101
ta’lim mutaxassislarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda interfaol usullar alo-
hida pedagogik imkoniyatlarga ega. Jumladan:
– bo‘lajak pedagog-tarbiyachilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta
o‘zlashtirilishini ta’minlash;
– har bir bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarni kasbiy faollikka undash;
– mustaqil fikrlash
layoqatini rivojlantirish;
– shaxsiy-kasbiy qarashlarini bayon etishlariga sharoit yaratish;
– o‘z fikrini himoya qila olish ko‘nikmalarini
shakllantirish;
– guruhdoshlarining fikrlarini tinglay olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
– o‘zlari va guruhdoshlari ilgari surgan fikrlarni umumlashtirish layoqatini hosil qi-
lish;
– topshiriqlarni bajarish uchun sarflanadigan vaqtni tejash kabilar.
Bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarini innovatsion kasbiy faoliyatga tay-
yorlashda maktabgacha ta’lim jarayonida bir qator interfaol metodlardan foydalanish
mumkinligi haqida kasbiy tasavvur hosil qilinadi. Bular:
1. ijodiy topshiriqlarni bajartirish.
2. kichik guruhlar bilan ishlash.
3. Ta’limiy o‘yinlar, rolli o‘yinlar, imitatsiyalar, ishchan o‘yinlar tashkil etish.
4. Qo‘shimcha
imkoniyatlardan foydalanish, jumladan, sayohatlar tashkil etish.
5. Mashg‘ulotni loyihalash va boshqa ish turlarini qo‘llash.
6. Tarbiyalanuvchilar bilan charchoq yozdi mashqlarini o‘tkazish.
7. yangi topshiriqlar ustida ishlash va hosil qilingan ko‘nikmalarni mustahkamlash
daqiqalarini tashkil etish.
8. Tarbiyalanuvchilarni kichik-kichik bahslarga chorlash.
9. Tarbiyalanuvchilar bilan muammoli vaziyatlar tashkil etish.
Ushbu interfaol metodlarning barchasi, birinchi navbatda, pedagog-tarbiyachilar
bilan tarbiyalanuvchilar orasida o‘zaro ishonchga asoslangan jonli muloqotni vujudga
keltiradi. Bu esa, bolalarning bilish faoliyatlarini rivojlantirib, ularni maktab ta’limiga
samarali tayyorlash imkonini beradi.
ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa va
qonuniyatlar ochish o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini ta’minlaydi. Shuningdek, bo‘lajak pe-
dagog-tarbiyachilarning bilish faoliyatini boshqarish yangi ko‘rinishdagi o‘quv jarayoni-
ni modellashtirish muammolarini yechishga imkon beradi.
Fan, texnika va texnologiyalarning bugungi taraqqiyoti professor-pedagog-tarbi-
yachilarlardan ijodkor bo‘lish, fan yutuqlarini pedagogik va axborot texnologiyalari vo-
sitasida bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarga yetkaza olishni talab qiladi. Professor-peda-
gog-tarbiyachilar talabalarni tadqiqotchilik faoliyatiga yo‘naltirish davomida ular bilan
birgalikda zarur dalillar to‘plashi, tahlil qilishi, aniqlangan natijalar asosida muayyan
xulosalar chiqarishi lozim. Talabalar ushbu xulosalardan o‘zilarining innovatsion ama-
liy faoliyatlarida foydalanish jarayonida bo‘lajak pedagog-tarbiyachi uchun zarur bo‘l-
gan ko‘nikmalar va texnologiyalarni egallashadi.
Bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarini innovatsion kasbiy faoliyatga tay-
yorlash
jarayoni quyidagilarga muvofiq tarzda tashkil etiladi:
–
bolalardagi bilish, rivojlanish, ijtimoiylashish kabi
ehtiyojlarning vujudga kelishi;
– bilishga bo‘lgan rag‘batning o‘yg‘onishi;
– tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan mashg‘ulotlar mazmunini belgilash;
– pedagogik jarayonni boshqarish omillarining mavjudligi.