Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Gumon qilinuvchi hamda ayblanuvchilarni so‘roq qilish



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet353/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Gumon qilinuvchi hamda ayblanuvchilarni so‘roq qilish 
 
Gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarni so‘roq qilish eng keng 
tarqalgan va murakkab tergov harakati hisoblanadi. Asirga olish 
bo‘yicha ishlarga doir dastlabki tergov harakatlarining kompleksida 
gumon qilinuvchini so‘roq qilish alohida o‘ringa ega. Ushbu tergov 
harakati oqibatida tergovchi gumon qilinuvchining (ablanuvchining) 
aybini tasdiqlaydigan yoki rad etadigan qo‘shimcha dalillarni oladi, 
chunki aynan u sodir etilgan qilmishning barcha holatlari va 
sharoitlarini, hamda uning sabablarini biladi. 
Terrorchilar oldindan qo‘lga olish va so‘roq qilish holatida 
tergovchiga qarshilik ko‘rsatish uchun alohida tayyorgarlik ko‘radi. Ular 
qanday sharoitlarni yashirish kerakligini kelishib oladi, tergovda o‘zini 
qanday tutish kerakligini muhokama qilishadi. Kriminalistik nazariya va 
tergov amaliyotining ko‘rsatishicha, tergovchining bu haqidagi 
tasavvurlari to‘liq bo‘lmaydi. Jinoyatni ochish va uning mazmunini 
bilish jarayonida u terrorchilarning harakatlaridan biroz orqada qoladi. 
Vaqt bo‘yicha imkoniyatga ega bo‘lgan gumon qilinuvchi tergovchini 
maksimal murakkab vaziyatda ish ko‘rishga majbur qiladi. 
Asirga olish holatida vaqt yo‘qligiga qaramasdan, gumon qilinuvchi 
so‘roq qilinishidan oldin quyidagi tayyorgarlik choralari ko‘rilishi kerak: 
hodisa joyini ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq materiallar (rejalar, 
sxemalar, fotosuratlar, videoyozuvlar); ashyoviy dalillarni ko‘zdan 
kechirish bayonnomasi va guvohlarning so‘roq qilinganligi hujjatlari; 
texnik komissiyalar va ekspertiza materiallari va shu kabilarni sinchiklab 
o‘rganish zarur. 
Qo‘lga olingan terrorchini so‘roq qilish o‘z vaqtida va maqsadli 
bo‘lishi zarur. Tergovchi aynan qanday savollar aniqlanishi lozimligini 
bilishi va tartibini belgilashi, shuningdek, dalillarni tayyorlab qo‘yishi 
lozim. Terrorchiik aktda qatnashganligini tan olayotgan gumon 


525 
qilinuvchi so‘roq qilinganda quyidagi savollar beriladi: Jinoiy sheriklar 
mavjudmi, bo‘lsa ular haqida ma’lumotlar, tashqi ko‘rinishi, manzil va 
mazkur jinoyatdagi roli; ular qanday usul va aloqalardan foydalangan; 
qaerda, qachon va kimdan qurol, o‘q dorilar va portlatish vositalarni 
olgan; qurollar qaerda saqlanmoqda; qaerda va qay vaqtda portlatish 
uskunalari jamlangan, uni tuzishda qanday vosita va asboblardan 
foydalanilgan; qo‘poruvchilik harakatlari qanday tayyorlangan va 
o‘tkazilgan; nega aynan shunday usul tanlangan va ko‘zlangan asosiy 
maqsad; mamlakatga va ob’ektlarga (aeroport, vokzal, havo kemasi, 
yashash joyi va shu kabilar) kirish yo‘llari qanday. 
Agar gumon qilinuvchi qo‘lga olingan ob’ektda yoki o‘sha 
ob’ektning joylashuv joyida ta’qib qilish natijasida ushlangan bo‘lsa uni 
so‘roq qilishni quyidagi savollarni berishdan boshlash maqsadga 
muvofiq: u voqea joyida nima sababdan yashiringan? Terrorchiik akt 
sodir bo‘lishidan oldingi davrda qaerda bo‘lgan va nima bilan mashg‘ul 
bo‘lgan? Jinoyatchini fosh qilish uchun gumon qilinuvchining biror 
joyda bo‘lishidagi mantiqsizlik, ta’qibdan qochish, yashirinish, qarshilik 
ko‘rsatish va h.k.lar kabi qo‘lga olishning sharoitlaridan foydalanish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Tezkor amalga oshirilgan qo‘lga 
olishdan va berilgan savollarning tuzilishidan o‘zini yo‘qotib qo‘ygan 
gumon qilinuvchi shaxs ko‘pincha mantiqqa zid va o‘zaro nomuvofiq 
tushuntirishlar berishni boshlaydi. Bu holatni tergovchida mavjud 
bo‘lgan dalillar bilan fosh qilish uchun xam qo‘llash lozim. 
Gumon qilinuvchi ashyoviy dalil (qurol, PU yoki uning detallari) 
bilan qo‘lga olingan taqdirda o‘sha vaqtning o‘zidayoq shaxsiy tintuv va 
tanib olish uchun ko‘rsatish o‘tkazilganidan keyin ovoz yozuv yoki 
videoyozuvdan foydalangan holda so‘roq qilinadi. So‘roq qilish 
chog‘ida quyidagilar aniqlanadi: jinoiy sheriklar mavjudmi, undan olib 
qo‘yilgan portlovchi uskunaning ishlash prinsipi, o‘zini o‘zi yo‘q 
qiluvchi mexanizmning mavjudligi; portlash vaqti qanday aniqlanadi; 
boshqa portlatish harakatlari amalga oshiriladimi, qachon va qaerda; 
qurol mavjudmi, qanday turga mansub, qaerda, kimda, unga o‘q dorilar 
mavjudmi. 
Terrorchining yashash joyida tintuv amalga oshirilgan bo‘lsa, 
terrorchi topilgan va olib qo‘yilgan ish bilan bog‘liq predmetlar, 
hujjatlar, boshqa dalillarga oid so‘roq qilinishi kerak.

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish