13-topshiriq
– Roppa-rosa 2 056 marka g‘oyib bo‘ldi. Men pulni ikki marta sanab
chiqqan edim.
– Ushbu jinoyatni sodir qilishda kimdan shubha qilyapsiz?
– Ochig‘ini aytsam, bilmayman, – deb javob berdi xazinachi.
– Voqea qanday sodir bo‘lganini aytib bering.
– Bu voqea qo‘yidagi holatda yuz berdi. Men pul sanayotgan edim.
To‘satdan xonaga qorong‘ilik cho‘kdi. Chiroq o‘chib qoldi. Men kursini
qo‘ydim, ustiga chiqib arang chiroqni topib ushladim. Qo‘lim qattiq
kuyganidan chayqalib ketdim va pastga yiqildim. Bir qancha vaqt hushsiz
yotdim, o‘zimga kelganimda esa mana shu tartibsizlikni ko‘rdim. Pul g‘oyib
bo‘libdi. Telefon orqali zavod qorovulxonasiga xabar berdim. Xullas, sizga
aytaoladigan bor gapim shu.
– Men sizni pul o‘g‘irlashda ayblayman! So‘zlaganlaringizning hammasi
uydirma, negaki…
Savol: Verner xazinachiga nima dedi?
Do'stlaringiz bilan baham: |