A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev


verbal (nutq orqali)          noverbal (nutqsiz)



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

verbal (nutq orqali)          noverbal (nutqsiz) 
– og‘zaki nutq;
   
 
 
imo-ishora
– yozma nutq;  
         – mimika; 
– pantomimika. 
 
Verbal muloqotning asosiy vositasi inson nutqi bo‘lib, u aloqaning 
universal vositasi hisoblanadi. Zero, nutq orqali axborotning mazmuni 
deyarli to‘liq beriladi. Verbal muloqot orqali shaxs o‘zining fikr-
mulohazalarini bemalol bayon eta oladi. 
Nutq, o‘z navbatida, boshqa noverbal muloqot vositalari bilan birga 
olib boriladi. Bunday nutqsiz vositalarga, birinchi navbatda, imo-ishora 
va mimika kiradi. 
Ichki ishlar idoralari faoliyatida ko‘p holatlarda muloqot shaxslar 
uchun majburiydir, ya’ni ayblanuvchi, guvoh va gumon qilinuvchi 
muloqot qilishga majburdir. Shuningdek, shaxs muloqot qilmasa, 
qonunga asosan jazolanishi mumkin. Muloqotdagi har bir fakt shaxs ongi 
orqali amalga oshadi, eng asosiysi, bu faktlar shaxslarda ba’zi bir 
narsalarni  bo‘rttirib ko‘rsatish yoki yashirishga olib kelishi mumkin. 
                                         
1
 Qarang: Асямов  С.В.  Пулатов  Ю.С.  Ички  ишлар  идоралари  ходимлари-
нинг касбий-психологик тренинги. – Т., 2002. – 76-б.
 


 88 
Ba’zan muloqotga kirishayotgan shaxs o‘z aybini yoki maqsadini 
yashiradi, ma’lum bir vaqtdan keyin uning bu yolg‘oni fosh bo‘lishi 
mumkin. Ichki ishlar idoralari faoliyatida muloqot ikki yoki bir necha 
(ko‘p) kishilik bo‘lishi mumkin. Muloqot maqsadidan kelib chiqqan holda 
har xil tugashi, ya’ni keskin, agressiv holatda yoki muloqotni qayta 
davom ettirish yoxud butunlay muloqotga qaytmaslik ham mumkin. 
Muloqot, shuningdek, individlarning bir-birlariga kommunikativ 
ta’sirining muayyan usullarini ham o‘z ichiga oladi. Ta’sir etish 
usullarining quyidagi turlari farqlanadi:  
Yuqimlilik – ta’sir ko‘rsatishning kishilar ommasini muayyan tarzda, 
ayniqsa ommaviy tartibsizliklar, diniy jazavalar, ommaviy psixozlar bilan 
bog‘liq ravishda integratsiya qiluvchi maxsus usuli. 
Umumiy tarzda yuqimlilikni individning ongsiz, ixtiyorsiz ravishda 
muayyan ruhiy holatlarga tushishga moyilligi sifatida ta’riflash mumkin. 
U muayyan hissiy holatning birovga o‘tkazilishida namoyon bo‘ladi.  
Yuqimlilikning psixologik mexanizmlarini inobatga olish ichki ishlar 
idoralari xodimlari uchun ommaviy tartibsizliklar oqibatlarini bartaraf 
etish, ommaviy madaniy-tomoshabop va sport tadbirlarini o‘tkazish 
davrida jamoat tartibini ta’minlashda muhimdir.  
Ishontirish – isbotsiz tasdiqlanadigan yoki inkor etiladigan xabarlarni 
tanqidiy qarashsiz qabul qilishga qaratilgan kommunikativ ta’sir 
ko‘rsatish usuli. Ushbu psixologik hodisa haqidagi bilimlar rivojining 
hozirgi bosqichida «ishontirish mantiqiy isbotlashsiz shakllangan 
ishonchga tayanadi va individdan individga, jamoadan shaxsga beriladi 
yoki aksincha, aniqroq aytganda, avtomatik tarqaladi», degan qoidaga 
asoslaniladi. Inson ishontirish ta’siriga ixtiyorsiz tushib, o‘zi anglamagan 
holda harakat qila boshlaydi. Ichki ishlar idoralari xodimlari ta’sir 
etishning ushbu usulidan juda ehtiyot bo‘lib foydalanishlari kerak, ba’zan 
(masalan, tergov harakatlarini o‘tkazish chog‘ida) undan foydalanish 
qonun bilan taqiqlanadi.  
E’tiqod  mavjud qarashlar, mayllar, nuqtai nazarlar, munosabat va 
baholarni o‘zgartirish maqsadida u yoki bu qoida, qarash, qilmishning 
to‘g‘riligini yoki ularga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini muloqot, tushuntirish va 
isbotlash orqali odamlarning ongi, his-tuyg‘ulari va irodasiga ta’sir 
ko‘rsatish bo‘lib, kommunikativ ta’sir ko‘rsatishning eng universal 
usulidir. E’tiqod mexanizmi inson aqliy faoliyatini jadallashtirishga, 
uning maqsadga erishish yo‘llari va vositalarini ongli ravishda tanlashiga 
asoslangan. Kimnidir nimagadir ishontirish – ishontirilayotgan shaxs 


 89 
mantiqiy mulohazalar va xulosa chiqarishlar natijasida muayyan nuqtai 
nazarga qo‘shiladigan va uni himoya qilishga yoki unga muvofiq harakat 
qilishga tayyor bo‘ladigan holatga erishishni bildiradi.  
Ishontirish ichki ishlar idoralari xodimlarining fuqarolarga ko‘rsa-
tadigan asosiy ta’sir usuli bo‘lishi kerak. Undan foydalanishning muvaf-
faqiyati quyidagilarga bog‘liq:  
– ta’sir ko‘rsatuvchi shaxsning shaxsiy ishonchi; 
– uning tayyorgarligi va bilimi; 
– xabar berilayotgan faktlar, hodisalar, harakatlarning to‘g‘riligi, 
aniqligi va ishonchliligi; 
– foydalanilayotgan faktlarning xarakterli, tipik bo‘lishi; 
– odamlarni o‘ziga nisbatan moyil qilish, ularning ishonchini 
qozonish; 
– ta’sir ko‘rsatuvchi shaxsning talabchanligi, uning vazminligi va 
odobi. 
Taqlid qilish ongli yoki ongsiz ravishda namunadan nusxa olishdir. U 
guruh, jamoani tashkil etuvchi odamlarning xatti-harakatiga xos bir xil 
usullarni ishlab chiqish imkonini beradi.  
Muloqot jarayonida ishtirokchilar bir-birlarini o‘zaro tushunishlari 
kerak. Bunda muloqotga kirishgan sherikning uni qanday qabul 
qilayotgani katta ahamiyatga ega. Shaxslararo idrok etish qonuniyatlari, 
effektlarni inobatga olish ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida, 
ayniqsa, shohidlar, guvohlar, jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalarini, shu-
ningdek, o‘z idroklarini baholash chog‘ida katta ahamiyat kasb etadi.  
Shaxslararo idrok effektlaridan biri – boshqa shaxs haqidagi umumiy 
tasavvurning uning shaxsiga xos xislatlarni idrok etish va baholash 
ta’sirida namoyon bo‘ladigan «oreol effekti»dir. Agar umumiy tasavvur 
yaxshi bo‘lsa, uning ijobiy xislatlari ortiqcha baholanadi, salbiy xislatlari 
esa sezilmaydi yoki aksincha. Ushbu effekt ta’sirida, masalan, ichki ishlar 
xodimi «surunkali» huquqbuzarning tuzalish tomon tashlagan dastlabki 
qadamlarini ko‘rishi mumkin va, tabiiyki, uni bu ishda qo‘llab-quvvatlay 
boshlaydi.  
«Izchillik effekti» ma’lumotlar ziddiyatli bo‘lgan taqdirda inson 
qiyofasini va u to‘g‘risidagi tasavvurni shakllantirishga birinchi navbatda 
kelib tushgan ma’lumotlar eng ko‘p ta’sir ko‘rsatishida namoyon bo‘ladi. 
Agar bu tanish odamga daxldor bo‘lsa, aksincha, ya’ni eng oxirgilari ko‘p 
ta’sir ko‘rsatadi.  
«Stereotiplashtirish effekti» idrok etilayotgan kishini muayyan 
ijtimoiy guruhga xos xislatlar unga ham xos deb baholashda namoyon 


 90 
bo‘ladi. Har birimizda muayyan ijtimoiy stereotiplar – o‘qituvchi, harbiy 
kishi, jinoyatchi kabi guruhlarning stereotiplari mavjud. Muayyan guruh 
vakiliga duch kelganda, biz oldindan ushbu guruh kishilarga xos muayyan 
xislatlarni unga ham xos deb qabul qilamiz. Ko‘pincha bunday 
stereotipdan xalos bo‘lish juda qiyin bo‘ladi.  
Ijtimoiy idrok etish effektlari ijtimoiy mayl (ustanovka) bilan 
chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ijtimoiy 
maylning o‘zi insonning boshqa odamni idrok etishga ichidan tayyor 
bo‘lishi sifatida ta’riflanishi mumkin. Notanish kishi haqida taassurotning 
shakllanishida maylning ahamiyati ayniqsa katta. Fanda A. A. Bodalev-
ning ijtimoiy maylning ahamiyatini ochib bergan tadqiqotlari yaxshi 
ma’lum.  
Tadqiqotlardan birida ikki guruh odamlarga ayni bir kishining surati 
ko‘rsatilgan. Ammo suratni ko‘rsatishdan avval birinchi guruhga 
suratdagi kishining ashaddiy jinoyatchi, ikkinchi guruhga esa qahramon 
ekanligi aytilgan. Shundan so‘ng har bir guruhga fotosuratdagi kishini 
so‘z bilan tasvirlab berish taklif etilgan. Birinchi guruh uni quyidagicha 
tavsiflagan: chuqur ko‘zlari yashirin yovuzligidan, bo‘rtib chiqqan engagi 
jinoyatda «oxirigacha borishga» qaror qilganligidan darak beradi va 
hokazo. Ikkinchi guruhda aynan o‘sha chuqur joylashgan ko‘zlar 
tafakkurning teranligidan, turtib chiqqan engak esa qiyinchiliklarni 
yengishdagi iroda kuchidan darak beradi, deb baholangan. Shu, ichki 
ishlar idoralari xodimlari o‘z faoliyatlarida shaxslararo idrok etish 
xususiyatlarini inobatga olishlari, ijtimoiy idrok effektlarining salbiy 
ta’sirlarini yo‘q qilishga, o‘zida va tergov qilinayotgan voqeaga daxldor 
shaxslarda ijtimoiy maylning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasliklari juda 
muhim. Masalan, tergovchi tanib oluvchini tanib olishga tayyorlash 
chog‘ida «Hozir sizni tunagan jinoyatchini tanib olishingiz kerak» kabi 
iboralardan qochishi lozim. Bunday iboralar jinoyatchini idrok etishga 
mayllik yuzaga kelishiga olib keladi, agar tanib olinayotgan shaxsning 
qiyofasi «jinoyatchi» stereotipiga mos kelmasa, bu tanib olish 
natijalarining noto‘g‘ri chiqishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda 
«Hozir siz ko‘rsatilgan shaxslar orasida sizning pul solingan 
hamyoningizni tortib olgan odamni tanib olishingiz kerak» kabi neytral 
iboralardan foydalanish kerak. Bu maylning salbiy ta’siri imkoniyatini 
kamaytiradi
1
.  
                                         
1
 Qarang: Асямов  С. В.  Пулатов  Ю. С.  Ички  ишлар  идоралари  ходим-
ларининг касбий-психологик тренинги. – Т., 2002. – 75–80-б.
 


 91 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish