369
Fuqaro Turanov I. fuqaro Latipov K.ga tanib olish uchun ko‘rsatilganda, jinoyatchi
aslida boshqa shaxs bo‘lganligini aytgan.
1. Qotillikning kriminalistik elementlari tizimini aniqlang.
2. Mazkur tergov vaziyatida aniqlanishi va isbotlanishi lozim bo‘lgan
holatlarni aniqlang.
3. Umumiy va xususiy versiyalarni shakllantiring.
4. Dastlabki tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari rejasini tuzing.
2-kazus
2014 yil
15 avgust kuni Tokshent viloyati Bo‘stonliq tumanidan 3 km
naridagi oqova suvlar uchun mo‘ljallangan ariq yonida shu erda qo‘y boqib yurgan
fuqaro Alimov tomonidan 2 nafar erkak jinsiga oid jasadlar topilgan va bu haqida
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga habar berilgan. Murdalar ko‘zdan
kechirilganda ularning jasadida zo‘rlik ishlatish alomatlari mavjudligi aniqlandi.
Tezkor guruh hodisa joyiga etib kelgach murdalarni asosiy ko‘cha
(A.Nosirov)dan 5 metr, pastga qarab 3
metr narida yotganini, ularning jasadida
sanchilib kesilish alomatlari mavjudligi, murda kiyimi va yon atrofidagi o‘tlarda
quyuq, qonga o‘xshash moddalar qolganligi aniqlangan.
Jabrlanuvchilardan
biri
cho‘ntagidan Eshmatovga
tegishli talabalar
guvohnomasi, boshqasidan Toshmatovga tegishli fuqarolik pasporti topilgan.
Jabrlanuvchilardan birining o‘ng qo‘lib barmoqlaridan 12 dona soch tolasi,
shuningdek hodisa joyida 0,75 litrli “OQ CHOY” nomli spirtli ichimlik butilkasi
topilgan. Unda barmoq izlari mavjud.
Jabrlanuvchilardan birining bosh qismida 8x10 sm li jigarrang ko‘rinishidagi
qonga o‘xshash dog‘lar, ular asosiy yo‘lga qarab 2
metr narida raqamli
fotoapparatga taaluqli jigarrang g‘ilof mavjud.
Hodisa joyidan topilgan jasadlar jasadlar Eshmatov va Toshmatovga tegishli
ekanligi aniqlandi. Eshmatov va Toshmatovning yaqin qarindoshlarini so‘roq
qilinda jabrlanuvchilar 2014 yil 14 avgust kuni dam olish maqsadida uyidan chiqib
ketishgani va qaytib kelishmagani aniqlandi. Daktiloskopik ekspertiza natijalariga
ko‘ra hodisa joyidan topilgan 0,75 litrli butilkaning bir qismidan Eshmatov va
Toshmatovga
tegishli barmoq izlari, yana bir qismidan esa noma’lum shaxsga
taaluqli barmoq izlari aniqlandi.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijalariga ko‘ra 2014 yil 15 avgust kuni ertalab
1978 yilda tug‘ilgan, fuqaro Do‘stov mast holda oqova suvlar uchun mo‘ljallangan
ariq bo‘ylab Bo‘stonliq tumaniga qarab ketayotganida qo‘lgan olingan.
Fuqaro Do‘stov qo‘lga olinganida quyidagilar aniqlandi. Fuqaro Do‘stov
2014 yil 14 avgust kuni o‘zining ukasi 1980 yilda tug‘ilgan
Qarshiev bilan dam
olish maqsadida Tokshent viloyati Bo‘stonliq tumanidan 3 km narida joylashgan
oqova suvlar uchun mo‘ljallangan ariq yonida to‘xtagani, u erda ular gulxan yoqib
kechani shu erda o‘tkazgani va kechasi hech qanday urish-janjal ovozini
eshitmagani, 0,75 litrli “OQ CHOY” markali spirtli ichimlikni iste’mol qilgani
370
hamda sahar chog‘i piyoda uyga qaytish uchun
ketayotganida xech qanday
murdalarga ko‘zi tushmaganini aytgan.
Bo‘stonliq
tumani
yaqinida
joylashgan
Tez
yordam
muassasasi
tekshirilganda 2014 yil 15 chi avgust kuni eratalab soat 8:15 larda qora rangli sport
kiyimida, yoshi taxminana 25-35 larda bo‘lgan, bo‘yi taxminan 175 sm dan yuqori,
yuz qismi cho‘zinchoq, burun tuzilishi to‘g‘ri o‘rtacha kattalikda, sochi mallarang
bo‘lgan yigit tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. Xamshira uni qo‘zdan
kechirganda uning chap qo‘li o‘rta barmog‘ining bukilgan qismi to‘g‘ri chiziq
bo‘ylab kesilgani aniqlangan. Bu hol qanday yuz bergani so‘ralganda bemor uni
konservani ochayotganida bexosdan yuz berganini aytgan. SHundan so‘ng
xamshiraning iltimosi bilan bemor shaxsiga oid ma’lumotlarni aytgan.
(Bemor – Suyunov, 1984 yilda tug‘ilgan,
Toshkent viloyati Oxangaron
tumani, A.Qodiriy ko‘chasi, 51 uyda doimiy ro‘xatda turadi va yashaydi. “Kabel”
zavodida chilangar bo‘lib ishlaydi.)
1. Qotillikning kriminalistik elementlari tizimini aniqlang.
2. Mazkur tergov vaziyatida aniqlanishi va isbotlanishi lozim bo‘lgan
holatlarni aniqlang.
3. Umumiy va xususiy versiyalarni shakllantiring.
4. Dastlabki tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari rejasini tuzing.