Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/146
Sana15.01.2021
Hajmi1,2 Mb.
#55614
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   146
Bog'liq
5-son 2018 (1)

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
tolik yuzasidan zaruriy yordamlar ko‘rsatilib, ishlardagi mavjud kamchilik va xatolikni 
bartaraf  etilishiga  erishishga  va  individual  xususiyati  yuqori  bo‘lgan  o‘quvchilarga 
tenglashtirilishiga harakat qilinadi.
2-guruh ishtirokchilari bilan ishlashda ularning mashg‘ulotdan tashqari vaqtda 
mustaqil o‘z ustida ishlashiga alohida e’tibor qaratilib, har bir kunda kamida 2 soat 
o‘tilgan mavzu bo‘yicha mustaqil ish bajarishi qat’iy nazorat qilib boriladi.
2-asosiy guruh mashg‘ulotlari quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
1-yo‘nalish. Tasviriy san’at fani bo‘yicha zarur bo‘lgan nazariy, amaliy bilimlar va 
malakalarni iqtidorli o‘quvchilar ongiga singdirib borish.
Bu mashg‘ulot jarayoni uchun quyidagi mavzularni o‘tish tavsiya qilinadi:
–  geometrik  jismlarning  alohida  va  o‘xshash  narsalarning  tasvirini,  bir  necha 
geo metrik jismlardan tuzilgan natyurmotlarni qalamtasvirda va rangtasvirda ishlash;
– uy-ro‘zg‘or buyumlari, mevalar, sabzavotlardan tuzilgan natyurmortlarni ish-
lash; 
– odam portretini va gavdasini hamda tabiat manzaralarini natura asosida ish-
lash.
2-yo‘nalish. O‘quvchilarni respublika va xalqaro miqyosidagi tanlovlar va ko‘r-
gazmalarga tayyorlash.
Mashg‘ulotlar uchun rejalashtiriladigan mavzular kompozitsion tasvirni ishlash-
dan iborat bo‘ladi. respublika va xalqaro tanlov, ko‘rgazmalarning talabi asosidagi 
kompozitsion tasvirlarni bajartirish va tayyorlash orqali iqtidorli o‘quvchilarga kom-
pozitsion tasvirlarni ishlash bo‘yicha zaruriy bilim va ko‘nikma singdirib, qobiliyatlari 
rivojlantirilib boriladi.
O‘quvchilarning tayyor bo‘lgan ijodiy ishlari respublika va xalqaro tanlov, ko‘rgaz-
malarga yuborilib, ularning bilimini sinovdan o‘tkazish ta’minlanishi orqali mustaqil o‘z 
ustida ishlashga bo‘lgan qiziqishi va ijodiy qobiliyatlari rivojlantirilib boriladi. Erishgan 
yuqori natijalari uchun respublikamizda iqtidorli o‘quvchi-yoshlar uchun ta’sis etilgan 
Davlat mukofotlari, masalan, Zulfiya nomidagi, yoshlar ittifoqi mukofotlariga tavsiya 
etilishi, OTMlarga imtiyozli ravishda o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
2-guruh  bilan  olib  boriladigan  har  ikkala  yo‘nalishdagi  mashg‘ulot  jarayonida 
o‘quvchilarning mashg‘ulotlardan tashqari vaqtda o‘tilgan mavzu va tanlov hamda 
ko‘rgazmalarga tayyorlanish topshiriqlarini bajarish bo‘yicha har kuni kamida 2 soat 
mustaqil o‘z ustida ishlashi nazorat qilib boriladi.
Chizmachilik  fanidan  iqtidorli  o‘quvchilarni  yakka  tartibda  tayyorlash  bo‘yicha 
metodik tavsiyalar:
Tasviriy san’at fanidan yakka tartibda tayyorlash mashg‘ulotlari kabi bu ham 2 
guruhda olib boriladi.
 1-guruh. iqtidorli va qobiliyatli o‘quvchilarni aniqlash guruhi. O‘qituvchilar to-
monidan chizmachilik darsi jarayonida iqtidorli o‘quvchilar aniqlanib, jalb qilinadi. 
Mashg‘ulotlar  jarayonida  o‘quvchilar  orasidan  eng  iqtidorlilari  va  kelajakda  fan 
yo‘nalishida kasb tanlashga moyilligi mavjud bo‘lganlari aniqlanib, 2-asosiy guruh-
ga jalb etiladi. 
Mavzular  8-sinf  darsligi  asosida  rejalashtiriladi,  o‘ta  iqtidorli  o‘quvchilarni  tan-
lashda nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtirish va chizmalarni chizish qobiliyatiga e’tibor 
qaratiladi.


79
2-guruh. kasbga yo‘naltirish guruhi. 
guruh mashg‘ulotlari 2 yo‘nalishda:
1-yo‘nalish mashg‘ulotlarida iqtidorli o‘quvchilar ongiga nazariy bilimlarni singdi-
rib, grafik ishlarni bajarish qobiliyatini rivojlantirib borish rejalashtiriladi. 
2-yo‘nalish mashg‘ulotlarida iqtidorli o‘quvchilar fan olimpiadalariga tayyorlana-
di. Mavzular 8-9-sinf darsliklari asosida rejalashtiriladi. Fan olimpiadalarining tuman 
bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan iqtidorli o‘quvchilar viloyat va respublika bosqi-
chiga mazkur bosqich talablari darajasiga moslab ishlangan rejalar asosida tayyor-
lanadi.
Maktab  chizmachilik  ta’limining  maqsadi  o‘quvchilarni  murakkab  bo‘lmagan 
texnik chizmalarni bajarishga, o‘qishga va o‘z fikrini grafik tasvirlar vositasida ifoda 
etishga  o‘rgatishdan  iborat. agar  o‘quvchi  grafik  savodxon  bo‘lsa  hayotda  barcha 
chizmaga oid ishlarni tezda tushunish va bajarib berish imkoniyatlariga ega bo‘ladi. 
Haqiqatdan ham tasviriy san’at va chizmachilik fanining inson hayotidagi ahamiyati 
juda katta. Chunki bola, avvalo, dunyoni rasmlardagi kabi idrok qiladi, ko‘rgan nar-
sasini  qaytaradi  ya’ni,  psixologiyada  amaliy  tafakkur  tushunchasi  bo‘yicha  ushlab 
ko‘rib, o‘zi ijro etib o‘rganadi. Hali yaratayotgan obrazlari abstrakt-mavhum holatda 
bo‘lsada u qilgan ishdan estetik zavq oladi va borliqni o‘zida aks ettiradi.
Tasviriy san’at va chizmachilik fani ma’naviy-madaniyatning ham asosiy qismi-
dir. U bolalarda, inson hayotida badiiy madaniyatni uyg‘un shakllanishiga xizmat qi-
ladi. Shaxs uchun muhim bo‘lgan sifatlarning rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. 
Borliq, go‘zallik, dizayn estetikasi bu fanlarning asosini tashkil qiladi.
Xulosa qilib aytganda, tasviriy san’at va chizmachilik fanlaridan tashkil etiladigan 
yakka tartibda kasbga yo‘naltirish mashg‘ulotlarida iqtidorli o‘quvchilar ongiga naza-
riy bilimlarni mukammal tarzda singdirib borish va amaliy ishlarni izchil davom ettirish 
qobiliyatlari rivojlantirilib, respublika va xalqaro miqyosidagi tanlovlar va Olimpiada-
larda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, kelajakda mazkur fan yo‘nalishida tanlagan 
kasbining fidoyilari bo‘lishini shakllantirish maqsad qilib olinadi.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish