Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Rassom ishlagan va chizma portretlar



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Rassom ishlagan va chizma portretlar.
Mazkur tasvirlar qalin 
matoda, 
qog‘oz-karton kabi materiallarda bajariladi. Portretni 
tayyorlovchi (rassom) insonning tashqi qiyofasini naturadan o‘zini 
kuzatish bilan birga boshqa shaxslardan eshitib, xotirasida shakllantirib 
so‘ng portretga tushiradi. Mazkur portretlar odamning tashqi qiyofasini 
umumiy shakli, ko‘rinish va rassomning xotirasiga singib qolgan 
xususiyatlargina aks ettirilib, aniq o‘lchovdagi proporsiya va belgilar 
tushib qoladi. Bunday portretlar tasvirdagi odam bilan umumiy 
o‘xshashlikkagina asoslangan bo‘ladi. Amaliyotda ko‘proq uchraydigan 
portretlar qidiriluvchi shaxsning tashqi qiyofasi haqidagi ma’lumotlar 
asosida tayyorlanadi. Qidiriluvchi shaxsning tashqi qiyofasi, uni ko‘rgan 
- bilgan (guvoh, jabrlanuvi va boshqa)larning xotirasida saqlanib, so‘z 
bilan tasvirlab tiklanadi va shu axborot asosida uning tashqi tuzilishining 
asosiy xususiyatlarini eks ettiruvchi portret chiziladi. 
Rassom ishlagan, chizma va (fotorobot) yig‘ma portretlarni 
tekshirishda ularning xususiyati odamning tashqi tuzilishining haqiqiy 
tasvirini 
aks 
etmasligini 
va 
umumiy 
yaqinlashtirilganligini, 
o‘xshashlikka asoslanganligini unutmaslik lozim. 
Mazkur portretlarni tekshirishdan olinadigan ma’lumot tezkor-
qidiruv faoliyati uchun ahamiyatli bo‘lib, ular tergov - protsessual 
harakatlarni o‘tkazishga asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Odamlarning portretlari asosida o‘tkaziladigan identifikatsiyaviy 
tekshiruv 
Mazkur identifikatsiya 
ikki
ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: 
Ma’lumot uchun! 
Qidiruvda bo‘lgan shaxslarning fotosuratlari 
bo‘lmagan hollarda har xil odamlarning yuz qismlaridan olingan 
(yig‘ma portret) sun’iy 
sintetik
portretlar tayyorlanadi. Bunday usul 
quyidagilardan iboratdir: izlanuvchi shaxsni ko‘rgan-bilgan guvohga 
turli fotosuratlar ko‘rsatiladi: shular ichidan o‘xshash bo‘lgan yuzning 
qismlari (ko‘z, qosh, ayrim belgilari) ajratiladi: ularni o‘zaro 
birlashtirib yig‘ma portret ishlanadi. Hozirgi kunda bunday 
portretlarni tayyorlashda kompyuter dasturida mavjud bo‘lgan 
odamning yuzi, tuzilishi belgilarini aks ettiruvchi turli tasvirlari 
bo‘lgan fotorobotlardan foydalanilmoqda.


149 
1. Ekspertiza shaklida o‘tkazilib, uning natijasi tergov ishi 
yuzasidan dalil bo‘lib xizmat qiladi, ikkinchisi tezkorlik tekshiruvi 
bo‘lib, uning natijasi dalil bo‘lmasada, ekspertiza tayinlashga va boshqa 
protsessual 
harakatlarni 
o‘tkazishga asos bo‘ladi. Ekspertiza 
tekshiruviga ob’ektlar odamning tashqi tuzilishini aks ettiradigan 
fotosuratlari, ularning ko‘chirmalari, yuzning ayrim qismlarining 
qoliplari, bosh suyagi (chanog‘i) va ularning rentgen nurlarida olingan 
tasvirlari yuboriladi. Ekspertizaga rassomchilik, chizmachilik va yig‘ma 
(sun’iy portretlar) ham yuborilishi mumkin. Lekin bular yuzasidan 
o‘tkaziladigan ekspertiza tekshiruvining natijalari bir muncha 
cheklangan bo‘ladi. 
Ekspertizaga yuboriladigan fotoportretlarni tadqiq etish, ularni 
ko‘zdan kechirib umumiy xususiyatini qayd etishlikdan boshlanadi. 
CHunonchi, portretning shakli, o‘lchovi, qanday yozuvlari borligi, 
tasvirlangan shaxslarning jinsi, taxminiy yoshi, fotosurat ishlangan vaqt 
va boshqalar aniqlanadi.
Tekshiriluvchi shaxsning fotoportreti bilan shunga o‘xshash 
bo‘lgan yoki namuna vazifasini bajaruvchi fotoportretlarni tadqiq etish, 
ularda tasvirlangan bitta shaxsning aynanligini aniqlash uslubi, umumiy 
ekspertiza tekshiruvi uslubiyotidan bir muncha o‘ziga xos bo‘lgan 
xususiyatlari 
bilan 
farqlanadi. 
Jumladan, 
qiyosiy-uslubiy 
modellashtirish, portretlarni bir-biriga ustma-ust tushirish, birlashtirish 
va boshqa texnik usullar bilan amalga oshiriladi. Tashqi tuzilish 
alomatlarining bir-biriga nisbatan qo‘zg‘almas belgilari bo‘yicha ayni 
bir xil o‘lchamga keltirilgan taqqoslanayotgan tasvirlarni birlashtirish 
(montaj) usullari ham mavjud. Hozirgi kunda fotoportret tekshiruvlarida 
o‘lchash uslublari ham keng qo‘llanilmoqda. Jumladan, ayrim anatomik 
nuqtalar o‘rtasidagi burchak kattaliklari oddiy transportir asbobi bilan 
yoki uning qo‘shimcha qo‘shilmasi bo‘lgan doiraviy shakldagi maxsus 
asbob yordamida o‘lchanadi. 
Bir xil shaklda tayyorlangan fotoportretlardagi tasvirlarni 
taqqoslashda grafik yasash uslubi ham samaralidir. Taqqoslanayotgan 
ob’ektlardagi bir guruhga tegishli belgilar aniqlanib, ulardagi 
uchburchak, romb, trapetsiya va boshqa geometrik shakllarning (bir-
biriga to‘g‘ri kelishi) tengligi rasmdagi shaxslar tasviri mazkur 
izlanuvchi shaxsning tasviri ekanligi, ya’ni aynanligi aniqlanadi. 
SHuningdek, grafik identifikatsiyalashning algoritmlarini tuzish uslubi 
ham mavjuddir. Bu uslub tekshirilayotgan ob’ektning o‘ziga xos bo‘lgan 


150 
nuqtalari, belgilar tizimi, istiqbolli muvofiqlik yoki aksini kuzatish 
uchun tavsiya qilingan.
Ekspertiza tekshiruviga odam murdasining suyak qoldiqlari 
(asosan bosh chanog‘i) yuborilib, uning shaxsini aniqlash zarur bo‘lsa, 
ekspertizaga shubhalangan shaxsning hayotiy davridagi foto yoki 
boshqa portretlari yuboriladi. SHu bilan birga iloji bo‘lsa, o‘lgan 
shaxsning rentgen surati, ko‘zdan kechirishda tayyorlangan fotosurati, 
qo‘lda chizilgan boshqa turdagi portretlari ham yuboriladi. Bu 
ekspertizani o‘tkazishda kriminalistlar bilan bir qatorda tibbiyot 
sohasidagi mutaxassislar ham jalb etiladi. 
Ekspertiza 
tekshiruvi 
dastlab 
portretlarni 
alohida-alohida 
o‘rganishdan boshlanadi, so‘ng har bir tekshirilayotgan portretdagi 
tashqi qiyofa belgilari aniqlanib, o‘zaro o‘xshash belgi-tuzilish 
xususiyatlari solishtirilib tahlil qilinadi. Belgilarning o‘zaro o‘xshashligi 
yoki aksincha xar xil bo‘lishi sharhlanib o‘xshashlik yoki o‘xshamaslik 
sabablari asoslantiriladi. Portretlardagi tasvirlangan shaxslar qiyofasi bir 
odamga tegishlimi yoki har xil o‘xshash bo‘lgan shaxslarning tasvirimi - 
bu haqda xulosa qilinadi. Tekshirilayotgan portretlardagi umumiy va 
xususiy belgilar yig‘indisi bir-birini takrorlasa (bir xilda ekanligi 
kuzatilsa), portretlardagi tasvir bitta shaxsga tegishli ekanligi, ya’ni 
qidirilayotgan odamning aynanligi tasdiqlanadi. Belgilarning ba’zilari 
o‘xshash bo‘lsayu, ba’zilari mutloq boshqa shakl, o‘lchov va hokazo 
bilan tasvirlansa, aynanlik masalasi inkor qilinadi. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish