Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


So‘roq natijalarini protsessual rasmiylashtirish



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   372
Bog'liq
kriminalist

 
So‘roq natijalarini protsessual rasmiylashtirish 
 
Jinoyat ishini tekshirish jarayonida to‘plangan ma’lumotlar, 
ashyoviy 
dalillar 
o‘tkazilgan tergov harakatlarining natijalari 
O‘zbekiston Respublikasi protsessual qonuni asosida rasmiylashtirilishi 
lozim. 
So‘roq bayonnomasi umumiy tergov harakatlarining bayonnomasi 
kabi kirish, asosiy va yakunlovchi qismlardan iboratdir. So‘roq 
o‘tkazilgan joyi, vaqti, qanday ish yuzasidan kimni so‘roq qilganligi va 
boshqa ma’lumotlar bayonnomaning kirish qismida aks ettiriladi. 
So‘roq qilinuvchi shaxslardan olingan ma’lumot bayonnomaga 
birinchi shaxs nomidan yozilishi va imkoni boricha so‘zma-so‘z savodli, 
tushunarli va o‘chiruvlarsiz bo‘lishi, savollar va ularga olingan javoblar 


289 
qanday shaklda bo‘lsa shundayligicha aks ettirilishi lozim. So‘roq 
bayonnomasi tushunarli va ko‘rsatuv beruvchining tiliga yaqinroq 
bo‘lishi zarur. Bayonnomada guvohga yoki ayblanuvchiga no’malum 
bo‘lgan atama va jumlalar ishlatilmasligi lozim. 
Voyaga etmagan shaxslarning ko‘rsatuvlarini rasmiylashtirishda 
ularning yoshi va maktab tarbiyasiga tegishli ma’lumotlarini ham 
keltirib o‘tish lozim. Bayonnomaning ikkinchi qismi so‘roq qilinuvchi 
bilan suhbatlashib bo‘lgandan keyin, jinoyat ishiga aloqador faktlarni 
ma’lum tizimda galma-galiga yozib borish lozim. 
Agar, so‘roq vaqtida ko‘rsatuv beruvchiga biror dalil, daliliy ashyo 
ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu hol va unga olingan tushuncha bayonnomada 
ko‘rsatilishi lozim. 
Qonun so‘roq qilinuvchilarga ko‘rsatuvlarni o‘z qo‘llari bilan 
yozib berish huquqini beradi. Buning yaxshi tomoni shundan iboratki, 
ko‘rsatuv beruvchi voqea-hodisalarni, ayrim ma’lumotlarni aniqroq 
yozib berish imkoniyati yaratiladi. SHuningdek, so‘roq qilingan shaxs 
ko‘rsatuv bergandan so‘ng o‘z qo‘li bilan yozgan faktlardan bosh 
tortishi yoki ularni o‘zgartirishi qiyinroqdir. 
Guvoh yoki ayblanuvchi ko‘rsatuvlarini o‘z qo‘li bilan yozib 
berishga rozilik bersa, avval ko‘rsatuvini tinglab, keyin to‘ldiriladigan 
va mavhum joylarini savol berish orqali aniqlab, so‘ngra yozib berishga 
sharoit tug‘diriladi. Ko‘rsatuv yozib bo‘lgandan keyin bayonnomani 
ko‘rsatuv beruvchi o‘qib chiqishi va har bir sahifasini alohida imzosi 
bilan tasdiqlashi darkor. 
So‘roqda qatnashgan protsessual shaxslar: prokuror, mutaxassis, 
tarjimon va boshqalar kirish qismida ko‘rsatilgan bo‘lib, ular ham 
bayonnomaga imzo chekadilar. Bayonnoma so‘roq qilingan shaxsga 
o‘qib beriladi yoki o‘zi tanishib chiqishiga imkon yaratiladi. 
Qo‘shimcha 
holatlar, 
tuzatishlar 
hosil 
bo‘lib 
qolsa, 
bayonnomaning oxirgi qismiga kiritilib, so‘roq ishtirokchilarining 
imzolari bilan tasdiqlanadi. 
So‘roq natijalarini rasmiylashtirishda fonogrammalar so‘roq 
bayonnomasini to‘ldiruvchi vosita bo‘lib hisoblanadi. Magnit tasmasini 
dalil 
manbai 
sifatida 
ishlatish 
uchun, 
bayonnoma 
tuzib 
rasmiylashtiriladi. Tasmada qaerda, kim tomonidan, qay vaqt, qanday 
ish bo‘yicha va kim so‘roq qilinganligi ko‘rsatiladi. 
So‘roq natijalarini rasmiylashtirishda ovoz va tasvir yozish 
uslubini qo‘llash so‘roq bayonnomasini to‘ldiruvchi vosita bo‘lib 
hisoblanadi. 


290 
Protsess 
ishtirokchilari 
ish 
materiallari 
bilan 
tanishib 
chiqqanlaridan so‘ng fonogramma muhrlanib, ishda saqlanadi. 
Ovoz yozish magnitofoni qo‘llanilganda avval fonogrammani qayd 
qilib, so‘ngra bayonnomaga yozib qo‘yish kerak. CHunki bir vaqtning 
o‘zida plyonkaga ham, bayonnomaga ham yozish ancha qiyinchiliklar 
tug‘diradi. Bundan tashqari, ko‘rsatuvlarni o‘qib keyin fonogrammani 
eshitib bo‘lgach tergovchi albatta ularning mazmunini yaxshi eslab 
qoladi va ularning biri ikkinchisini to‘ldirganligiga ishonch hosil qiladi. 
Ovoz yozish bilan bir qatorda tasvir yozish vositasi ko‘rsatuv 
mazmunini bir muncha kengaytiradi va qulaylik tug‘diradi.
Qonunga 
asosan 
qo‘llanilgan 
apparatlarni 
va 
video-
fonogrammalarni 
protsessual 
mustahkamlash 
maqsadida 
ularni 
bayonnoma qanday magnitofon, qanday tasvir yozish kamerasida 
yozilgan, qachon va qaerda qo‘llanilgan, kimning ovozi yozib 
olinganligi haqida qayd qilinmog‘i lozim. Bayonnoma tergovchi va 
so‘roq qilingan shaxs tomonidan imzolanishi lozim. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish