22
Kriminalistik identifikatsiya tushunchasi, vazifalari, prinsiplari va
shakllari
Identifikatsiya atamasi lotincha “idem” (aynan o‘sha) so‘zidan
olingan bo‘lib, aynanlikni aniqlashni bildiradi. Bu atamani birinchi
marta fransiyalik olim Alfons Bertilon odamlarni ro‘yxatga olishga
bag‘ishlangan o‘z ixtirosida qo‘llagan. Kriminalistik identifikatsiya
jinoyat ishi bo‘yicha qidirilayotgan, aniqlanishi lozim bo‘lgan muayyan
(odam, buyum) ob’ektning aynan o‘zi ekanini bildiradi.
Jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonida turli ob’ektlarni qidirish
va aniqlash zaruriyati doimiy hodisa sodir bo‘lgan joyda qolgan qo‘l izi
bo‘yicha – shaxs, g‘ildirak izlari bo‘yicha –
avtotransport vositalari,
kiyim yoki poyabzaldagi tuproq va o‘simlik qoldiqlari bo‘yicha joy
kabilar aniqlanadi.
Identifikatsiya jarayonida iz qoldirgan ob’ekt qolgan iz bilan
taqqoslab ko‘riladi. Agar izni shu ob’ekt qoldirgan bo‘lsa, aynanlik qayd
etiladi.
Jinoyatni tergov qilish jarayonida o‘xshashlik tushunchasi, uni
aniqlash prinsiplari va metodikasiga oid qoidalar va amaliy tavsiyalar
majmui kriminalistik identifikatsiya to‘g‘risidagi nazariyani tashkil
etadi.
E'tibor qiling! Aynanlik va o'hshashlikni aniqlash vositasida jinoyat
ishiga oid bir qancha holatlar aniqlanadi, chunonchi: narsaning belgilari -
uni
qaysi korhona, qachon yasab chiqarganini; hodisa sodir bo'lgan
joydagi moddiy izlar - u yerda kim, qanday harakat qilganini; o'q va
gilzani tekshirib, otish qurolining turi va aynan o'zini; dasthat bo'yicha
uni yozgan shahsni; odam oyog'ining izi bo'yicha
- shu odamning
bo'yini; qog’oz va siyoqning belgilari bo'yicha hujjatning necha yil
muqaddam yozilganini aniqlash imkoniyatlari bor.
Esda tuting! Iz deganda, faqat moddiy izlar (qo'l, oyoq, buzish qurollari
va h.k.) tushunilmay, balki tasviri bor barcha buyumlar: qo'lyozma,
fotosurat, narsaning qoldiqlari, qismlari kabilarni, shuningdek, hotirani
tasavvur etish lozim.
E'tibor qiling! Kriminalistik identifikatsiya deganda, ob'ektlarning
qiyosiy tadqiqoti tushuniladi, bunda aynanlik va o'hshashlikdan dalil
sifatida
foydalaniladi
.
23
Kriminalistik identifikatsiya – bilish vositasi, usuli va metodik
majmui sifatida ob’ektning turli holati, ko‘rinishi, turli vaqtlarda va har
qanday murakkab sharoitda kriminalistik ahamiyatga ega bo‘lgan
aynanlik va o‘xshashlikni aniqlashga imkon beradigan mukammal
metodikaga ega bo‘lishi kerak.
Kriminalistik identifikatsiya ishonchli, universal va yuqori
darajadagi nazariy ta’limotdir. Moddiy dunyoning ob’ektivligi,
xilma-
xilligi undagi o‘xshashlik umumiy bo‘lib, aynanlik har bir voqea va
narsalarning o‘zigagina xosligi, ikkita aynan voqea yoki narsa tabiatda
va jamiyatda bo‘lishi mumkin emasligi, ularning har biri faqat o‘ziga
teng ekanligi identifikatsiyaning tub mohiyatini anglatadi.
Kriminalistik identifikatsiya nazariyasi uchun shu ob’ektlarning
o‘zaro ta’siri natijasida bir-birida qoladigan moddiy asoratlar, izlar,
ularni tadqiq qilish imkoniyati mavjudligi asos bo‘lib hisoblanadi.
Zo‘ravonlik sodir etilganda, uning izlari faqat
jabrlanganlar badanida
qolmay, jinoyatchining badanida yoxud kiyim-kechagida ham bo‘ladi.
Birinchi va ikkinchi turdagi iz ham kriminalistikada ahamiyatli
hisoblanadi.
SHuning uchun ham to‘g‘ri, teskari va qarshi identifikatsiya
E'tibor qiling! Kriminalistik identifikatsiyaning asosiy hususiyatlari
quyidagilardan iborat:
kriminalistik identifikatsiya sud dalillari hisoblangan faktik
ma'lumotlarni aniqlashga yo'naltirilgan, u jinoyat-processual qonun
talablariga bo'ysunadi;
kriminalistik identifikatsiya ilgari sodir etilgan hodisa izidan borib,
jinoyatni tergov qilish protsessida notanish ob'ektni
tadqiq qiladi;
kriminalistik identifikatsiya metodi aniq bir moddiy ob'ekt yohud
uning eng kichik bir qismini aniqlashga yo'naltirilgan.
E'tibor qiling! Identifikatsiya belgilari:
Ob'ektni qamrab olish darajasiga ko'ra: umumiy va hususiy;
Ahamiyatiga ko'ra: guruhga oid va individiuallashtirilishga
ko'ra;
Harakteriga ko'ra: miqdoriga va sifatiga ko'ra;
Ob'ekt bilan aloqasiga ko'ra: zaruriyat tufayli va tasodifiy
aloqalarga bog’liq.
24
aloqalarini uzviylikda tadqiq qilish va ulardan foydalanish kriminalistik
identifikatsiya nazariyasi va amaliyotining dolzarb vazifasidir.
Kriminalistik identifikatsiya
Do'stlaringiz bilan baham: