uchta mustaqil parallel kartotekalarda
olib
borilib, ularda yagona namunaviy nusxadagi tanib olish kartochkalari
bo‘ladi.
Bedarak yo‘qolgan shaxsni tanib olish kartochkasi uning
demografik ma’lumotlarini, tashqi ko‘rinishi, kiyim-kechagi tavsifini,
ajralib turadigan (o‘ziga xos) belgilarini, tishlarining holatini, kasbi,
mashg‘uloti turi, g‘oyib bo‘lishi holatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z
ichiga oladi. Kartochkaga ro‘paradan, chap va o‘ng yondan olingan
fotosuratlar, suratga olish vaqti ko‘rsatilgan holda, yopishtirib qo‘yiladi.
Tanib olish kartochkasiga, agar ilgari shaxs daktilosnusxa qilingan
bo‘lsa, daktilokarta ilova qilingan bo‘ladi.
Tanilmagan murdalarga doir tanib olish kartochkasi murdaning
bo‘yini va ko‘rinishidan yoshini, topilgan sanasi va joyini, vafot etish
sababi va vaqtini, yorib ko‘rish sanasini, murdaning holatini, u
ko‘milgan joyni, tashqi ko‘rinishi, kiyim-kechagi tavsifini, tishlarining
holati, ajralib turadigan belgilari, sog‘lig‘ining hayotligidagi holatini aks
ettiruvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Kartochkaga murda tartibga
keltirilgandan keyin olingan uchta (ro‘paradan, o‘ng va chap yondan
olingan) surat qo‘shib qo‘yiladi, agar barmoq izlarini olish imkoniyati
bo‘lsa, unga daktilokarta ilova qilinadi.
Ob’ektni hisobga qo‘yish paytida uni mavjud kartochkalar
bo‘yicha tekshiriladi. Kartochkalar ikki yoki uch nusxada to‘ldiriladi va
mahalliy axborot markaziga yuboriladi. Hisobga olish bo‘yicha bundan
keyingi yumushlarni axborot markazi xodimlari amalga oshiradilar.
Notanish kasalning kartochkasida ham ayni shunday ma’lumotlar
ko‘rsatiladi.
Yo‘qotilgan va aniqlangan o‘qotar qurolni hisobga olish
O‘zbekiston Respublikasi IIV Axborot markazida yo‘qotilgan qurolni
qidirish va undan foydalanib sodir etilgan jinoyatlarni ochish maqsadida
yuritiladi. O‘g‘irlangan, yo‘qotilgan, olib qo‘yilgan (musodara qilingan),
topib olingan va g‘ayriqonuniy ravishda saqlanib ixtiyoriy topshirilgan
jangovar, sport, ov soyli qurollari: to‘pponchalar – pistoletlar,
158
revolverlar, miltiqlar – vintovkalar, karabinlar, avtomatlar, pulemyotlar
va soyli stvolli ov miltiqlari, texnik holatidan qat’i nazar, hisobga
olinadi.
Agar olib qo‘yilgan, topib olingan yoki topshirilgan qurolda
seriyasini, tartib raqamini, ishlab chiqarilgan sanasini yo‘q qilish izlari
aniqlansa, uni ana shu belgilarini tiklash uchun ekspert-kriminalistika
bo‘linmasiga yuboriladi. Agar quroldan jinoyatni sodir etishda
foydalanilgan deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud bo‘lsa, u ekspert-
kriminalistika bo‘linmasidagi mavjud o‘q-gilza qaydnomasi bo‘yicha
tekshiriladi. Axborot markazining qurol hisobga qo‘yilgani to‘g‘risidagi
ma’lumotnomasining bir nusxasi tegishli jinoyat ishiga qo‘shib
qo‘yiladi.
O‘g‘irlangan, olib qo‘yilgan raqamli ashyolar, qadimgi va tasviriy
san’at buyumlari (osori atiqalar)ni hisobga olish mintaqaviy axborot
markazlarida, O‘zbekiston Respublikasi IIV va shuningdek, shahar,
tuman, yo‘l IIB tomonidan olib boriladi.
O‘g‘irlangan, olib qo‘yilgan, topilib ixtiyoriy ravishda
topshirilgan, xususiy, inventarlash raqamiga yoki antiqiy belgilarga ega
bo‘lgan ashyolar (audio, videomagnitofonlar, kino va foto kameralar,
soatlar, ov miltiqlari, silliq stvolli miltiqlar va h.k.), madaniy boyliklar
(rasmlar, ikonalar, cherkov anjomlari, tanga, orden, medal, marka, zeb-
ziynat kolleksiyalari, muzeyga qarashli buyumlar) va boshqa tarixiy,
ilmiy hamda qimmatbaho antiqiy, tasviriy san’at buyumlari hisobga
olinadi.
Tegishli hisobga olish kartochkasida narsaning nomi, hisobga
qo‘yish uchun asos bo‘lgan holatlar aks ettiriladi, narsaning, shu
jumladan uning o‘ziga xos xususiyatlarining ta’rifi beriladi.
Kartochka ashyo haqidagi ma’lumotlar olingan kuni navbatchi
qism tomonidan to‘ldiriladi. Bir nusxa navbatchi qismda qoladi, ikkitasi
IIV, IIBB, IIB mintaqaviy axborot markaziga yuboriladi. Axborot
markazi xodimlari bu ashyo oldin hisobga olingan-olinmaganini
tekshiradilar.
Raqamlanmaydigan ashyolarni hisobga olish mahalliy xususiyatga
ega bo‘ladi va shahar, tuman, yo‘l ichki ishlar organlarida olib boriladi.
O‘g‘irlangan ashyo uchun tuzilgan kartochka narsaning nomini, uning
tavsifini va hisobga qo‘yishga asos bo‘lgan holatlarni o‘z ichiga oladi.
Raqamlanmaydigan ashyolar hisobiga faqat o‘ziga xos xususiyatlarga
ega bo‘lgan ashyolar olinadi. Ashyo boshqa mintaqa hududida
o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkin degan taxmin bo‘lsa, tegishli axborot
159
markaziga so‘rov yuboriladi. O‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lmagan
bir nechta bir xil ashyoga bir nusxadagi kartochka to‘ldiriladi.
Katta hajmdagi axborotni qayd etish va zarur ma’lumotlarni tezda
olish imkonini beradigan EHMlar joriy etilishi munosabati bilan
kriminalistik
ro‘yxatga
olish
imkoniyatlari
oshib
ketdi.
Avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimlari (AAQT) universal
(avtomatik ma’lumotlar banki – AMB-markaz, AMB-viloyat) va
ixtisoslashtirilgan tizimlarga bo‘linadi.
Universal maqsadga mo‘ljallangan AAQT axborotni ishlovdan
o‘tkazishning kompleks tusda bo‘lishini ta’minlaydigan ko‘p ixtisosli
(ko‘p tomonlama) tizimlardir. CHunonchi AMB-viloyatda tezkor-
qidiruv hisobiga qo‘yilgan shaxslar, ochilmagan jinoyatlar, raqamli yoki
farqlaydigan belgilarga ega bo‘lgan o‘g‘irlangan va olib qo‘yilgan
ashyolar, yo‘qotilgan va aniqlangan o‘qotar qurol, o‘g‘irlangan va
aniqlangan osori atiqalar, yo‘qotilgan va aniqlangan avtotransport
vositalari
to‘g‘risidagi
ma’lumotlar
ishlovdan
o‘tkaziladi.
Ixtisoslashtirilgan AAQT muayyan turdagi ob’ektlar haqidagi axborotni
ishlovdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Ular Respublika hududiy va
mahalliy tizimlarga bo‘linadi.
Kriminalistika bo‘linmalarida olib boriladigan, ish yuritishda
maxsus bilimlar talab qilinadigan hisobga olishlar kriminalistik hisobga
olishlar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |