Dastlabki tergov harakatlari
Jinoyat ustida qo‘lga olish va tintuv o‘tkazish bayonnomalari
dastlabki dalil tarzida bo‘lib, muayyan bir shaxsda giyohvandlik
vositalari topilganligini bildiradi, xolos. Bunday vaziyat versiya tuzishda
sodir etilgan jinoyat usuli va tezkor-qidiruv ishlari natijalariga oid
ma’lumotlarga alohida ahamiyat berishni talab etadi.
535
Gumon qilingan shaxsning turmush tarzi, jinoyat sodir etish
usullari, uning kimlar bilan uchrashganligi va qaysi marshrut bo‘yicha
safar qilganligi versiya tuzish uchun boshlang‘ich material bo‘lib xizmat
qiladi.
Eng tipik versiyani quyidagi ko‘rinishda taklif etish mumkin.
Giyohvandlik vositalarni qo‘lga olishda:a) qo‘lga olingan shaxs
giyohvandlik vositasi yoki psixotropik moddalarni olib-sotarga ulgurji
pullaydi, savdogar esa uni chakana narxda sotadi; b) qo‘lga olingan
shaxs faqat olib-sotar tomonidan yollangan shaxs; v) qo‘lga olingan
shaxs giyohvandlik vositalar o‘g‘risi; g) qo‘lga olingan tasodifiy unga
yukni eltib berish topishirilgan, u nimani olib ketayotganligini bilmaydi;
d) qo‘lga olingan shaxs – giyohvand, u giyohvandlik vositasini o‘zi
iste’mol qilish uchun o‘g‘irlab olgan yoki tayyorlagan; e) qo‘lga olingan
shaxs giyohvandlik vositasini dorixonadan yoki davolash muassasasidan
o‘g‘irlab olgan.
Giyohvandlik vositasini sotayotganda qo‘lga olinganda: a)sotuvchi
ikkinchi darajali shaxs bo‘lib, unga giyohvandlik vositasini sotish
vazifasi yuklatilgan; b) sotuvchi giyohvandlik vositalarini o‘g‘irlab
olgan; v) sotuvchi afyun va nasha bilan savdo qiladi, bu xil moddalarni
ko‘tarasiga sotadi, undan chakana savdo bilan shug‘ullanuvchilar xarid
qiladi; g)sotuvchi giyohvandlik vositalarni uni etishtiradigan yoki
tayyorlaydigan joydan oladi; d) sotuvchi o‘ziga o‘xshash olib-sotar va
eltib beruvchi bilan hamkorlik qiladi; e) xaridor narkotik moddani o‘zi
iste’mol qiladi; j) xaridor narkotik moddalar bilan savdo qiladi,
ko‘tarasiga sotib oladi va joylarga olib borib maydalab pullaydi; z)
xaridor bangixona egasi, giyohvandlik vositasi yoki psixotrop
moddalarni bangilar iste’mol qilishi uchun oladi; i) xaridor giyohvandlik
vositalarni maydalab sotish uchun oladi; k) xaridor- giyohvand shaxs,
ayni vaqtda o‘z xarajatlarini qoplash uchun giyohvandlik vositani
maydalab sotadi.
Olg‘a surilgan versiyalarni tekshirish turli tergov harakatlari,
ayniqsa tintuv o‘tkazish, so‘roq qilish, ekspertiza tayinlash orqali amalga
oshiriladi.
Tergov versiyalarni maqsadga muvofiq tekshirish uchun tergov
ishlarini yaxshi rejalashtirish zarur. U murakkab guruhli ishlarni tergov
qilishda juda muhim hisoblanadi, bunda turli shahar va tumanlarda
tergov harakatlari o‘tkaziladi.
Guruhlar tomonidan sodir etilgan ko‘p epizodli jinoyat ishlarini
tergov qilishda yangidan-yangi holatlar ochiladi. SHunga muvofiq yangi
536
versiyalar vujudga keladi, natijada tergov rejasi o‘zgaradi, yangi
harakatlar bilan to‘ldiriladi.
Niqoblangan guruhli giyohvandfurushlar tomonidan sodir etilgan
jinoyatni tergov qilishda IIOning tezkor hodimlari bilan hamkorlikda ish
yuritish lozim. SHuning uchun alohida qidiruv va tergov harakatlarini
amalga oshirish to‘g‘risida surishtiruv organlariga topshiriq berish
nazarda tutilishi kerak. Qoidaga ko‘ra biror joyga borishni ham
rejalashtirish lozim, chunki ko‘rilayotgan jinoyat ishlari boshqa shahar,
tuman va mamlakatlarda yurgan jinoyat guruhi a’zolari aniqlanishini
talab etadi.
Mazkur toifaga oid ishlar yuzasidan tintuv o‘tkazishning o‘ziga
xos tomonlari muayyan vaziyatlarga ko‘ra amalga oshiriladi.
Giyohvandlik vosita, psixotrop modda yoki prokursorni tegishli
ruxsatnomasiz oz miqdorda bo‘lsa ham saqlash jinoyat hisoblanadi. Bu
haqda jinoyatchi bilgani uchun uni saqlash usullarini o‘ylab topadi,
aniqlash qiyin joylarni tanlaydi. Jinoyat ishtirokchilari ko‘p hollarda
qarindosh va yaqin munosabatdagi shaxslar bo‘lib chiqadi. Ular
giyohvandlik vositalarni turli vaqtlarda turli xonadonlarda saqlaydilar.
Qishloq joylarda ko‘knori o‘simliklari etishtiradiganlar tomonidan
tayyorlangan mahsulotlarni yashirish imkoniyatlari katta bo‘ladi.
Jinoyatchilar
javobgarlikdan
qochish
maqsadida
qo‘llaniladigan
usullardan biri – ularning transportda jo‘natayotgan buyumlari ichidan,
hovlidagi
qurilmalardan
va
tomorqa
uchastkalaridan
topilgan
giyohvandlik moddalari xaqida hech narsa bilmasliklari haqida vaj
qilishdir. Bunday holatni gumon qilingan shaxs bo‘yniga qo‘yish ancha
qiyin kechadi. Giyohvandlik moddalarni saqlab qo‘yadigan, eltib
beradigan,
olib-sotadigan,
vositachilik
qiladiganlar
to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni tezkor-qidiruv yo‘li bilan bilsa bo‘ladi.
Tintuv o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishda guruh ishtirokchilari
to‘g‘risida tegishli ma’lumotlarga ega bo‘lish kerak, shunda tintuv
natijalari belgilangan versiyani tekshirish imkoniyatini beradi. YAngi
versiyalar paydo bo‘ladi, oldingisiga tuzatishlar kiritiladi. Gumon
qilinganlar uyidan giyohvandlik vosita yoki uning izlari topilgan
taqdirda faraz qilish mumkinki, mazkur shaxs jinoyatdan tushgan
daromadning juda oz qisminigina oladi.
Tintuv vaqtida turli o‘ramdagi tarozilar, giyohvand vositalar izlari,
qoldiqlari topilgan bo‘lsa, bu shaxs giyohvandlik vositalari tayyorlovchi
yoki vositachi bo‘lishi ehtimol. Jinoyatning tashkilotchisi qilinganda
537
uning boshqalar bilan aloqasini ko‘rsatadigan hujjatlarga ko‘proq
ahamiyat berish lozim.
Tintuv o‘tkazishning asosiy vazifasi giyohvandlik vositalari va
boshqa ashyoviy dalillarni topishdan iborat. Giyohvandlik vositalarini
o‘lchash, qadoqlash uchun ishlatiladigan tarozilar; giyohvand vosita
olinadigan o‘simlik qoldiqlari; nasha tayyorlashda foydalaniladigan
elak, xaltachalar, presslar, shprits, maxsus naychalar; jinoyat yo‘li bilan
topilgan pullar va qimmatli buyumlar; qalbaki retseptlar va h.k. Jinoyat
ishtirokchilarining yozishmalarini, pochta vositasida o‘tkazilgan pul
hisob-kitoblarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun
pochta-telegraf muassasalarida korrespondensiyalarni kuzatish zarurati
paydo bo‘ladi.
Tintuv vaqtida topilgan hujjatlar jinoyatchilarning niqoblangan
aloqalarini aniqlash imkoniyatini beradi. Bunday xujjatlarga xat,
telegramma, pul perevodlari, posilkalarga tegishli ma’lumotnoma,
yodnomalar, bloknotdagi turli yozuvlar, saqlash kamerasi kvitansiyasi,
shaharlararo va xalqaro so‘zlashuvlar to‘g‘risida kvitansiyalar,
mehmonxona hisob-kitob qog‘ozlari, samolyot, temir yo‘l, avtobus,
tramvay biletlari kabilar kiradi.
Topilgan yozishmalar sinchklovlik bilan o‘rganilishi lozim. Tajriba
ko‘rsatadiki, bunday yozishmalar sirli ma’nolarga ega bo‘ladi, ularda
jinoyatni niqoblash maqsadida shifrlangan usuldan foydalanadilar,
jargon so‘zlarni ishlatadilar. Giyohvandlik vositalari saqlanadigan
yashirin joyni aniqlash alohida mahorat va sinchkovlik talab qiladi.
Ularni ba’zan turli oziq-ovqat mahsulotlari solingan idishlarda
saqlaydilar, ustiga yog‘, smetana, moy quyadilar, krupa, un kabilar
soladilar.
Devorlarda,
deraza
tagida,
mebellarda,
bolalar
qo‘g‘irchrqlarida yashiradilar, shuningdek xo‘jalik qurilishlari, tomorqa
uchastkalari, havlilarda, uchoq atrofida, molxonalarda yashirin joy
tayyorlaydilar. Tintuvda o‘rgatilgan itlardan foydalanish maqsadga
muvofiq.
Tintuv natijalari bayonnomada o‘z ifodasini topishi kerak.
Yashirin joy topilganda uni tasvirlab ko‘rsatish va suratini olish lozim.
Turli
joydan
topilgangiyohvandlik
vositalari
alohida-alohida
joylashtirilishi va ekspertizaga topshirilishilozim. Ekspertiza ularning
tarkibi, tozalik va namlik darajasini aniq belgilab beradi.
Hodisa ro‘y bergan joyni ko‘zdan kechirish, odatda, giyohvand
vositalarini
dorixona,
davolash
muassasalari,
farmatsevtika
538
korxonalarida o‘g‘irlik sodir etilganda va bunday ob’ektlarda
bosqinchilik yuz berganda amalga oshiriladi.
Giyohvand vositalar saqlangan joyni sinchiklab ko‘zdan kechirish,
jinoyatchining qo‘l, oyoq izlarini aniqlashga e’tiborni qaratish lozim.
Giyohvand vositalar joylangan idish va u saqlanadigan joyni ochishda
ishlatilgan qurollarni ham tekshirish talab etiladi. Hodisa ro‘y bergan
joydagi izlarni foto suratga olinishi va bayonnomada aniq-ravshan
ko‘rsatilishi lozim.
Ko‘knori etishtiradigan joy aniqlanganda, ularda qancha mahsulot
etishtirilishi, qancha hosil olinishi mumkinligi, maydonning sxemasi,
hajmi va ekinlarning barchasi yo‘qotilganligi, bir necha tun namuna
olingani bayonnomada ko‘rsatilishi lozim.
Ko‘knori qaysi ekinlar orasida ekilganligi, tekshirish vaqtida
ekinlar qanday holatda bo‘lganligi, pishgan, pishmagan, yig‘ishtirib
olingan, bir qismi yig‘ishtirib olingan, odam izi, hayvon va transport
vositasi
izlari
hisobga
olinadi.
Bunday
tadbirlarda
agronom
mutaxassislarni jalb etish lozim.
Giyohvand vositalar tayyorlanadigan, qayta ishlanadigan yoxud
iste’mol qilinadigan xonani ko‘zdan kechirishda turli moslamalarga,
xom ashyolarga hamda idishdagi izlarga e’tibor berish zarur. SHisha va
metall idishlarda aniqlangan giyohvand vosita va qo‘l izlari eng asosli
ashyoviy dalil hisoblanadi.
Gumon qilinganlarni jinoyat ustida qo‘lga olishda guvoh
bo‘lganlar asosan ushbu vaziyat bilan bog‘liq shaxs hisoblanadilar. Bu
guvohlarni so‘roq qilish zarur, chunki qo‘lga olingan jinoyatchi uni fosh
qiladigan predmetlar meniki emas, deb tonishi hech gap emas.
Agar jinoyatchi giyohvand vositalarni olib ketayotganda qo‘lga
olinsa, avtobus va trolleybus yoki boshqa transport vositalariga qaerda
o‘tirgani, qanday odamlar uni kuzatgani, uning qo‘lida nima bor
ekanligini aniqlash zarur. Bu savollarga yo‘lda hamroh bo‘lganlar,
avtotransport haydovchilari, avtobus konduktorlari va kassirlari javob
berishlari mumkin.
YUk saqlanadigan joy xodimi so‘roq qilinganda saqlashga
qo‘yilgan yukning hidiga urg‘u beriladi. Ammo jinoyatchilar bu holatni
oldindan bilib, hidini niqoblashi mumkin (qalampir, atir kabilardan
foydalanadilar).
Olib-sotarlar
ko‘p hollarda transportning taksi turidan
foydalanadilar. Taksi haydovchilar mijozini qaysi manzilga etkazib
539
qo‘ygani va kimlar bilan uchrashgani to‘g‘risida ma’lumot berishi
mumkin.
Qarindosh-urug‘lari,
tanish-bilishlari,
qo‘ni-qo‘shnilaridan
ayblanuvchining hayot tarzi, hamtavoqlari, uchrashuvlari va safarlari
to‘g‘risida so‘rash kerak. Guvohlarni so‘roq qilish jinoyatchi qo‘lga
olingandan keyin darhol o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. Aks holda ular
o‘zaro til biriktirib, yolg‘on ko‘rsatuv berishga kelishib olishlari
mumkin.
Giyohvandlar orasidan guvoh qidirish lozim, ular mazkur ish
yuzasidan ko‘rsatuv berishlari mumkin. O‘zining yomon holatga tushib
qolganligini anglab etgan va davolanishga intilayotgan shaxslar odatda
giyohvand vositalarni tarqatayotganlarni ayblaydilar va to‘g‘ri ko‘rsatuv
berishga moyil bo‘ladilar.
Hali giyohvand darajasiga etib ulgirmagan va uni qabul qilaverish
nimalarga olib borishini yaxshi tushunib yetmagan shaxslarga bu
qilmish yaxshi oqibatga olib bormasligini, agar bu zahri-qotilni iste’mol
qilishni to‘xtatmasa, nimalarga duchor bo‘lishini tushuntirish foydadan
xoli emas. Bu suhbatga shifokor va ruhshunoslarni ham jalb etish kerak.
Surunkali giyohvand shaxslar davolanishni xayoliga ham
keltirmaydi, o‘z xatti-harakatlarini tanqidiy ko‘z bilan ko‘rmaydi, ular
tanazzulga yuz tutgan shaxslardir. Bunday shaxslardan haqiqiy
ma’lumotlarni olish ancha qiyin kechadi.
Giyohvandguvoh
abstinensiyaga
tushgan
vaqtda
olingan
ma’lumotlarga baho berishda ehtiyot bo‘lish kerak.Giyohvand
ayblanuvchi manfaatini yoqlab, shantaj qilishgacha borishi, xatto
jinoyatga qo‘l urushi, o‘zi bergan ko‘rsatuvlardan tonishi ham mumkin.
SHuning uchun ham u ko‘rsatuvlarni qayta-qayta tekshirib ko‘rish,
boshqa manbalar bilan solishtirish maqsadga muvofiq.
Giyohvand vositalarni saqlovchilarga bu xildagi xatti-harakatning
yomon oqibatlarga olib kelishini tushuntirganda guruh tashkilotchisini
qo‘lga olish muhimligini uqtirish samarali natijalar beradi. Agar gumon
qilingan unga saqlash uchun berilgan narsa nima ekanligini bilmagan
edim, deb ko‘rsatuv bersa, uning bu ko‘rsatuvlarini yig‘ilgan
ma’lumotlar bilan solishtirib ko‘rish zarur.
Jinoyatning tashkilotchilari va asosiy ishtirokchilarini so‘roq
qilishda tintuv vaqtida topilgan dalillar, guvohlar ko‘rsatuvlari, ekspert
xulosalaridan mohirona foydalanilmasa, so‘roq yaxshi natija bermaydi.
540
Nihoyat, giyohvandlik vositalari va psixotropik moddalar bilan
bog‘liq har bir jinoyat ishi bo‘yicha bu xil jinoyatlarning oldini olish eng
zarur vazifadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |