Uo‘K: 821. 111-3 kbk: 84(4Ingl)



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/43
Sana18.04.2022
Hajmi3,57 Mb.
#559742
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43
Bog'liq
@BOOKS KITOB ANDISHA VA G\'URUR

ga kelib otang yo‘q edi, tog‘ang uyda bo‘lgan va yuqori-
da aytib o‘tganimdek ikkalasi o‘rtasida uzoq suhbat 
bo‘lib o‘tgan. Yakshanba kuni u yana kelgan, men ham 
uni o‘sha kuni ko‘rdim. Ular faqat dushanba kunigina 
nima qilishni hal qilishdi va o‘sha zahoti Longbornga 
chopar yuborildi. Mehmonimiz juda qaysar ekan. Lizzi, 
menimcha, uning tabiatidagi salbiy jihati ayni shu qay-
sarligi bo‘lsa kerak. Har xil paytlarda unga har xil sal-
biy sifatlarni yopishtirishgan. Lekin unda ayni o‘jarlik 
bor. Uningcha, qilinishi kerak bo‘lgan narsalarni faqat 
o‘zi qilishi kerak, men aminmanki (bu gapni minnatdor-
lik talab qilib aytayotganim yo‘q), tog‘angning o‘zi ham 
bu ishlarni hal qila olgan bo‘lardi. Ular bu haqda juda 
ko‘p tortishishdi (bu gaplar tegishli bo‘lgan odamlar 
bunga arzimasa ham). Nihoyat, tog‘ang yon berishga 
majbur bo‘ldi va jiyaniga yordam berish o‘rniga, o‘zi 
xohlamagan tarzda faqat yaxshilik qilayotgan (aslida, 
unday bo‘lmasa-da) odamdek turib beradigan bo‘ldi. 
Bugun ertalab sendan olingan xat uni juda xursand qil-
di, chunki xatda talab qilinayotgan tushuntirish uni o‘zi 
qilmagan yaxshiligi uchun eshitajak minnatdorchilik-
dan qutqarar va bu minnatdorchilikni tegishli odamga 
yo‘naltirar edi. Lekin azizam Lizzi, bu xatni hech kim, 
juda bo‘lmaganda Jeyndan tashqari hech kim bilishi 
kerak emas. Sen, albatta, kuyov bilan kelin uchun ni-
malar qilinganini juda yaxshi bilishing kerak. Uikxem-
ning ming funtdan ham oshib ketgan qarzini to‘lash 
kerak edi. Yana ming funt o‘zinikiga qo‘shib, Lidiyaning 
nomiga o‘tkazildi. Kuyovga patent sotib olindi. Mister 
Darsi nima uchun bu ishlarni qilayotganining sababini 
men senga yuqorida aytib o‘tdim. Faqat uning aybi bi-
lan uning hech narsa qilmagani va uzoqni ko‘ra olma-
gani sababligina odamlar Uikxemning haqiqatda qan-
day odamligini bilmay qolishgan. Balki bu gaplar rost-
dir. Lekin azizam Lizzi, ishonching komil bo‘lsinki, agar 
tog‘ang bu yerda boshqa bir gap bor deb faraz qilma-


337
ganda, o‘la qolsa ham bu shartga rozi bo‘lmasdi. Ham-
ma ishlar hal bo‘lgandan so‘ng, mister Darsi hali Pem-
berlida bo‘lgan do‘stlarining yoniga qaytib ketdi. Lekin 
nikoh kuni qolgan pul masalalarini ham hal qilib olish 
uchun yana Londonga keladigan bo‘ldi. Menimcha, 
senga hamma narsani aytib bo‘ldim, shekilli. Xating-
dan tushunishimcha, bu gaplar seni rosa ajablantirsa 
kerak. Har holda, norozi bo‘lmaysan, deb umid qila-
man. Lidiya biznikiga ko‘chib kelgan edi va Uikxemga 
ham bemalol kirib-chiqishga ruxsat berilgan. U Xart-
fordshirda qanday bo‘lgan bo‘lsa, o‘shanday, hech 
ham o‘zgarmagan. Agar Jeynning o‘tgan chorshan-
badagi xati bo‘lmaganda men senga bu to‘g‘risida hech 
nima demasdim. Gap Lidiyaning o‘zini tutishi haqida. U 
Longbornda o‘zini qanday tutayotgan bo‘lsa, bu yerda 
ham shunday bo‘ldi. Men unga o‘zini shunday tutishi 
orqasida oilasi boshiga tushgan sharmandalikni, bun-
day qiliqlari tarbiyasizlikdan darak berishini har qa-
naqasiga tushuntirishga urinmay, foydasi bo‘lmadi. 
Agar sal bo‘lsa ham foydasi bo‘lganda xursand 
bo‘lardim, yo‘q, u o‘zini eshitmaganga soladi. Bir necha 
marta jonim chiqib ketdi. Lekin shunday hollarda 
o‘zimning Elizam va Jeyn jiyanlarimni eslab, sabr qi-

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish