Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


  19-MAVZU. TANIB OLISH UCHUN KO‘RSATISH



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   372
Bog'liq
kriminalist

 


292 
19-MAVZU. TANIB OLISH UCHUN KO‘RSATISH 
TAKTIKASI 
Tanib olish uchun ko‘rsatish tushunchasi va uning ob’ektlari. 
Tanib olish uchun ko‘rsatishga tayyorgarlik ko‘rish. Tanib olish uchun 
ko‘rsatish tartibi, taktik usullari va rasmiylashtirish tartibi.
 
Tanib olish uchun ko‘rsatish tushunchasi va uning ob’ektlari 
 
SHunday qilib, narsa yoki shaxsni tanib olishning mohiyati uni 
tanib oluvchining xotirasida saqlanib qolgan xayoliy obrazga ko‘ra 
identifikatsiya qilishdan iborat. SHu sababli unga identifikatsiya 
nazariyasining solishtirishni to‘g‘ri tashkil etish, o‘tkazish va olingan 
natijaning ishonchliligini baholashga yordam beradigan umumiy 
qoidalari tatbiq etiladi.
Ko‘rib chiqilayotgan tergov harakati ancha keng tarqalgan, ammo u 
ko‘pincha shaxsning hayoti, sog‘lig‘i, ozodligi, sha’ni va qadr-
qimmatiga qarshi, shuningdek mulkka va jamoat xavfsizligiga qarshi 
jinoyatlarni tergov qilish jarayonida o‘tkaziladi. Tanib olish uchun 
ko‘rsatish ob’ektlari odamlar, turli narsalar, murdalar va ularning 
qismlari, uy havonlari bo‘lishi mumkin. Bevosita tanib olish va bilvosita 
(fotosurat, videokadr, fonogramma, gologramma va hokazolarga ko‘ra) 
tanib olish farqlanadi.
Tanib olish uchun ko‘rsatish boshqa tergov harakatlaridan sezilarli 
darajada farq qiladi. Uni yuzlashtirish, guvohlantirish va boshqa tergov 
harakatlari bilan almashtirish mumkin emas. Jabrlanuvchi yoki guvoh-
shohid tomonidan, masalan, gumon qilinuvchining tanib olingani uni 
ushlashni amalga oshirgan ichki ishlar organlari xodimlarining 
Esda tuting! Tanib olish uchun ko‘rsatish
– O’zR JPKning 
125-moddasi bilan tartibga solinadigan, guvoh, jabrlanuvchi, gumon 
qilinuvchi yoki ayblanuvchi o‘ziga ko‘rsatilgan o‘xshash ob’ektlarni 
kuzatib, ularning belgilarini o‘z xotirasida aks etgan xayoliy obraz 
bilan solishtiradigan va ularning o‘rtasida ayniylik mavjudligi yoki 
mavjud emasligi to‘g‘risidagi masalani hal etishidan iborat bo‘lgan 
tergov harakati. 
 


293 
bildirgisida, yuzlashtirish yoki boshqa tergov harakati bayonnomasida 
aks ettirilgan bo‘lishi mumkin, ammo ushbu faktning daliliy ahamiyati 
tanib olish uchun ko‘rsatish natijasining daliliy ahamiyati bilan 
tenglasha olmaydi, chunki uni o‘tkazish mufassal tartibga solingan. 
Tergovchi tanib olish uchun ko‘rsatishni faqat identifikatsiya 
qilinayotgan ob’ekt so‘roq qilinuvchi tomonidan kuzatilgani aniqlangan 
va undan mazkur ob’ektni u tanib olishi mumkinligi to‘g‘risida ariza 
olingan holda o‘tkazishi lozim. Aks holda, shuningdek so‘roq qilingan 
shaxs mazkur ob’ektni yana bir marta, masalan, gumon qilinuvchini 
ushlashda ishtirok etish jarayonida yoki politsiya bo‘limida ko‘rgan 
bo‘lsa, uni tanib olish uchun ko‘rsatish o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. 
Kriminalistika 
umumiy 
psixologiya 
va 
sud 
psixologiyasi 
yutuqlariga asoslangan holda, ilgari kuzatilgan kriminalistik ahamiyatga 
molik ob’ektlarni keyinchalik ularning alohida xususiyatlari va 
belgilarini eslash orqali to‘g‘ri tanib olish mumkinligini namoyish etgan. 
Tanib olishning muvaffaqiyati kuzatish sharoitlari va davomiyligiga, 
tanib oluvchining shaxsiga, uning o‘sha paytdagi holatiga, tergovni 
qiziqtirayotgan ob’ekt alohida belgilarining bo‘rtib namoyon bo‘lish 
darajasiga bog‘liq bo‘lishi aniqlangan. 
Tanib olish uchun ko‘rsatishning axborot modeli bo‘lib 
qidirilayotgan ob’ekt obrazining tanib oluvchi tomonidan kuzatilgan 
belgilari, tekshirilayotgan ob’ektning o‘xshash belgilar orasidan o‘rin 
olgan belgilari, tanib oluvchining ularni solishtirishi va ushbu 
belgilarning mos kelishi yoki bir-biridan farq qilishi to‘g‘risidagi 
xulosani ta’riflashi xizmat qiladi.
SHuni ta’kidlab o‘tish lozimki, tanib olish uchun ko‘rsatishning bu 
uch bosqichi, odatda, bir vaqtda amalga oshirilmaydi. Qidirilayotgan 
ob’ektni kuzatish tergovdan oldingi bosqichda, protsessual faoliyat 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish