Мавзу: Математика фанининг тарихи, методи ва метадалогияси


S E M I N A R   M A V Z U L A R I



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/89
Sana22.01.2021
Hajmi1,73 Mb.
#55955
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   89
Bog'liq
matematika tarixi

S E M I N A R   M A V Z U L A R I  
 
Al-Xorazmiy hayoti 
 
 
 
Mashhur  olim  Abu  Abdulloh  Muhammad  ibn  Muso  al-Xorazmiy  asli  xorazmlik  (xozirgi 
O‘zbekistonning Xorazm viloyati) bo‘lib, u 783 yillar atrofida tug‘ilgan va 850 yillarda vafot  etgan 
deb taxmin qilinadi. 
Xorazmiy  yoshligidanoq  o‘tkir  zehnli  va  mehnatsevar  bo‘lgan.  U  o‘qish,  yozishni  tez 
o‘rgangan va ko‘pincha o‘z ustida mustaqil ishlab, fan asoslarini egallashga qattiq intilgan. Ayniqsa 
u matematikani zo‘r qiziqish bilan o‘rgangan. Xorazmiy tabiat qonunlarini o‘rganishga, kuzatishlar 
olib  borishga,  chet  tillarni  o‘rganishga  qiziqqan.  U  o‘z  ona  tilidan  tashqari  fors,  arab,  sanskrit 
(qadimiy hind tili), yunon tillarini o‘rgandi. U yoshligida O‘rta Osiyoning ko‘p shaharlarida bo‘lib, 
bu  shaharlarning  tarixi  va  geografiyasini  o‘rgandi.  Xorazmiy  davlat  ishlarini  bajarish  va  ilmiy 
tekshirishlar maqsadida Bulg‘or va Vizantiya mamlakatlariga ham borib kelgan. 
IX asrning boshlarida Ma‘mun hukmdorligi zamonida, Bog‘dodda tashkil etilgan ―Baytul 
–  Hikmat‖  da  ko‘p  olimlar  ilmiy  ishlar  bilan  shug‘ullanar  edilar.  Etuk  olim  bo‘lib  tanilgan 
Xorazmiy  ham  o‘z  bilimini  oshirish  va  fan  bilan  shug‘ullanish  maqsadida  Marvga  va  so‘ngra 
Bog‘dodga  keladi.  Xorazmiy  bu  erda  boshqa  olimlar  bilan  birgalikda  turli  fanlar  sohasida  ilmiy 
ishlar olib boradi, astranomik kuzatishlar o‘tkazish bilan shug‘ullanadi. Keyinchalik olim bu ilmiy 
muassasa  qoshida  tashkil  etilgan  astranomik  rasadxonaga  va  juda  katta  kutubxonaga  raxbarlik 
vazifalarini  ham  bajaradi.  Xorazmiy  bu  kutubxonadagi  kitoblarni,  ayniqsa,  hind  va  yunon 
olimlarining asarlarini qunt bilan o‘rganadi. Bog‘dodda Xorazmiy o‘z iste‘dodi va mexnatsevarligi 
tufayli  chuqur  bilimlarga  ega  bo‘lgan  olim  bo‘lib  etishadi.  Xorazmiy  matematika,  astranomiya, 
geografiya  va  tarix  fanlari  sohasida  asarlar  yozdi  va  tez  orada  mashhur  olim  sifatida  Sharq 
mamlakatlariga taniladi. 
Xorazmiyning  asarlari,  ayniqsa,  uning  matematika  sohasida  yaratgan  asarlari  fan  tarixida 
muhim o‘rin egalladi. Bu asarlar orqali insoniyatning juda ko‘p avlodari matematika, astranomiya, 
geografiya  fanlarini  o‘rganadilar,  o‘nlab  olimlar  bu  asarlarga  sharhlar  yozdilar  va  turli  tillarga 
tarjima qildilar. 
Mashhur olim Xorazmiy o‘z asarlari bilan o‘rta asrlarda va undan keyingi davrlarda ham 
fan  olamida  katta  shuxrat  qozondiki,  uning  al-Xorazmiy  nomi  tillardan-tillarga,  kitoblardan-
kitoblarga  o‘tib  ―algorifm‖  so‘ziga  aylanib  qoldi;  bu  so‘z  xozirgi  vaqtda  matematikada  ma‘lum 
qoida bo‘yicha bajariladigan hisoblash uslubini bildiradi. 
Muhammad  Xorazmiy  ijodi  asosan  islom  dinigacha  bo‘lgan  xorazm  faniga  va  qo‘shni 
mamlakatlar, Hindiston va Yaqin Sharq mamlakatlarining ilmiy fikrlariga asoslangan. 
Muhammad Xorazmiy asarlarining soni hozirgacha ma‘lum bo‘lmasada, uning fan tarixida 
muhim o‘rin tutgan arifmetika, algebra, astranomiya va geografiyadan yozgan 5 ta asari bizgacha 
etib  kelgan.  U  al-Ma‘mun  (813-833)  davrida  ―Fi  hisob  al-tabr  va  al-muqobala‖,  ―Astranomik 
jadval‖  va  ―Hisob  al-Hind‖  nomli  asarlarni  yozadi.  Al-Mu‘tasim  (833-842)  davrida  esa  ―Suratul 
arz‖  ni  va  al-Vosiq  (842-847)  davrida  yahudiylar  kalendari  haqidagi  risolasini  yozadi.  Bu  asarlar 
dastlab asarb tiliga, so‘ngra latin tiliga bir necha marta tarjima qilinadi. Xorazmiyning bu asarlari 
bir  necha  asrlar  davomida  o‘sha  zamon  olimlari  va  keyingi  davr  olimlari  uchun  ham  asosiy 
qo‘llanma bo‘lib hizmat qiladi. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish