135
lyuminessensiya deb ataladi. Hujjatning bir xildagi bir vaqtda yoritilgan
matni va keyinchalik kiritilgan o‘zgarishlar infraqizil nur ta’siri
natijasida o‘ziga xos bo‘lgan aks yorug‘lik nurlarni chiqaradi va ko‘zga
ko‘rinmaydigan mayda zarrachalarini ham ko‘rinarli qiladi.
Namli nusxa ko‘chiruv usuli pasta bilan yozilgan matnlardagi
o‘zgarishlarni, bo‘yoqning rangi, tarkibini aniqlashda fotoqog‘ozning
emulsiya (jelatin) qatlamini namlab yozuvlarni unga ko‘chirishda
qo‘llaniladi. Qalbakilashtirilgan hujjatlarni tekshirishda absorbsion -
lyuminessent usuli ham qo‘llaniladi. Bu
usul yordamida hujjatdagi
yozuvlarning bir-biri bilan kesishib o‘tgan joylarida (masalan, imzo
bilan boshqa yozuv birining ustidan ikkinchisi yozilgan hollarda)
qaysilari avval yozilganligini aniqlash zaruratini hal qiladi.
Ultrabinafsha nurlarning ko‘rinarli spektrosnusxa usuli yozuv
vositasining turi, rangsiz moddalarning sifati, yopishtirish vositalarining
sifati, turini aniqlashda qo‘llaniladi. Tekshiriluvchi moddaning asosiy
xususiyati spektrofotometriya tahlili asosida
tuziladigan chizmalardir,
ya’ni har bir moddaning spektr nurini o‘ziga singdirish qobiliyati har xil
bo‘lganligi sababli spektr grafigi ham shunga tegishli ravishda aks etadi.
Infraqizil spektrosnusxa usuli ham yuqorida ko‘rsatilgan
vazifalarni bajarish va taqqoslab tekshirish uchun qo‘llaniladi. YOzish
vositalarining xususiyatlarini qog‘oz, kley va boshqa materiallarni
tekshirishda kimyoviy tomchilar reaksiyasini ta’sir
ettirish usulini
qo‘llaydi.
Turli moddalar va hujjatning materialini tekshirishda yupqa
qatlamli xromotografiya uslubi qo‘llaniladi. SHuni ta’kidlab o‘tish
joizki, mustaqillik yillari davomida Adliya vazirligi qoshidagi
kriminalistik tadqiqotlar Markazining hujjatlarni tekshirish bo‘limi
xodimlari ilmiy tadqiqotlarini yangi texnik jihozlar qo‘llash va tekshiruv
uslublarini mukammallashtirishga sezilarli hissa qo‘shdilar.
SHu bilan
birga bo‘lim oxirgi yillarda bir muncha texnik jihozlar bilan yangilanib,
tekshiruvlar ana shu texnologiya asosida o‘tkazilmoqda.
Ekspertiza amaliyoti davomida kompyuterlashtirish va ilmiy
texnik rivojlanish munosabati bilan hujjatlarni texnika usulida olib
boriladigan tekshiruvlari yangi mukammal
asbob uskunalar yordamida
o‘tkazilmoqda. Jumladan, hujjatlarni tekshirishga moslangan DVS-
Portable videoskaneri, “VSC-2000” videospektral
komporatori rangsiz
yozuvlarning botiq izlari asosida tiklash uchun mo‘ljallangan. “ESDA”
apparati, “Leica DMC” mikroskopi, “Foram-685” Romanovskiy