Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet349/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish 
Birinchi bo‘lib tergovchi va mutaxassis tomonidan odatiy voqea 
joyini ko‘zdan kechirish taktikasi terrorizm jinoyatini tergov qilish 
chog‘ida o‘zgaradi, avvalo joyni saper tekshirib chiqadi.
Zararsizlantirishning ilk bosqichlarida mutaxassis hodisa joyini 
obzorli va orientirli suratga olishni hamda videoyozuvini amalga 
oshiradi, shuningdek, PV bo‘lishi mumkin bo‘lgan jonyni saperlar bilan 
kelishib oladi. 
Agar saperlar o‘sha joyda ish olib borishga ruxsat bersa, mutaxassis 
transport vositalari, oyoq kiyimi, kiyim, predmetlar (sigaret qoldiqlari, 
shoxlar), mikrojismlar izlarini qidiradi va oladi. 
Ammo, qoida tariqasida, mutaxassis bevosita PVning joylashgan 
joyini ko‘zdan kechira olmaydi. Bunday sharoitda, portlatish uskunasi 
zararsizlantirilgunga qadar saperning o‘zi izlarni topish va olish 
majburiyatiga ega bo‘ladi. Ko‘zdan kechirish chog‘ida saperlar, 
portlovchi texnik mutaxassislar, kriminalist mutaxassislar, tezkor 
xodimlar va boshqa qatnashchilar o‘zaro maslahatlashadi,yu yuzaga 
kelayotgan masalalarning turli echimlari o‘ylab ko‘riladi. 
Ko‘zdan kechirishning o‘ziga xosligiga uni boshlash vaqtini 
aniqlashdagi taktik qiyinchiliklar kiradi, chunki voqea joyiga tergov 
E’tibor qarating!
Hodisa joyini ko‘zdan kechirishning ishchi 
bosqichi tegishli mutaxassisning yozma xulosasi olingandan so‘ng 
boshlanib, ushbu xulosada voqea joyini dastlabki ko‘zdan kechirish, 
ushbu joyda yuqori xavga ega bo‘lgan predmetning yo‘qligi, takroriy 
terrorchiik akt sodir etilmasligi bayon etilgan bo‘ladi. 


514 
guruhi, qoida tariqasida, tegishli xabar kelib tushgandan so‘ng etib 
keladi, bu vaqt davomida yong‘in davom etishi mumkin (masalan, 
transport vositasi yonishi), qutqaruv guruhlari jabrlanuvchilarni topish 
va ozod qilish ishlarini olib boradi. 
Yong‘in joyi ko‘zdan kechirilganda ko‘zdan kechirish xam 
ekssentrik xam konsentrik (markazga qarab) amalga oshirilishi mumkin. 
Birinchi usul yong‘in boshlangan joy aniq bilinib turgan holatda 
o‘tkaziladi, aks holda konsentrik ko‘zdan kechirish amalga oshiriladi. 
Ko‘zdan kechirish vaqtida yong‘in boshlanish joyini belgilash dastlabki 
hisoblanib, ekspert tadqiqotidan keyingina aniq belgilanishini nazarda 
tutishimiz lozim.
Aksariyat hollarda, amaliyot ko‘rsatishicha terrorizmni tergov 
qilishda portlash texnik, yong‘in texnik, trasologik, sud tibbiy 
ekspertizalar tayinlanadi. SHuningdek, xatshunoslik, muallifshunoslik, 
materiallar va moddalarning kompleks ekspertizasi va boshqa ekspertiza 
turlari o‘tkazilishi mumkin. 
Hodisa joyi ko‘zdan kechirilayotganda yoki terrorizm bilan tahdid 
qilingan xatda izlar topilgan (barmoq, oyoq kiyimi, kiyim, transport 
vositasi) hollarda trasologik ekspertizalarni tayinlash va o‘tkazish 
zaruriyati yuzaga keladi. Qoida tariqasida, mazkur turdagi ishlarning ilk 
bosqichlarida gumon qilinuvchi aniqlanmagan bo‘ladi, shu sababli, 
qoldirilgan izlar topilishi mumkin bo‘lgan shaxsni yoki ob’ektlarni 
qidirish va aniqlashga yordam beruvchi ma’lumotlarni olish maqsadida 
turli diagnostik ekspertizalar tayinlanadi va o‘tkaziladi. 
Agar voqea joyida portlashning yaqqol izlari bo‘lsa yoki portlatish 
uskunasi yoxud unga o‘xshash yuqori xavf keltirib chiqaruvchi buyum 
topilgan bo‘lsa, ko‘zdan kechirish ekssentrik, ya’ni markazdan boshlab 
amalga oshiriladi. Barcha hollarda ko‘zdan kechirishda hududda izlar va 
mikroob’ektlarni yo‘q qilmaslik uchun ehtiyotkor bo‘lish lozim. 
Portlatish uskunasi yoxud unga o‘xshash yuqori xavf keltirib 
chiqaruvchi buyum topilgan holatda ko‘zdan kechirishda topilgan 
buyumning atrofida spiralsimon amalga oshirilishi lozim. Mazkur holda 
hodisa joyini ko‘zdan kechirish shu turdagi ishlardagi kabi o‘tkazilib, 
umumiy kriminalistik qoidalardan kelib chiqadi. Biroq ishchi bosqichida 
voqea joyini ko‘zdan kechirish taktikasining o‘ziga xos xususiyatlaridan 
biri shunday buyum topilgan joyning o‘zini ko‘zdan kechirishdadir. 
Portlashsiz zararsizlantirilgan portlovchi predmet kriminalist 
mutaxassis tomonidan ko‘zdan kechiriladi va dastlabki tadqiqot 
o‘tkaziladi (qismlarga bo‘lmasdan). Zararsizlantirigan portlovchi 


515 
predmetni ko‘zdan kechirish uni statik holatda umumiy ko‘zdan 
kechirishdan boshlanadi. Predmet turga xos, tipga oid, guruhga xos 
belgilar, shuningdek, uning tuzilishiga kiruvchi ob’ektlarning (masalan, 
PU zaryadi va uning tashqi qoplamasi; uning tarkibidagi qurilmalarni 
ishga tushirish mexanizmi; zarar etkazuvchi elementlari va boshqalar) 
barcha individual belgilari asosida ko‘rib chiqiladi, undan tashqari uning 
aniq joylashgan joyi va o‘zaro joylashuvi aniqlanadi. 
Statik ko‘zdan kechirish oqibatida portlovchi predmetda tashqi 
qoplama, kamuflyaj, ishga tushirish mexanizmi detallaridagi nosozliklar 
ko‘rilishi mumkin bo‘lib, ular boshqa shaxslar (arizachi yoki portlash 
texnik 
mutaxassisi) 
tomonidan 
predmetni 
ochish 
va 
uni 
zararsizlantirishda kelib chiqadi. 
Agar portlovchi qurilma kabi yuqori xavf keltirib chiqaruvchiga 
o‘xshash predmet ko‘zdan kechirilayotgan bo‘lsa, ko‘rib chiqishda 
uning tashqi ko‘rinishi, tuzilishidagi tarkibiy qismlari, hajmi, predmet 
rangi va turli markerli ma’lumotlari, uni tashish (transportirovka) va 
yashirish usullariga alohida e’tibor qaratiladi. 
Shundan so‘ng, predmet (zararsizlantirilgan portlovchi qurilma yoki 
yuqori xavf keltirib chiqaruvchiga o‘xshash predmet) oldindan 
tayyorlangan ish joyiga olib o‘tiladi, aksariyat hollarda ko‘chib yuruvchi 
kriminalistik laboratoriyaga o‘tkaziladi va u erda sinchiklab tekshiriladi 
(ishchi bosqichning dinamik darajasi). SHu bilan birga, ob’ekt umumiy 
kriminalistik taktika qoidalari va usullariga rioya qilingan holda 
mikroob’ektlar bo‘lmaydigan va barmoq izlari qolmaydigan qismlar 
yordamida qo‘lga olib ko‘riladi. 
Turli kriminalistik texnik vositalarni, misol uchun, turli hajmdagi 
kriminalistik lupalar, kriminalistik magnitlar (magnit xususiyatli 
buyumlarni qidirish uchun), elektron optik o‘zgartirgich, ultrafiolet 
lampalar (turli rang xususiyatlarida ob’ektning ustki qismini yoritish 
uchun)dan foydalanib, qidiruvning vizual metodini qo‘llagan holatda 
sinchiklab ko‘zdan kechirilganda, quyidagi izlar topilishi mumkin: 
- ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan qo‘l izlari;
-inson va hayvonlar sochlari;
-er qatlami va o‘simliklarning qismlari;
-tekstil to‘qimalar;
-texnogen zarrachalar;
-qurol va instrumentlar izlari. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish