Radioaktivlikka oid tahlil.
Materiallar va moddalarni tadqiq
etishda yana bir yuqori ta’sirchan uslub radioaktivlikka oid tahlil
qo‘llanilishi mumkin. Bu uslub ob’ekt yadro reaktorida nurlatilganda
unda paydo bo‘ladigan sun’iy radioaktivlikni o‘rganishga asoslangan.
Kriminalistik texnikaning bu uslubi yaqindan o‘q uzilganda,
to‘siqlarda qolgan izlarni, o‘q uzgan odamda qolgan izlarni, biologik
ob’ektlardagi zaharli moddalarni, biologik to‘qimalardagi mikro
elementlarni aniqlashda qo‘llaniladi.
So‘nggi vaqtlarda turli kriminalistika ob’ektlarini to‘plash, ular
ustida ishlash, tadqiq qilish ishida kompyuter texnikasidan foydalanish
imkoniyatlari ko‘zga tashlanmoqda. Kompyuter dastlabki marta
daktilonusxa va dastxatshunoslik tadqiqotlarida qo‘llanilgan.
Daktilonusxada hozirgi vaqtda kodlashtirilgan barmoq izlarini
mashina yordamida qidirib topish va qiyoslash uslubi qo‘llanilmokda.
Bu uslub dastlabki tarzda kodlashtirilmagan holda maxsus qurilma
yordamida
papillyar
naqshlarni
avtomatik
tanish
qoidalariga
asoslangandir.
Kriminalistika faoliyatida bunday vositalardan foydalanish voqea
sodir bo‘lgan joyda topilgan barmoq izlarini kompyuter xotirasidagi
barmoq izlari bilan tezkor ravishda solishtirish imkonini beradi. Maxsus
ishlab chiqarilgan algoritm dasturi yordamida u yoki bu qo‘lyozma
matnini bajargan shaxsni identifikatsiyalash imkoniyatini vujudga
keltiradi.
Kriminalistik texnikaning tergov va tezkor-qidiruv ishlarida
qo‘llanilishi
Kriminalistik texnikani tezkor xodimlar, tergovchilar mutaxassis
kriminalistlar, sud o‘z vakolati doiralarida qo‘llaydilar. Bunday texnika
jumlasiga tergovchilar va kriminalistika ekspertizasi bo‘limlarining
xodimlari foydalanadigan ilmiy-texnika vositalarining komplektlari,
Ma'lumot uchun! Kriminalistik tehnikaning taraqqiyoti ikki
yo'nalishda boradi. Bir tomondan kriminalistik tehnika muammolarini
umum-nazariy jihatdan ishlab chiqilishi va takomillashtirilishi,
ikkinchi tomondan dalil-isbotlarni topish, olib qo'yish, qayd etish va
tadqiq qilish, ular ustida ishlashning aniq tehnika-kriminalistika
vositalari qamda yo'l-yo'riqlarini ishlab chiqishga qaratilgan.
54
ko‘chma kriminalistika laboratoriyalari, ovoz yozish apparaturalari
kiradi. Jinoyatlarni oldini olish va jinoyatlarni jadal aniqlash,
jinoyatchilarni qidirish va ushlash uchun tezkor ishlarda qo‘llaniladigan
vositalar, turli xil signal beruvchi qo‘riqlash qurilmalari, hujjatlarni
qalbakilashtirishdan himoyalash vositalari-kimyoviy jihozlar ham
kriminalistik texnika jumlasiga kiradi.
Kriminalistik texnika vositalaridan tezkor-qidiruv tadbirlarini
o‘tkazishda, ko‘zdan kechirish, tintuv, so‘roq, eksperiment va boshqa
tergov harakatlarini bajarishda va ashyoviy dalillarni o‘rganish, video,
kino hujjatlarini ko‘rish, magnit yozuvlarini eshitish va boshqa vaqtlarda
foydalanadilar.
Kriminalistik texnika tezkor-qidiruv faoliyati bilan bog‘liq ishlarni
isbot qilishda, dalillar qidirib topishda, jinoyatlarni ochish va ularning
oldini olishda hamda zarur ma’lumotlarni aniqlash, qayd etish va tadqiq
qilishda foydalaniladi.
Tergov harakatlari jarayonida kriminalistik texnika jinoyatning
moddiy holatini qayd etish, dalillarni topish, olish va saqlash, ularni
taqdim etish va ob’ektlarni ekspertizaga tayyorlash chog‘ida
qo‘llaniladi.
Tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlari o‘tkazilishida
ishtirok etayotgan mutaxassislar texnika vositalari va uslublarini
qo‘llash orqali tezkor-qidiruv xodimlariga amaliy yordam ko‘rsatadilar,
maslahatlar beradilar.
Kriminalistik texnikadan tegishli qonun hujjatlari normalariga
muvofiq foydalaniladi. Xususan, JPK 91, 106-moddalarida texnika
vositalari va uslublarining ayrimlarini (fotografiya, ovoz yozish, moddiy
nusxalar, chizmalar) qo‘llash haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan. 2012
yil 25 dekabrdagi “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda ham
video- va audioyozuv, kino- va fotosuratga olish vositalarini
qo‘llashning ayrim masalalari o‘z ifodasini topgan.
55
Kriminalistik texnikadan foydalanishning
Do'stlaringiz bilan baham: |