Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


ma’lum va  noma’lum odamlar, narsalar



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   372
Bog'liq
kriminalist

 
ma’lum va 
noma’lum odamlar, narsalar
 
izlar, hujjatlar, hayvonlar, ochilmagan 
jinoyatlar kiradi. Ma’lum odamlar – bular qidiruv e’lon qilingan, hibsga 
olingan, ushlab turilgan, sudlangan, bedarak yo‘qolgan, daydilik va 
tilamchilik bilan shug‘ullanuvchilar tezkor qiziqish uyg‘otuvchi 
shaxslardir. 
Noma’lumlar – tanilmagan murdalar, yashiringan 
jinoyatchilar, ruhiy kasallar va shaxsi aniqlanmagan bolalardir. Ma’lum 
narsalar – yo‘qolgan o‘qotar qurol, o‘g‘irlangan ashyolar, olib qochilgan 
avtomobillardir. Noma’lum ashyolar esa, aniqlangan o‘qotar qurol, soxta 
pul birliklari va turli hujjatlarni yasashda ishlatilgan bosma qoliplar, 
ochilmagan jinoyatlar joyidan olingan buzib kirish qurollaridir.
Ochilmagan jinoyatlar joyida topib olingan barmoq izlari, qalbaki 
hujjatlar, qog‘oz pullar va qimmatli qog‘ozlar, o‘g‘irlangan va sayoq 
yurgan chorva mollari hisobga olinadi. 
Guruhlari va xususiy alomatlari bo‘yicha tasniflash kerakli 
axborotni tezda axtarib topishni ta’minlaydi. Alomatlarni qayd etish 
usullaridan, bayon qilishdan tashqari, fotosuratga olish, sxema tarzida 
tasvirlash, bosib tushirilgan izlar va ob’ektlarni asl holida to‘plash 
qo‘llaniladi. Hisobga olish shakllari tariqasida kartotekalar, videotekalar, 
jurnallar, fotoalbomlar, EHM kolleksiyalaridan foydalaniladi. 
Esda tuting! 
Kriminalistik ro‘yxatga olishni
 
kriminalistik 
ma’lumotlarni to‘plash, tizimlashtirish, saqlash, izlash va qiyosiy 
tekshirish bo‘yicha faoliyat sifatida ta’riflash mumkin. Ro‘yxatga 
olish jarayonini hisobga olish ob’ektlarini aniqlashdan, ularning guruh 
holidagi va xususiy alomatlarini, shu alomatlarni qayd etish usulini, 
hisobga olish shaklini, ro‘yxat hujjatlarini joylashtirish, kerakli 
ob’ektlar to‘g‘risida va ob’ektlarni hisobdan chiqarish qoidalari 
haqida ma’lumotlar olish tartibini belgilab qo‘yishdan iborat. 


155 
Kriminalistik ro‘yxatga olishning ahamiyati avvalo moddiy 
ob’ektlarning o‘ziga xos xususiyatga egaligi, ularning barqaror va 
takrorlanmas alomatlari, shuningdek, ob’ektlar o‘zaro ta’sirda bo‘lganda 
o‘z xossalarini boshqa ob’ektlarda aks ettirish qobiliyati bilan bog‘liqdir. 
Hisobga olinadigan ob’ektlarning tasnifi ham ilmiy asoslarga - tur 
bildiruvchi va xususiy alomatlardan tarkib topadi. Ro‘yxatga olishning 
ilmiy asoslari ko‘p hollarda tekshirishlarning natijalaridan dalillar 
tariqasida foydalanish imkonini beradi. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish