Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   372
Bog'liq
kriminalist

qiyoslama 
mikroskoplar
qo‘llaniladi. 
Bunday 
mikroskoplarning tuzilishi teng ikki qismga bo‘lingan bir ko‘rish 
maydonida bir vaqtning o‘zida o‘zaro qiyoslanadigan ikkita ob’ektni 
kuzatish mumkin. Kuzatilayotgan manzara ikkita ob’ektiv, ikkita aks 
ettiruvchi prizma, ajratuvchi prizma va okulyar hisobiga hosil bo‘ladi. 
Qiyoslama mikroskop yordamida ko‘pincha o‘q va gilzalardagi, 
boshqa trasologiya ob’ektlaridagi izlar tadqiq etiladi. 
Bir qator ekspertiza muassasalarida boshqa turdagi mikroskoplar 
(MIS-6, MIM-70) ishlatiladi. Bunday mikroskop vertikal yo‘nalishda 
yoritish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, metall va qorishmalardan 
tayyorlangan buyumlarning kristallik strukturasini o‘rganish, qalam va 
nusxa ko‘chirish qog‘ozi shtrixlarini differensiyalash, kesishgan 
shtrixlar qanday ketma-ketlikda tushganligini aniqlash imkonini beradi. 
Ekspertiza muassasalarida elektron mikroskoplar mavjud bo‘lib, 
bunday mikroskoplar shtrixlar, tolalar, biologik ob’ektlar (soch tolalari) 
kabi kriminalistik tadqiqot ob’ektlarining yuksak darajadagi echimini 
bilish imkoniyatini beradi. 
Elektron 
mikrosnusxaning 
difraksion 
uslubi 
moddalarning 
kristallik strukturasining o‘ziga xos jihatlarini tadqiq etish qalam, siyoh, 
bo‘yoq, plastmassa moddalarini o‘rganish imkoniyatini beradi. 
Teri naqshlari-izlarni aniqlash vositalari. 
Izlarni qidirib topish 
uchun dastlab optika (ko‘rish) uslubidan foydalanish tavsiya qilinadi. 
CHunki bu uslub izlarga ham, o‘zida iz qoldiruvchi buyumlarning sirtiga 
ham biror bir ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Buyumlarni (qiya nurlar bilan) yoritish uchun turli xil yoritgich 
asboblar qo‘llaniladi (masalan, cho‘ntakda olib yuriladigan elektr fonar 
va boshqa yoritgichlar). 
O‘zida iz qoldiruvchi ob’ektning rangiga qarab turli xil yorug‘lik 
filtrlari, shu jumladan, ultrabinafsha filtrlardan foydalanish mumkin. 
Ultrabinafsha nurlarining unda fayans va sopol buyumlardan qoldirilgan 
yog‘ izlari, qo‘l izlarini xususiyati kuzatganda yaxshi natijalarga 
erishiladi. Teri naqshlarini ko‘z bilan ko‘rishning iloji bo‘lmagan 


47 
hollarda, ularni aniqlash uchun turli xil kukunlardan (mis oksidi, rux 
oksidi, grafit, qora kuya, vodorod bilan qayta tiklangan temir) yoki 
ularning aralashmalaridan (rux oksidi, alyuminiy, rux-qo‘rg‘oshin 
oksidi) turli xil nurlatuvchi kukunlardan rux, yod bug‘lari), fizik 
usullardan (yoki ter-yog‘ moddalarining elementlari bilan o‘zaro ta’sirga 
kiruvchi azot kislotali kumushning suv aralashmasi) yoxud kimyoviy 
usullardan foydalaniladi.
Kukun surtish uchun yupqa daktiloskopik shakllar changlatuvchi 
sachratqichlar, yod naychalari-subimatorlar va magnit shkallaridan 
foydalaniladi. 
Kriminalistik ahamiyatga ega bo‘lgan yashirin ob’ektlarni topish 
uchun turli xil qidirish asboblari va moslamalaridan foydalaniladi. Ular 
mo‘ljallagan maqsadi, tuzilishi va ishlash prinsiplariga ko‘ra farqlanadi. 
Erga ko‘milgan murdalarni qidirib topish uchun ichi g‘ovak 
maxsus elektr asbobi “shup”dan foydalaniladi. Mazkur asbobning amal 
qilishi tuproqning elektr qarshiligini o‘lchashga asoslangan. 
Oqsil moddalari parchalangan joylarda tuproq gazsimon va suyuq 
moddalar bilan to‘yinadi. Natijada mazkur joyda tuproqning elektr 
o‘tkazish xususiyati oshadi. Bu holatni mikroampermetr strelkasi 
ko‘rsatadi. 
Suv ostida murdalar va murda qismlarini turli kiyim va boshqa 
narsalarni qidirib topish va chiqarib olish uchun “tral”dan foydalaniladi. 
Ma'lumot uchun! Elektron-optik o'zgartirgichlar - izlar va boshqa 
ashyoviy dalillarni infraqizil nurlarda ko'zdan kechirish va tadqiq 
qilish imkonini beruvchi asboblardir. Uning asosiy qismlari: korpus 
“VES-4” rusumdagi o'zgartirgichlarni o'zi ob'ektivi, okulyar, infraqizil 
fil
tr ikkita galvanik elementli quvvat blokidan iborat. Mazkur 
asbobdan foydalanilganda ob'ektiv fotokatodda (mahsus tarkibli 
modda bilan sirlangan plastinka) ko'zga ko'rinmas tasvirni hosil qiladi. 
Infraqizil nurlar ta'siri ostida fotokatod o'zidan elektronlar oqimini 
chiqaradi. Bu elektronlar lyuminesenciyalovchi ekranda magnit 
“linza” orqali fokusga to'planib, okulyar orqali ko'zga ko'rinadigan 
tasvirni vujudga keltiradi. Infraqizil o'zgartirgichlar sifatida S-70 
rusumidagi portativ yoki “Rel
ef-1
”, statsionar elektron-optik 
o'zgartirgichdan foydalanish mumkin. 


48 
Metall buyumlarni qidirib topishda metall qidiruvchi asboblar, 
shuningdek, kriminalistika maqsadlari uchun maxsus yaratilgan vositalar 
qo‘llaniladi. 
Induksion metall qidirish asboblari qora va rangli metallardan 
yasalgan buyumlarni qidirib topish imkonini beradi. 
Magnitli 
qidiruvchi 
ko‘targich 
ferromagnit 
metallardan 
tayyorlangan turli xil ashyolar yoki ularning qismlarini qidirib topish va 
chiqarib olish uchun mo‘ljallangan. Uning ishlash prinsipi magnitning 
ferromagnit metallarini o‘ziga tortish va o‘zida ushlab turish 
xususiyatiga asoslangan. 
Sud ekspertizasining rivojlanishi munosabati bilan ayrim tergov 
harakatlarining amalga oshirilishi vaqtida olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan 
ob’ektlar doirasi kengayib bormoqda. 
Hozirgi vaqtda qattiq, suyuq va sochiluvchi moddalardan tashqari, 
juda kam miqdorda topiladigan gazsimon moddalar ham olib 
qo‘yilmoqda. 
Tez bug‘lanib ketadigan modda izlarini, masalan, benzin, kerosin, 
dizel yoqilg‘isi qoldiqlarini germetik idishlarga joylash lozim bo‘ladi. 
Moddiy 
modellarni 
tayyorlash 
uchun 
nusxa 
tayyorlash 
materiallaridan (parafin, gipsdan) keng foydalaniladi. Ular ikki turga 
bo‘linadi: termoplastik va suyuq materiallar. Birinchi tur materiallar 
jumlasiga plastilin, mum, parafin, tez eruvchan metallar kiradi. Ikkinchi 
turga gips, AKR-100 st, “K” va “D” pastalari, SKTNni kiritish mumkin.
Birinchi guruhga kiradigan materiallar yordamida qattiq va plastik 
qoliplar, ikkinchi guruhga kiradiganlari yordamida esa, qattiq va elastik 
qoliplar tayyorlash mumkin. Bunday modellar relef izlarining shakli, 
katta-kichikligi va o‘zaro qanday joylashganligini aniq aks ettiradi.

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish