Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/146
Sana15.01.2021
Hajmi1,2 Mb.
#55614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Bog'liq
5-son 2018 (1)

SIFATLI TA’LIM –
BUYUK KЕLAJAK KAFOLATI


5
Ushbu suhbatda xalq ta’limi tizimida ancha yillardan beri to‘planib qolgan muam-
molar ochiq-oydin aytib, ularni bartaraf etish yo‘llari va choralari ko‘rsatib o‘tilgan.
Jumladan:  “Hozirgi  vaqtda  respublika  miqyosida  11  mingdan  ortiq  o‘qituvchilik 
lavozimlarida vakansiyalar mavjud. 66 ming nafardan ortiq oliy ta’lim diplomiga ega 
bo‘lmagan o‘qituvchilar maktablarda faoliyat yuritmoqda. Erkak  o‘qituvchilar ulushi 30 
foizdan ham kam. Toshkent shahrida esa bu ko‘rsatkich atigi 10 foizni tashkil etadi. 
Bir eslab ko‘raylik, o‘quvchilik yillarimiz erkak pedagoglar salmog‘i ancha yuqori edi. 
Shuning uchun, tartib-intizom ham joyida, uncha-muncha bola yurak yutib, bezorilik qi-
lavermasdi. O‘g‘il bolalarda  yigitlarga  xos mardlik, jasorat, tantilik, bir so‘zlilik kabi fa-
zilatlarning shakllanishida erkak muallimlarning roli kattaligi inkor etib bo‘lmas haqiqat.
Bu  muammolarning  asosiy  sababi,  maktab  ta’limi  tizimidagi  xodimlar  oylik  ma-
oshining o‘ta past ekanidir. Oxirgi uch yillikni sarhisob qiladigan bo‘lsak, umumiy o‘r-
ta ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning oylik maoshi eng past bo‘lib, 
o‘sish  sur’ati ham boshqa soha vakillari  maoshlariga solishtirganda ancha quyi dara-
jada”, deydi  Sherzod Shermatov.
Biz nega bunday ahvolga tushib qoldik? axir, bir zamonlar dunyo ilm-faniga tamal 
toshini qo‘ygan xalqmiz, jahon tamaddunini shakllantirib bergan millatmiz-ku!
yaponiya bosh vaziriga mamlakat iqtisodiyoti qanday qilib bu darajaga yetgani 
haqida savol berilganida, u: “O‘qituvchilarga imperator hurmatini, bosh vazir maoshini, 
diplomat daxlsizligini berish evaziga shu darajaga erishdik”, deb javob bergan ekan.
Mazkur  suhbatda  o‘qituvchilarning  haq-huquqlarini  himoya  qilish,  pedagoglik 
kasbining nufuzini oshirishga ham to‘xtalib, shunday deyiladi: “Bugun yurtdoshlarimiz-
ning 7 foizigina farzandi o‘qituvchi bo‘lishini istaydi. O‘qituvchilarning esa atigi 3 foizi 
o‘g‘il-qizi o‘z kasbini davom ettirishi tarafdori. Boshqa davlatlar bilan solishtirganda bu 
nihoyatda past, achinarli ko‘rsatkich. Masalan, xitoyliklarning 55 foizi farzandi o‘qituv-
chi bo‘lishini xohlarkan.
Yurtimizda esa o‘qituvchilar oylik maoshi kamligi yetmagandek, bepul ishchi ku-
chi sifatida muntazam majburiy mehnatga jalb etilgan. Davlatimiz rahbari oldimizga 
o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilishni qat’iyan to‘xtatish vazifasini qo‘yganiga 
qaramay, ayrim joylarda bu holat hamon davom etmoqda”.
O‘qituvchi  o‘zi  kim?  U  nimalar  bilan  band  bo‘lishi  kerak?  Bugungidek  majburiy 
mehnatga umumiy o‘rta ta’lim maktablari muallimlarini jalb etaversak, ustoz-murab-
biylarning maoshini oshirmasak, yana o‘sha eski hammom, eski tos: har kuni falon 
maktabning o‘qituvchisi, falon dekan pora olayotib qo‘lga tushibdi, degan noxush xa-
barlarni eshitishda davom etaveramiz.
aslida,  o‘qituvchilik  –  katta  san’at.  Bu  san’atga  pedagog  osongina,  o‘z-o‘zidan 
erisha olmaydi. Shuning uchun, o‘qituvchilik kasbiga, ya’ni sog‘lom avlod uchun china-
kam murabbiy bo‘lishga havasi, ishtiyoqi zo‘r, zamon talablarini tez va chuqur tushu-
nadigan, o‘zining ilmiy, ijtimoiy-siyosiy saviyasini, pedagogik mahoratini izchillik bilan 
oshirib boruvchi, mustaqillik g‘oyasi va mafkurasi bilan puxta qurollantirilgan, haqiqiy 
vatanparvar, mehnatsevar kishilargina erisha oladilar. 
O‘qituvchi (pedagog) – pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yi-
cha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega, ta’lim mu-
assasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs. 
Mashhur pedagog, o‘zbek maktabi asoschisi abdulla avloniy o‘z asarlarida o‘qi-
tuvchi shaxsi va uning faoliyati borasida qarashlarni ifodalashga alohida o‘rin beradi. 
alloma, bolaning sog‘lom bo‘lib o‘sishida ota-onalar o‘ziga xos rol o‘ynashi, uning fikriy 


6

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish