15-topshiriq
Jazirama yoz kuni edi. Inspektor Verner va uning yordamchilari,
jinoyatchilarni ta’qib qilish davomida, uncha katta bo‘lmagan o‘rmonchani
kesib o‘tdilar va cho‘milayotganlar guruhiga duch keldilar.
– Hoy menga qarang! – deb baqirdi inspektor Verner. – Biz sizning
yoshingizdagi bir yigitchani qidiryapmiz. U shu yaqin orada bo‘lishi kerak. Siz
uni ko‘rmadingizmi?
O‘spirinlar indamay bir-biriga qarab qo‘ydidar. Keyin ulardan bittasi
shunday dedi:
– Bir necha daqiqa avval haqiqatan ham bu yerga qandaydir bir yigit
yugurib keldi. Xuddi mana shu yerda daryoga sakradi. Qarang, u huv anavi
tomondagi qirg‘oqdan chiqyapti! Shoshiling! Xohlasangiz o‘zimning
qayig‘imni berib turaman, aks holda shundoqqina tumshug‘ingiz ostida
ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.
– Qochib ketaversin, – dedi Verner, – endi men siz bilan yaqindan tanish-
moqchiman.
Savol: Inspektor Vernerning bunday qaroriga nima sabab bo‘ldi?
300
Do'stlaringiz bilan baham: |