364
Bedarak yo‘qolgan shaxslarni “jinoyat qurboni” degan tusmol
asosida qo‘zg‘atilgan ishlar yuzasidan tegishli tekshiruvlar,
tezkor-
qidiruv choralari o‘tkazilib, yo‘qolgan shaxs jinoyat, baxtsiz hodisa yoki
boshqa biror hodisa qurboni, degan tusmolni tekshirish lozim bo‘ladi,
uning murdasi qidiriladi, topilgan hollarda shaxsi aniqlanib, bedarak
yo‘qolgan bilan qiyoslanadi.
Bunday vaziyatni murda mavjud bo‘lgan
holatlar kabi dastlabki
ko‘zdan kechiruv va sud-tibbiyot ekspertizasi o‘tkazilib, tergov davom
ettiriladi.
E’tibor qiling!
Murda bo‘lagi va bir necha bo‘laklari yuzasidan
ekspertiza tekshiruvida hal qilinadigan masalalar:
-
murda bo‘laklari bir shaxs tanasiga tegishlimi;
-
murda bo‘lagi (bo‘laklari) bo‘yicha jabrlanuvchining shaxsiga
tegishli ma’lumotlar jinsi, millati, taxminan yoshi,
kasb-hunari va
boshqalar;
-
jarohatlar mavjud bo‘lsa, qanday quroldan yetkazilgan, tirik
vaqtida yoki o‘lim yuz bergandan so‘ng yetkazilganmi;
-
murdani bo‘laklash qanday qurol-asbob va usul bilan sodir
etilgan, kasb-hunari va boshqalar;
-
qotillik sodir qilingan va murda bo‘laklangan vaqti;
-
murda bo‘lagi tarkibida begona moddalar (zaharlovchi,
alkogol, giyohvand) qoldiqlari mavjudmi
va shu kabi jinoyatga oid
bo‘lgan boshqa masalalar.
Bedarak yo‘qolgan shaxsning murdasi topilmagan hollarda
tergovning dastlabki bosqichida quyidagi masalalarni hal etish lozim
bo‘ladi:
-
yo‘qolgan shaxsning tashqi qiyofa belgilari, yashash tarzi,
qarindoshlari, oila a’zolari
bilan muloqoti, kimlar bilan ziddiyatli
muomalada bo‘lganligi haqidagi va boshqa ma’lumotlarni aniqlash;
-
bedarak yo‘qolgan shaxsning hayoti davridagi fotosuratini
topish va ishga qo‘shish;
-
qo‘l-barmoq izlari alfavit daktilokartasi informatsiya
markazida tekshirilishi;
-
dast
xati, o‘z qo‘li bilan yozilgan hujjatlarni ishga qo‘shilishi;
-
bedarak yo‘qolganlik haqida ariza bergan shaxsni so‘roq qilish
bilan
u qachon, qayerda oxirgi marta ko‘rganligi, suhbat, xabar
qanday mavzuda bo‘lganligini aniqlash;
-
yo‘qolgan shaxs qanday kiyimda bo‘lgan, ruhiy, emotsional
holati, qandayligi, biror qimmat narsa sotib
olish yoki sotish haqida
gap bo‘lganmi kabi ma’lumotlarni to‘la va aniq ravshanlantirish.
365
Bedarak yo‘qolgan shaxsning “jinoyat qurboni” degan tusmolni
tekshirish uchun, uning murdasini, jinoyat quroli va izlarini, qon izlarini,
ariza bergan shaxsning yashash joyida, yo‘qolgan shaxsning oxirgi
bo‘lgan manzili-joyida va boshqa jinoyatda gumon qilinganlarning turar
joylarida izlash lozim. Topilgan izlar, ashyolar bo‘yicha
tegishli
tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: