Kitob, dars, uy, harakat qilish, orzu so‘zlarini turlang va ular ishtirokida gaplar tuzing. Savol va topshiriqlar 1. Turlanish nima?
2. Kelishik shakllari qanday vazifa bajaradi?
3. O‘zbek tilida nechta kelishik bor?
117-mashq. Uyga vazifa. Matnni ko‘chiring. Unda turlangan so‘zlarning tagiga chizing va qaysi kelishikda ekanini ayting. Matn mazmuniga e’tibor bering. Kitoblarga bo‘lgan munosabatingiz haqida gapiring. Bobosi so‘zini eshitgan nabira oldidagi kitoblarni taxlay bosh-
ladi, so‘ng tokchadan xurjunni olib, unga kitoblarni solishga
shaylandi. Bolaning bu qilig‘ini ko‘rib Temurning rangi o‘zgardi.
– Bolalik qilmang, mirzo, bunaqada kitoblarni xor qilasiz-
ku! Kitob muqaddas narsa, uni avaylash kerak. Tuz-namakni,
ota-onani, ustozni qanday qadr etish lozim bo‘lsa, kitobni ham
?
57
shunday e’zozlash joiz... Siz kitoblarni xurjundan oling-da,
tokchaga taxlang. (Xurshid Davron)