Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   372
Bog'liq
kriminalist

 
 


168 
III BO‘LIM. KRIMINALISTIK TAKTIKA 
 
12-MAVZU. KRIMINALISTIK TAKTIKANING 
UMUMIY QOIDALARI 
 
Kriminalistik taktika tushunchasi va uning vazifasi. Kriminalistik 
taktika tizimi.
Taktik usullar, taktik qarorlar, tergov vaziyatlari va 
kriminalistik taktikaning boshqa qoidalari.
 
Kriminalistik taktika tushunchasi va uning vazifasi 
“Taktika”
(grekcha “taktika” – qo‘shinlarni safga tizish mahorati) 
atamasini jinoyatlar bo‘yicha tergovni amalga oshirayotgan shaxslarning 
faoliyatiga tatbiqan ilk marotaba XIX asr oxirida nemis olimi 
A.Veyngardt qo‘llagan.
Kriminalistik taktikaning 
bosh vazifasi
tergov harakatlari va 
tashkiliy tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi kriminalistik faoliyatni samarali 
tashkil etish, shuningdek jinoyat ishi bo‘yicha tergovni uning barcha 
ishtirokchilari o‘zaro munosabatlari tizimini oqilona tashkillashtirish 
yo‘li bilan yuritishdan iborat.
Dastavval kriminalistikada taktik jinoyatlarni fosh etish va tergov 
qilish bilan shug‘ullanadigan shaxslarga ularning ishlarini rejalashtirish 
yuzasidan beriladigan nazariy jihatdan asoslangan tavsiyalarining 
majmui tariqasida maydonga kelgan. Bora-bora uning mazmun-mohiyati 
o‘zgarib, an’anaviy qoidalar bilan bir qatorda kriminalistik taktikaga 
tergov faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq talay yangi nazariyalar, 
ta’limotlar, tavsiyalar qo‘shila bordi. Keyinroq esa jinoyatlarning ayrim 
Esda tuting! Kriminalistik taktika
– bu kriminalistikaning 
tergovni tashkil etish va rejalashtirish, uni amalga oshiruvchi shaxslar 
xatti-harakatlarining optimal uslubini jinoyat protsessi boshqa 
ishtirokchilarining huquqlari, manfaatlari va majburiyatlarini O’zR 
JPK talablariga qat’iy muvofiq ravishda belgilash va amalga oshirish 
nazariy qoidalari va bu xususda amaliy tavsiyalar tizimidan iborat 
bo‘limi.
 


169 
turlarini tergov qilishni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari ham 
ko‘rib chiqila boshlandi.
Kriminalistik taktikaning qoidalari, tavsiyalari va xulosalari 
kriminalistika fanidagi barcha qolgan bo‘limlarining mazmuni bilan 
uzviy bog‘liqdir. Kriminalistik taktik nazariyalari, ta’limotlari va 
kategoriyalari kriminalistikaning metodologik asoslari, kriminalistik 
identifikatsiyalash va diagnostikalash, jinoyat sodir etish usullari 
to‘g‘risidagi ta’limot, tergov faoliyatida kriminalistik model tuzish 
singari qoidalarga asoslanadi. 
Kriminalistik taktik tavsiyalarda kriminalistik texnika muhim o‘rin 
egallaydi. U ko‘zdan kechirish, tintuv, eksperimentni tashkil etish va 
amalga oshirish, ekspertiza hamda boshqa tergov harakatlarini tayinlash 
va o‘tkazish chog‘ida kriminalistik taktik qoidalar tarkibida qo‘llaniladi. 
Kriminalistik texnika rivojlanib borgani sari uning yutuqlari sud 
dalillarini aniqlash, tekshirish va baholashda tobora yangi imkoniyatlar 
ochadi. Bu ilgari yaratilgan taktik usullar, operatsiyalar va 
kombinatsiyalarni takomillashtirish hamda ularning mutlaqo yangilarini 
ishlab chiqishni taqozo etadi. 
O‘z navbatida, kriminalistik taktikaning tarkibi jinoyatlarni tergov 
qilish uslubiyotini rivojlantirishga ko‘maklashadi. Jinoyatlarni tergov 
qilishni rejalashtirish, tergovchi va tezkor xodimlarning o‘zaro 
hamkorligi, ayrim tergov harakatlarining taktikasi haqidagi kriminalistik 
nazariyalar va kriminalistik taktikaning boshqa qoidalari xususiy 
uslubiyotarga asos qilib olinadi hamda ana shu jinoiy jazoga loyiq 
qilmishlarni fosh etish va tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlarini 
aks ettirgan holda mukammallashtiriladi. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish