‘sha zahotiyoq o‘zim haqimdagi 
hukmni eshitishga shoshildim.
– Ledi Ketrin bizga beqiyos xizmat ko‘rsatdi. U bun-
dan xursand bo‘lishi kerak. Hammaga foydali bo‘lishni 
juda yaxshi ko‘radi. Lekin siz o‘zingiz Nezerfild ga nima 
uchun kelgandingiz? Nahotki, faqat Longborn ga kel
-
ganda uyalish uchun bo‘lsa? Yoki uzoqni ko‘zlagan re-
jalaringiz bormidi?
– Asosiy maqsadim – sizni ko‘rish edi. Sizning mu-
habbatingizga erishishga birorta imkoniyatim bor yoki 
yo‘qligini bilish edi. O‘z-o‘zimni esa opangiz hali ham 
Binglini yoqtiradimi yoki yo‘qmi, aniqlashim kerak deb 
ishontirayotgandim. Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, 
do‘stimning oldida gunohimni bo‘ynimga olmoqchi 
edim. Keyinchalik shunday qildim ham.


397
– Keyinchalik ledi Ketringa uni nima kutayotganini 
aytishga qurbingiz yetadimi?
– To‘g‘rirog‘i, mening qurbim emas, vaqtim yet-
maydi. Lekin buni albatta qilish kerak, agar menga 
bir varaq qog‘oz bersangiz, hoziroq qilaman.
– Men esa – agar o‘zim ham hozir xat yozishim 
ke rak bo‘lmaganda – sizning yoningizda o‘tirib bir 
tekis yozishingizni tomosha qilib o‘tirgan bo‘lardim. 
Lekin mening ham xolam bor, uni unutishga esa 
mening haqqim yo‘q.
Elizabet haligacha missis Gardinerning xatiga 
javob bermagan edi. Bir paytlar xolasining mister 
Darsi to‘g‘risidagi ishoralariga ishongisi kelmayot-
gan edi. Lekin endi unga bu yangilikni aytsa bo‘la-
di. Eli zabet mister Gardinerlarning uning baxtidan 
xursand bo‘lishlari to‘g‘risidagi xabarni uch kun 
kechikib eshi tishayotganidan uyalib ketdi va o‘sha 
zahotiyoq xat yozishga o‘tirdi.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish