54
2-topshiriq. Egalik qo‘shimchasining qo‘shilishi natijasida asosda
bo‘layotgan o‘zgarishlarga diqqat qiling va ularni izohlang.
1. Og‘ziga kelganni gapirmoq – nodonlar ishi. 2. Do‘stingning
yutug‘i – sening yutug‘ing. 3. Tiling bilan ko‘nglingni bir tut. 4. Aqlli
odam har doim o‘z o‘rnini bilib o‘tiradi. 5. Ilon zahridan tilning
zahri o‘tkirroqdir.
3-topshiriq. Uyga vazifa.
«Kuch birlikdadir» mavzusida matn
tuzing. Unda ishlatilgan so‘zlar tarkibidagi egalik qo‘shimchalarini
izohlang.
KELISHIK SHAKLLARI
1-topshiriq. Gapdagi nuqtalar o‘rniga qavs ichidagi qo‘shim-
chalardan mosini qo‘yib ko‘chiring.
Har o‘g‘loni bul Vatan... (-dan, -ga, -ning) sultonlar... (-dan, -ga,
-ning) teng bo‘lsin.
(Sirojiddin Sayyid)
Do'stlaringiz bilan baham: