“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
bo‘shagan binolarni samarali foydalanishga topshirilguniga qadar saqlashga, qolgan
50 foizigacha qismini esa hududdagi ichki yo‘llar holatini va aholini toza ichimlik suvi
bilan ta’minlashni yaxshilashga yo‘naltirish;
– o‘quvchilarga yo‘lovchi tashish xizmati ko‘rsatish uchun ajratiladigan transport
vositasiga hamda haydovchiga qo‘yiladigan talabalarni ishlab chiqish va tasdiqlash,
o‘quvchilarga yo‘lovchi tashish xizmatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi
to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish, ish joyi qisqartirilishi natijasida ishsiz qolgan
fuqarolarning bandligini ta’minlash hamda bo‘shagan binolarni saqlash, ulardan
samarali foydalanish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga
oshirish;
– boshqa ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun ham har bir o‘quvchi hisobiga
bir o‘qish kuni uchun eng kam ish haqining 1,5 foizi miqdoridan ko‘p bo‘lmagan
yo‘l haqi evaziga yo‘lovchi tashish bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yish hamda
bunday tadbirkorlik subyektlarini litsenziya to‘lovlarini to‘lashdan ozod qilish, jismoniy
shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tib, tegishli litsenziya olgan
holda (o‘rindiq joylari 4 yo‘lovchidan ortiq bo‘lmagan taksi) 16 nafardan kam bo‘lmagan
o‘quvchilarga yuqoridagi shartlar asosida xizmat ko‘rsatgan taqdirda qat’iy belgilangan
soliq stavkasini oyiga eng kam oylik ish haqining 0,5 barobari miqdorida, litsenziya
berish uchun davlat bojini yiliga eng kam oylik ish haqining 0,5 barobari miqdorida
to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish taklif etilmoqda.
Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida:
– ta’limga yo‘naltirilayotgan mablag‘larning iqtisodiy samaradorligi oshadi;
– bitta sinfdagi o‘quvchi sonining me’yordan ortib ketmasligini ta’minlashning
qo‘shimcha byudjet mablag‘larisiz iqtisodiy imkoniyati paydo bo‘ladi;
– ta’lim oluvchilarga transport xizmati ko‘rsatish bo‘yicha yangi ish o‘rinlari
yaratiladi, joriy etilishi nazarda tutilgan “Qishloqlar va shaharlarda transport xizmatini
yanada yaxshilash dasturi”da ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirilishiga
ham asos bo‘ladi ;
– yangicha ijtimoiy xizmat turini joriy etish orqali o‘quvchilarga qulayliklar yaratiladi;
– faoliyati maqbullashtirilgan jami o‘quvchi soni 100 nafargacha bo‘lgan bitta
kam komplektli umumta’lim muassasasiga (filialiga) yo‘naltirilayotgan byudjet
mablag‘larining 50 foizgacha (respublika bo‘yicha jami o‘rtacha 200 mlrd. so‘m) tejash
va ushbu mablag‘larni hududdagi ichki yo‘llar holatini va aholini toza ichimlik suvi bilan
ta’minlashni yaxshilashga yo‘naltirishga erishiladi.
Bo‘shaydigan umumta’lim maktablari binolaridan “Barkamol avlod” markazlari,
Bolalar-o‘smirlar sport maktablari, musiqa va san’at maktablarining filiallarini tashkil
etishda hamda fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi
tadbirkorlik faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash yoki bugunning eng dolzarb masalalaridan
biri bo‘lgan aholining uy-joy qurish uchun yerga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadlari
uchun ham foydalanish mumkin.
Ushbu taklif qo‘llab-quvvatlangan taqdirda “Ta’lim oluvchilarga transport xizmatini
ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston respublikasi yangi Qonun loyihasini tayyorlash
ham mumkin bo‘ladi.
Ta’lim tizimidagi dolzarb masalalardan yana biri o‘quvchilar bilimini baholash
va ularni rag‘batlantirish masalasidir. Umumiy o‘rta ta’limdagi baholash tizimining
samaradorligi asosan, boshlang‘ich sinflarda sezilarli ta’sir kuchiga ega bo‘lib, yuqori
sinf o‘quvchilari uchun o‘z qiziqishlari va iqtidoriga bog‘liq holda ta’limning keyingi
11
bosqichlarida davom ettirishlarida, ularni rag‘batlantirilishida bilimni baholashning
amaldagi tizimi yetarlicha ta’sir kuchiga ega emas hamda bilimli bo‘lishni to‘liq
rag‘batlantirmaydi. Bundan tashqari, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini
ko‘tarish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini yanada rivojlantirish
kabi masalalar ham dolzarbdir.
Shundan kelib chiqib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida har bir o‘quv yili
yakuni bo‘yicha muvaffaqiyatga erishgan 7-11 sinf o‘quvchilariga tegishli fan kesimida
navbatdagi ta’lim turi bo‘yicha o‘qishga qabul qilish sinovlarida 5-15 foizgacha imtiyoz
foizlarini berib borilishini keng yo‘lga qo‘yish, ta’lim tizimiga yangicha ko‘tarinki ruh
olib kirib, o‘qituvchining nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarishga xizmat qiladi. Bunda,
bir o‘quv yilida har bir o‘quvchiga ko‘pi bilan uchta fandan imtiyoz foizlari berilishi
nazarda tutiladi. imtiyozga ega o‘quvchi navbatdagi ta’lim turi bo‘yicha davlat ta’lim
muassasalariga kirish sinovlarida tegishli fandan maksimal to‘plash mumkin bo‘lgan
ballning 55 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda ball to‘play olsagina mazkur imtiyozdan
foydalanish huquqi berilishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bunda quyidagi zaruriy
talablar belgilanadi:
– o‘quv yili davomida tegishli fandan yuqori bilim darajasini egallagan bo‘lishi;
– tegishli fan o‘qituvchisining o‘quvchiga imtiyoz balini berish bo‘yicha yozma
tavsiyasi;
– barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlaridagi uzrli sabablarni inobatga olgan holda
95 foizdan yuqori davomat bilan ishtirok etishi, biroq mashg‘ulotlardagi umumiy
davomati 85 foizdan kam bo‘lmasligi zarur;
– ta’lim muassasasi nizomlari va ichki tartib qoidalarini o‘sha o‘quv yili davomida
buzmaslik;
– doimiy yashash manzilidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
ijobiy tavsiyanomasi bo‘lishi kerak;
– ta’lim oluvchi o‘qiydigan sinf yoki guruh murabbiysi va guruhdoshlarining
ko‘pchiligi tomonidan maqullangan tavsiyanoma;
– ta’lim muassasasi rahbariyati va jamoasining ushbu tavsiyani qo‘llab
-quvvatlagan pedagogik kengash qarori.
amaldagi harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlardan, fan olimpiyadasi respublika
g‘oliblari, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti kabi boshqa mukofotlarni olib imtiyozga
ega bo‘lgan juda ham oz sondagi o‘quvchilardan farqli ravishda fan kesimidagi
imtiyozning joriy etilishi o‘quvchilarning aniq bir fandan olgan bilimi uchun barcha
sinflardagi iqtidorli o‘quvchilarga berilishi nazarda tutiladi. yuqorida bildirilgan
taklif joriy etilishi ta’lim oluvchilarning bilimli bo‘lishga rag‘batlantiradi, davomat,
tartib-intizomning yanada yaxshilanishiga, ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligini
mustahkamlaydi, ta’lim oluvchilarning keyingi ta’lim bosqichlarini o‘z iqtidorlaridan
kelib chiqib davom ettirishlariga turtki beradi. O‘qituvchilarning, ta’lim muassasasining
jamiyatdagi mavqeini yanada ortishiga, ta’lim muassasasi, oila va mahalla o‘rtasidagi
hamkorlikning mustahkamlanishiga olib keladi.
Eng muhim dolzarb masalalardan yana biri, umumma’lim maktablaridagi
ko‘pchilik o‘qituvchilarning pedagogik mahorati hamda bilim darajasining pastligidir.
albatta, bu haqda fikr yuritishning o‘zi juda ham og‘ir. Biroq ushbu masala jiddiy
e’tiborga loyiq. 2017-yilda o‘tkazilgan “yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” tanlovining
tuman (shahar) bosqichi 1-turida 100 ballik asosida test-sinovi natijalariga ko‘ra, ayrim
tumanlarda qatnashgan o‘qituvchilarning atigi 2,5-3 foizigina 80 balldan yuqori ballni
12
Do'stlaringiz bilan baham: |