Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Ma’lumot uchun! 
Imzo, qanday shaklda yozilganidan qat’i nazar, 
xatshunoslik tekshiruv ob’ekti bo‘lib dastxat belgilar ta’rifi bularga to‘la 
tatbiq qilinadi. Lekin imzoning o‘ziga xos xatshunoslik ekspertizasi 
xususiyatlari ham mavjud. Imzoda muayyan shaxsning guvohlik belgisi 
bo‘lgani sababli uni tekshirish uslubiyoti avval imzo asl qalbakiligini 
aniqlashni talab qiladi. Faqatgina imzo qalbakilashtirilganligi qat’iy 
tasdiqlansa, uni gumon qilinuvchi shaxslardan qaysi biri bajarganligini 
tekshirish mumkin. Xususan “A” nomidan qo‘yilgan imzo “A”ning o‘zi 
bajarganligini aniqlamasdan, shu imzoni “B” yoki “V” tomonidan 
bajarilganmikan degan masalani hal qilib bo‘lmaydi. Ammo havoyi 
(haqiqatda bo‘lmagan) va tergov tomonidan aniqlanmagan shaxslar 
nomidan qo‘yilgan imzolarni tekshirish bu qoidadan istisnodir. 


119 
Qo‘lyozma xatlarini aynan kim tomonidan qanday sharoitda yoki 
holatda yozilganligini aniqlash uchun bir guruhdagi umumiy yoki 
xususiy belgilarning o‘zi kifoya bo‘lmaydi, balki qat’iy aniq va bexato 
xulosa berish uchun belgilarning barcha guruhlari yig‘indisi tavsiflanadi. 
Namuna bo‘lgan hujjatlarning yozuv xat belgilar yig‘indisiga solishtirib 
tekshirilgandan so‘nggina aniq xulosaga kelish mumkin bo‘ladi. 
 
Xatshunoslik tekshiruvining uslubiyoti 
Xatshunoslik ekspertizasini o‘tkazishda qo‘llanadigan tekshiruv 
usullari kriminalistik diagnostika va identifikatsiya nazariyalarining 
umumiy uslubiyoti qoidasiga asosan o‘tkaziladi. SHu bilan birga mazkur 
ekspertizaning mohiyati, tekshiriluvchi ob’ektlarning o‘ziga xos bo‘lgan 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ekspert zarur bo‘lgan boshqa 
usullarni ham qo‘llashi mumkin. 
Tekshiruvning 
birinchi bosqichida
ekspert yuborilgan ekspertiza 
materiali bilan tanishib chiqadi, uni tayinlash uchun qanday zarurat 
tug‘ilganligini, ekspertiza hal qiladigan masalalar aniq ifodalanganligi, 
tekshirish uchun yuborilgan ob’ektlarning (hujjatlarning) mavjudligi va 
boshqa ma’lumotlarni aniqlaydi. 
Ekspert tekshiruvining navbatdagi vazifasi ashyoviy dalil bo‘lgan 
hujjatning qo‘lyozma matnlarini (harfli, raqamli) va imzolarning 
mansublik sifatlari va xususiy belgilarini tahlil qilishdir. Ular ichida bir 
xil harflarda takrorlanadigan va turg‘unlik xususiyatiga ega bo‘lgan, 
mustahkam shakllangan belgilar inobatga olinadi. 
Taqqoslab tekshirishga yuborilgan dastxat (imzo) namunalari ham 
shu tariqa alohida-alohida ko‘zdan kechiriladi. Qo‘lyozmani (imzoni) 
bajarishda gumon qilingan shaxslarning soniga qarab, ularning 
ayrimlarini guruh mansubligi asosida tanlab dastxatlardagi umumiy va 
xususiy belgilarni aks ettiradigan jadval chizmalar tayyorlanadi. 
Dastxat va imzodagi belgilar harflarning alfavit tartibida 
joylashuvi asosida tahlil qilinib, ulardagi xususiyat tegishli tartibda 
jadvalga tushirilsa solishtirib tekshirish bosqichida bir muncha qulaylik 
tug‘iladi. Birinchi navbatda umumiy belgilarga e’tibor beriladi, chunki 
ular yozgan shaxsning umumiy yozish saviyasi, dastxatning 
shakllanishidan dalolat berib, gumon qilinuvchi shaxslar orasidan ayrim 
shaxslarning xatini ajratib olish imkonini beradi.
Alohida ko‘zdan kechirish jarayonida ekspertizaga taqdim 
etiladigan namunalar ham o‘zaro solishtiriladi, ya’ni bir shaxs nomidan 


120 
yuborilgan dastxat, imzo namunalari (erkin, eksperimental va boshqa 
turdagilar) necha shaxs tomonidan bajarilgani ham hal qilinadi, shundan 
so‘ng ularni ashyoviy dalil bo‘lgan hujjatning qo‘lyozmasi bilan 
solishtiriladi. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish