168
III BO‘LIM. KRIMINALISTIK TAKTIKA
12-MAVZU. KRIMINALISTIK TAKTIKANING
UMUMIY QOIDALARI
Kriminalistik taktika tushunchasi va uning vazifasi.
Kriminalistik
taktika tizimi.
Taktik usullar, taktik qarorlar, tergov vaziyatlari va
kriminalistik taktikaning boshqa qoidalari.
Kriminalistik taktika tushunchasi va uning vazifasi
“Taktika”
(grekcha “taktika” – qo‘shinlarni safga tizish mahorati)
atamasini jinoyatlar bo‘yicha tergovni amalga oshirayotgan shaxslarning
faoliyatiga tatbiqan ilk marotaba XIX asr oxirida nemis olimi
A.Veyngardt qo‘llagan.
Kriminalistik taktikaning
bosh vazifasi
tergov harakatlari va
tashkiliy tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi kriminalistik faoliyatni samarali
tashkil etish, shuningdek jinoyat ishi bo‘yicha tergovni uning barcha
ishtirokchilari o‘zaro munosabatlari tizimini oqilona tashkillashtirish
yo‘li bilan yuritishdan iborat.
Dastavval kriminalistikada taktik jinoyatlarni
fosh etish va tergov
qilish bilan shug‘ullanadigan shaxslarga ularning ishlarini rejalashtirish
yuzasidan beriladigan nazariy jihatdan asoslangan tavsiyalarining
majmui tariqasida maydonga kelgan. Bora-bora uning mazmun-mohiyati
o‘zgarib, an’anaviy qoidalar bilan bir qatorda kriminalistik taktikaga
tergov faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq talay yangi nazariyalar,
ta’limotlar, tavsiyalar qo‘shila bordi. Keyinroq esa jinoyatlarning ayrim
Esda tuting! Kriminalistik taktika
– bu kriminalistikaning
tergovni tashkil etish va rejalashtirish, uni amalga oshiruvchi shaxslar
xatti-harakatlarining optimal uslubini jinoyat protsessi boshqa
ishtirokchilarining huquqlari, manfaatlari va majburiyatlarini O’zR
JPK talablariga qat’iy muvofiq ravishda belgilash va amalga oshirish
nazariy qoidalari va bu xususda amaliy tavsiyalar tizimidan iborat
bo‘limi.
169
turlarini tergov qilishni tashkil etishning o‘ziga
xos xususiyatlari ham
ko‘rib chiqila boshlandi.
Kriminalistik taktikaning qoidalari, tavsiyalari va xulosalari
kriminalistika fanidagi barcha qolgan bo‘limlarining mazmuni bilan
uzviy bog‘liqdir. Kriminalistik taktik nazariyalari, ta’limotlari va
kategoriyalari kriminalistikaning
metodologik asoslari, kriminalistik
identifikatsiyalash va diagnostikalash, jinoyat sodir etish usullari
to‘g‘risidagi ta’limot, tergov faoliyatida kriminalistik model tuzish
singari qoidalarga asoslanadi.
Kriminalistik taktik tavsiyalarda kriminalistik texnika muhim o‘rin
egallaydi. U ko‘zdan
kechirish, tintuv, eksperimentni tashkil etish va
amalga oshirish, ekspertiza hamda boshqa tergov harakatlarini tayinlash
va o‘tkazish chog‘ida kriminalistik taktik qoidalar tarkibida qo‘llaniladi.
Kriminalistik texnika rivojlanib borgani sari uning yutuqlari sud
dalillarini aniqlash, tekshirish va baholashda tobora yangi imkoniyatlar
ochadi. Bu ilgari
yaratilgan taktik usullar, operatsiyalar va
kombinatsiyalarni takomillashtirish hamda ularning mutlaqo yangilarini
ishlab chiqishni taqozo etadi.
O‘z navbatida, kriminalistik taktikaning tarkibi jinoyatlarni tergov
qilish uslubiyotini rivojlantirishga ko‘maklashadi. Jinoyatlarni tergov
qilishni rejalashtirish, tergovchi va tezkor xodimlarning o‘zaro
hamkorligi, ayrim tergov harakatlarining taktikasi haqidagi kriminalistik
nazariyalar va kriminalistik taktikaning
boshqa qoidalari xususiy
uslubiyotarga asos qilib olinadi hamda ana shu jinoiy jazoga loyiq
qilmishlarni fosh etish va tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlarini
aks ettirgan holda mukammallashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: