39
rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlash (qayta jihozlash) xarajatlari uchun,
boshqa xarajatlar uchun 156050,6 mln.so‘mi to‘g‘ri keladi. 2018-yil
ma’lumotlaruga qaraydigan bo‘lsak, jami xarajatlar 2961026,9 mln.so‘m, qurish,
rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlash (qayta jihozlash) xarajatlari
2911026,9 mln.so‘m, boshqa xarajatlar esa 38332,0 mln.so‘mga yetgan, yil
oxiridagi qoldiq mos ravishda 11668.0 mln.so‘m bo‘ldi.
Mahalliy byudjet xarajatlarini guruhlanishida
mamlakatimizda qabul
qilingan, “O‘zbеkiston Rеspublikasining byudjеt tizimi to‘g‘risida” gi qonuning
23-moddasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi byudjеti, Toshkеnt Shahar
byudjеti, viloyatlar va uning tarkibidagi tumanlar
va Shaharlar byudjеti
quyidagilarga mo‘ljallangan xarajatlarni amalga oshirishlari mumkin:
-fan, ta`lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport
(Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi byudjеti, viloyatlar
va Toshkеnt shahar
byudjеtlaridan moliyalashtiriladigan byudjеt tashkilotlari bo‘yicha);
-ijtimoiy ta`minot;
-aholini ijtimoiy himoya qilish;
-Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta`minlash;
-iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi, viloyatlar va
Toshkеnt shahar byudjеt tashkilotlarini saqlash;
-qonun xujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning
maqsadli dasturlari va
tadbirlarini amalga oshirish;
-qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
Shuningdek, umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik
qo‘llanmalarni moliyaviy mablag‘larni birlashtirish yo‘li bilan byudjet va
byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan chop etish, yetkazib berish va sotishning
barqaror hamda uzluksiz moliyalashtirilishini ta’minlash, shuningdek, ulardan
maqsadli foydalanishni samarali boshqarish va amalda
nazorat qilish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya
40
vazirligi huzurida Respublika maqsadli kitob jamg‘armasini tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-363-son Qarori e’lon qilingan bo‘lib, unga ko‘ra
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi,
Moliya vazirligi, Respublika
"Mahalla" hayriya jamg‘armasi, umumta’lim maktablarining pedagoglar
jamoatchiligi va o‘quvchilarning ota-onalari qo‘mitalarining takliflari asosida
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida
byudjetdan tashqari
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi ham tashkil etilgandir.
Bunga sabab, keyingi yillarda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni boqichma-
bosqich amalga oshirish doirasida yangi va zamonaviy, barcha talablarga javob
beradigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda san’at va musiqa maktablari
qurilib,
foydalanishga topshirildi, mavjudlari ta’mirlanib, moddiy-texnikaviy
ta’minoti yaxshilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: