36
asetilxolinni parchalovchi xolin esteraza fermentining ta’sir etishiga qarshilik
qiladi. Tiaminpirofosfat uglevodlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki pentozafosfat sikli
bilan parchalanadigan ferment - transkatalaza tarkibiga
ham kirganligi tufayli, u
etishmaganda uglevodlarning bu tartibda narchalanishi ham izdan chiqadi.
Hayvonlarning jigari, buyragi, miya to‘qimasi kabilarda ko‘proq bo‘ladi.
Uning kimyoviy tuzilishini esa 30-yillar boshida Robert Uilyams aniqlagan,
keyinchalik u kimyoviy sintez yo‘li bilan olingan. B
1
vitaminining molekulasi
o‘zaro metilen ko‘prikchasi orqali birikkan pirimidin va tiazol halqalaridan tashkil
topgan bo‘lib, tirik organizmlar hujayralari asosan tiaminpirofosfat holida
dekarboksilaza fermentlarining tarkibida bo‘ladi.
Sof holatda B
1
vitamini rangsiz kristall modda bo‘lib,
suvda yaxshi
eriydi, spirtda esa erimaydi. Kislotali va neytral muhitlarda issiqqa (140°) ancha
chidamlidir, ishqoriy muhitda esa tezda buzilib, pirimidin va tiazol halqalariga
parchalanadi. Shuning uchun ham soda qo‘shib tayyorlangan oziqa mahsulotlari
tarkibida B
1
vitamini qolmaydi.
Tirik organizmda B
1
vitamini juda muhim fiziologik
jarayonlarda ishtirok
etadi. U markaziy va periferik nerv sistemalarining me’yorida ishlashini
ta’minlaydi hamda uglevodlar, oqsillar, yog‘lar va mineral tuzlar almashinuvini
tartibga solishda qatnashadi. Polinevrit kasalligining
boshlanishida hayvon
ishtahadan qoladi, oza boshlaydi va moddalar almashinuvi izdan chiqa boshlaydi.
Keyinchalik esa ovqat hazm bo‘lishi buziladi, ayrim nerv to‘qimalarining izdan
chiqishi, mushak to‘qimalarining bo‘shashishi kuzatiladi, yurakning ish faoliyati
buziladi, og‘riqlar paydo bo‘ladi va suv almashuvining
buzilishi natijasida
to‘qimalar va ichki organlarda shish paydo bo‘ladi, me’da va ichak shiralarining
ajralishi kamayadi. (Bauman V.K
2001)
37
Organizm qariganda, og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘ullangan paytlarda,
bug‘ozlik davrida organizm B
1
vitaminni ko‘proq talab qiladi.
B
1
vitamini koferment sifatida karboksilaza fermentining tarkibiga kiradi,
shuning uchun bu vitamin etishmay qolganda ketokislotalarning, ayniqsa pirouzum
va
α
-ketoglyutar kislotalarining dekarboksillanishi ancha pasayadi va ular qonda,
miya va nerv to‘qimalarida to‘plana boshlaydi. Bu esa o‘z navbatida beri-beri deb
ataluvchi nerv kasalligining yuzaga chiqishiga sababchi bo‘ladi. B
1
vitaminining
etishmasligi
oqsil
almashinuviga
ham
kuchli
ta’sir
ko‘rsatadi,
ya’ni
aminokislotalarning qayta aminlanishi va dezaminlanish holatlari buziladi hamda
aminotransferaza fermentlarining faolligi pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: